Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
So‘z boshi 
 
Mamlakatimizning 
jahon 
hamjamiyatiga 
har 
tomonlama 
integratsiyasini chuqurlashtirish 
kabi dolzarb masalani xorijiy 
mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini 
tarixiy nuqtai nazardan o‘rganmasdan hal etib bo‘lmaydi. Qadimgi 
dunyo tarixini mukammal darajada bilmoq insoniyat sivilizatsiyasining 
yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand qiladi, umuminsoniy 
qadriyatlarni anglab etishga ko‘maklashadi va dunyo miqyosida mavjud 
bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topishga imkoniyat 
yaratadi. Ushbu qo‘llanma yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dolzarb masalani 
hal etishga yordam beradi 
Jahon tarixi bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lish talabalarning 
dunyoqarashini kengaytirish yo‘lidagi eng samarali vosita sifatida 
ahamiyatlidir. 
Qolaversa, 
mamlakatimiz 
hamkorlik 
qilayotgan 
davlatlarning rivojlanish darajasini, xalqlarning mentaliteti, urf-
odatlarini, madaniyatini tushunib etish uchun ham jahon tarixi fanining 
beqiyos ahamiyatini tan olish kerak. 
Qadimgi dunyo tarixi insoniyatning uzoq o‘tmishini o‘z ichiga olib, 
bu davr jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda erishgan 
mahsulidir. Har bir jamiyat yoki xalqning tarixi muayan taraqqiyot 
bosqichidan boshlanib, u bosqichma-bosqich taraqqiyot evolyutsiyasini 
boshdan kechirgan holda ilk davlatchilik va shaharlashish bosqichi 
madaniyati sari intilishda bo‘lgan va unga erishgan. Vaholanki, bu 
taraqqiyot 
dinamikasi 
jarayonining 
vujudga 
kelish 
ildizlarini 
oydinlashtirishda, ayniqsa, arxeologiya fani erishgan yutuqlar muhim 
ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ilk sivilizatsiyaning vujudga kelishi, avvalo, 
ishlab chiqarish kuchlarining ma’lum darajadagi taraqqiyoti negizi bilan 
bog‘liq holda dastlab muayan mintaqalarda sodir bo‘lgan. Demak, ilk 
davlatlarning tashkil topishi jarayoni jahonning barcha mintaqalarida bir 
tekisda sodir bo‘lmay, balki tabiiy geogrofik, ekologik sharoiti, birinchi 
navbatda, 
o‘troq 
dehqonchilik 
madaniyatining 
shakllangan 
mintaqalarida vujudga kelgan. 
Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari tarixini o‘rganish manbalarning 
fragmentlar bilan berilishi hamda ularning tarixiy interpretasiyasining 
murakkabligi tufayli ularni tadqiq qilish qiyin kechadi. Ayniqsa, bu 
ularning ijtimoiy-iqtisodiy xarakterini o‘rganishni murakkablashtiradi. 



Lekin shunga qaramay, qadimgi Sharq tarixini o‘rganishda bizga asosan 
arxeologiya bo‘limi yordamga keladi.
Sharq sivilizatsiyalarining kelib chiqish va rivojlanishidagi o‘ziga 
xos xususiyatlar, ayniqsa, ularning ijtimoiy, siyosiy tuzumi va huquq 
tizimida yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan birlamchi sivilizatsiyalarda 
insonning eng muhim madaniy yutuqlari qo‘lga kiritilinadi.
Jumladan: Yozuvning ixtiro etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Unga asosan odamzod o‘lmas iz qoldirdi. Shu tufayli tuganmas bilimlar 
to‘plana bordi hamda bilimlarni ixtiro etuvchi, to‘plovchi va saqlovchi 
kabi yangi mutaxassislar paydo bo‘ldiki, ular u yoki bu jamiyatda turli 
nomlar bilan atalgan. Asta-sekin ushbu mutaxassislikka tayyor va 
tanlash tizimi paydo bo‘ladi, keyinchalik esa uning o‘zi ma’lum guruh 
mutaxassisliklariga bo‘linadi. Ilk sivilizatsiyalarning xarakterli 
xususiyatlaridan biri bilimga nisbatan chuqur hurmat, mifologik 
tasavvurlarning xususiyatlaridan biri bilimga nisbatan chuqur hurmat, 
mifologik tasavvurlarning vujudga kelishi, shuningdek, real tarixiy 
shaxslarni afsonaviy donishmandlarga aylantirilishi hisoblanadi. 
Qadimgi Sharq mintaqasida turli tabiiy sharoitlar mavjud; umumiy 
va alohida tomonlari bor: asosan yozi juda quruq, qish esa yumshoq 
keladigan subtropik iqlimli hududlar; daryo havzalaridagi unumdor 
allyuvial tuproqli vodiylar, toshloq cho‘llar hamda cho‘qqili tog‘lar 
bilan o‘ralgan va tekisliklar mavjuddir. Qadimgi Sharq xalqlari taqdirida 
alohida o‘rin egallagan buyuk daryolari, jumladan, Nil (uzunligi qariyb 
6700 km), Frot (2700 km) va Dajla (1900 km), Hind (3180 km), Gang 
(2700 km), Xuanxe (4850 km), Yanzi (5800 km), Mekong (4500 km) 
aytib o‘tmasdan bo‘lmas. Bu daryolar yer yuzidagi eng yirik daryolar 
sanalib, ular unumdor tuproqli, yaxshi sug‘oriladigan yerlarni tashkil 
qiladi, bu esa odamlarning aynan shu joylarni o‘zlashtirishga qulay 
sharoit yaratadi.
Ammo bu daryolar o‘zanlaridan toshib, kuchli suv toshqinlarini 
vujudga keltiradiki, bu esa o‘z navbatida odalarning bu yerlarda damba, 
to‘g‘on va boshqa inshootlar qurishga majbur qiladi. Kollektiv mehnat 
qilishga ehtiyoj daryo havzalarini o‘zlashtirishga hamda sug‘orma 
dehqonchilikni 
tashkil 
qilishga, 
ishlab 
chiqarish 
kuchlarining 
rivojlanishga yordam beradi; yangi mehnat qurollarini yaratishga imkon 
yaratadi.



Qadimgi Sharqning keng xududida turli irqlarga mansub turli-tuman 
xalqlar va elatlar istiqomat qilishar edi. Qator geografik mintaqalarda 
yirik mustahkam til oilalari vujudga keladi. Old Osiyoda ko‘p sonli 
semit-hamit yoki afroosiyo tillar oilasiga taalluqli xalqlar yashab, ular 
keng semit tarmog‘iga kiradigan misr, hamit, berber-liviya, kushit va 
boshqa turkumlarga kirgan. Semit tillarida so‘zlashuvchi xalqlarga 
akkadliklar, 
amoreylar, 
orameylar, 
ossuriyaliklar, 
xanaaniylar, 
yaxudiylar, arablar va boshqa kichikroq qabilalar kiradi. Semit tilida 
so‘zlashuvchilar asosan Mesopatamiya va O‘rta yer dengizining Sharqiy 
qirg‘og‘ida, Suriya-Mesopatamiya dashtida hamda Arabiston yarim 
orolida yashaganlar.
Misr yoki hamit guruhi Qadimgi Misr aholisi orqali namoyon 
bo‘ladi, berber-liviya tilida ko‘p sonli qabilalar Nil vohasining g‘arbida, 
kushit tilida Nil daryosining yuqori oqimida yashovchi xalqlar 
so‘zlashagn.
Hind-yYevropa tillar oilasiga mansub qabila va xalqlar anatoliya 
yoki xett-luviya va hind-eron bo‘limiga bo‘lingan. Hind-eron tillarining 
yana bir bo‘lagida midiyaliklar va forslar, parfiyaliklar va baqtriyaliklar, 
skiflar va saklar so‘zlashganlar. Kichik Osiyo xalqlarining bir qatori 
hind-yYevropa til oilasining frakofrigiya guruhiga mansub bo‘lgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixini o‘rganish manbalarning 
alohida 
qismlar 
bilan 
berilishi 
hamda 
ularning 
tarixiy 
interpretasiyasining murakkabligi tufayli ularni tadqiq qilish qiyin 
kechadi. Ayniqsa, bu ularning ijtimoiy-iqtisodiy xarakterini o‘rganishni 
murakkablashtiradi. Lekin shunga qaramay, qadimgi Sharq tarixini 
o‘rganishda bizga asosan arxeologiya bo‘limi yordamga keladi.
Qadimgi Sharqda siyosiy hayot shakllari (fuqarolik jamoasi, 
davlatning turli tiplari, podsho hokimiyati) va diniy hamda falsafiy 
harakatlar paydo bo‘lib ular keyinchalik butun yer yuzi bo‘ylab tarqaldi. 
Sharqda davlat ayrim olimlar e’tirof etganidek, qullar va quldorlar 
tabaqasining paydo bo‘lishi natijasida tashkil topmagan. Zero, bir guruh 
olimlarning fikriga ko‘ra: a) qulchilik Sharqda to‘g‘ridan – to‘g‘ri 
xo‘jalik yuritishning asosi bo‘lmagan; b) asosiy qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarish xududlarida qulchilik hukmron mavqeni egallamagan; v) 
Sharq mamlakatlaridagi qulchilik uy qulchiligi bo‘lib qolgan. Shuning 
uchun Sharqda quldorlik formasiyasi bor deb bo‘lmaydi. Bu ishlab 
chiqarishning osiyocha usuli deb atalib, unga alohida ijtimoiy-iqtisodiy 



formasiya deb qaralmog‘i lozim deyishgan. Shubhasiz, osiyocha ishlab 
chiqarish usuli haqidagi masala murakkab va tortishuvli masaladir, bu 
mavzudagi munozarani hali tugagan deb hisoblab bo‘lmaydi. Lekin 
maxsus Osiyo formasiyasi bo‘lmaganligi borgan sari ko‘proq ma’lum 
bo‘lib qolmoqda.
Qadimgi Sharq jamiyatlarining muhim xususiyatlaridan biri 
ularning an’anaviyligidadir. Sharq mamlakatlaridagi barqaror ko‘p 
ukladlilik, ijtimoiy siyosiy, huquqiy shakllarning va institutlarning, 
hukmron diniy mafkuraning tarixan meros bo‘lib o‘tishligi qadimgi 
sharq jamiyatlarining an’anaviylik xarakteriga ega bo‘lganligini 
ko‘rsatadi. 




Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin