Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov


Qadimgi sivilizatsiyalarning shakllanish tarixi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
2.3.Qadimgi sivilizatsiyalarning shakllanish tarixi 
Ikkinchi jahon urushidan so‘nggi yillarda eski qit’a va Amerika 
hududlarida olib borilgan arxeologik kashfiyotlar sivilizatsiyaning 
boshlanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishi va ilk dehqonchilik 
madaniyatidan boshlanishini ko‘rsatdi. 
Iqtisodning dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‘liq vujudga 
kelishi, iste’mol oziqalarini ishlab chiqarishga o‘tilishi insoniyat 
tarixining eng muhim burilish sharti bo‘lib xizmat qildi. Ibtidoiy 
davrning bu boshlanish chegarasini yovvoyilik va varvarlik deb atagan 
edi. Arxeoogik manbalarning guvohlik berishicha, bu burilish neolit 
davrida sodir bo‘ldi. O‘tgan asrning 30-yillarida ingliz olimi arxeolog 
Gordon Chayld odamzodning dehqonchilik va chorvachilik iqtisodiga 
o‘tishini muhim tarixiy burilish deb, neolit revolyutsiyasi deb atadi. Shu 
bilan birga u uni XVIII-XIX asrda sodir bo‘lgan iqtisodiy sifat 
o‘zgarishi, sanoat revolyutsiyasi bilan tenglashtiradi. 
Dehqonchilikda yuqori hosilli donli o‘simliklarni, jumladan, 
bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, sholi kabilarni xo‘jalikka kiritib, iste’mol 
mollarini 
ishlab 
chiqishga 
o‘tilishi, odamzod sonining ham 
ko‘payishiga, o‘sishiga olib keldi. Bu degani, nafaqat shaxs, balki 
jamoani ham yuqori sifatli oziqa bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib, 


35 
xo‘jalikning ixtisoslashgan sohasi vujudga kelib, bu hodisa aholining 
turmushini yaxshilashga olib keldi. Chayla va yarim yerto‘la yashash 
kulbalar esa loy guvalalaridan qurilgan uylar tartibiga o‘tadi. Qadimgi 
dafn qabrlarda endilikda qimmatbaho yasan-tusan buyumlar uchray 
boshlaydi. Obsidiana toshidan yasalgan dastlabki oynalar (ko‘zgular) 
paydo bo‘ladi. Kulollar o‘z idishlarini turli naqshlarga bezay 
boshlaydilar. 
Odamzod bu vaqtga kelib, katta intellektual doirada yutuqlarga 
erishdi. Avvalgi tavakkalchilik selektsiya endilikda o‘simlik va 
hayvonot dunyosi navlariga qarab urchitilinadigan bo‘ldi. Bu zamondu 
vujudga kelgan agrar turmush koinot, ya’ni astonomik harakat sirlari 
bilan bog‘liq ekanligiga anglab borildi. Xullas, asta-sekin empirik 
tajribalar torta bordi. Amaliy san’at vujudga keladi, kulolchilik 
buyumlarini har xil naqshlar bilan bezash odat tusiga aylanadi. Ko‘pgina 
buyumlarda diniy, dunyoviy, afsonaviy rasmlar solinishi odat tusiga 
aylanadi. Shunday qilib, dehqonchilikning rivoji tufayli odamzodning 
dunyoqarash tasavvuri va ma’nviy tushunchalar kengaya boradi. Bu kabi 
yutuq va o‘zgarishlarning asosini rivoj topib kelayotgan texnologik 
progress tashkil qilardi. endilikda ishlab chiqarilgan mehnat qurollari 
unumdorligi, samara beruvchiligi bilan avvalgi davrlardan keskin farq 
qilardi. 
Toshdan 
ishlab 
chiqariladigan 
qurollar 
o‘tkirlashadi, 
universalligi bilan ajralib turadi. Mezolit va neolit davrlarida turli 
qurollar bilan bir vaqtda qistirma o‘roqlar, arralar, pichoq kabi asboblar, 
silliqlash yo‘li bilan ishlangan bolta-teshalar paydo bo‘ladi, mehnat 
qurollarining funktsiyalari doim oshib boradi. Bu kabi taraqqiyot yo‘li, 
ayniqsa, Yaqin Sharqda ilg‘orlashib ketib, dehqonchilik bilan bog‘liq 
donli o‘simliklarni o‘ruvchi va qirquvchi o‘roqlar hamda qaama tosh 
xanjarlari paydo bo‘ladi. O‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqarish 
jarayoniga o‘tish aholining turmush tarzini mustahkamladi, aholi soni 
osha bordi. 
Shuni aytib o‘tish lozimki, inson hayotining tobora rivojlanishida 
tabiat va uning resurslari katta ahamiyat kasb etgan. Binobarin, yuqori 
hosildor dehqonchilik va chorvachilik uchun muayan tabiiy va ekologik 
sharoit zarur bo‘lgan. SHunday qilib, dehqonchilik va chorvachilikning 
tobora rivoj topishi yuqori samara beruvchi xo‘jalikka aylanishi, oqiatda 
iste’moldan ham ziyot mahsulot ishlab chiqarishga zamin yaratdi. Bu 
hodisa moddiy va ma’naviy boylikning asosini tashkil qilardi. Shunday 


36 
qilib, dehqonchilik madaniyatining kashf qilinishi va kasbga aylanishi 
dastlabki tsivilatsiya poydevoriga asos bo‘lib xizmat qildi. 
Arxeologik va paleobotanika fanlarining bergan natijalariga ko‘ra 
dastlabki dehqonchilikning vatani Yaqin Sharq bo‘lgan. Xususan, 
Iordan-Falastin fohalari ovchilar va termachilik, baliq tutish bilan 
shug‘ullangan qabilalarning o‘tkinchi mintaqalari bo‘lib, mil. avv. X-IX 
ming yilliklarda bu muzofotda dastlabki o‘troq dehqonchilik vujudga 
keladi. Tarixda natufiylar madaniyati nomi bilan ma’lum jamoalar tog‘ 
etaklarida yashab, g‘orlarda makonlar qurib, dengiz qirg‘oqlarida 
yashagan aholi baliqchilik bilan tirikchilik o‘tkazib, bu jamoalar 
o‘zlarining o‘simliklarni o‘ruvchi – o‘roq qurollariga ega bo‘lganlar. Bu 
voqea ularning dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lganligidan guvohlik 
beradi. Keyinchalik bu xo‘jalik yuritish yangiligi keng ko‘lamga tarqala 
boshlaydi. Masalan, Siriyada Aleppa shahridan 80 km janubroqda 
Muraybit qishlog‘i qazib o‘rganilganda, bu erda devorlari toshdan 
qalanib, loysuvoq qilingan uylar topiladi. Bu qishloq jamoasi mil. avv. 
IX-VIII ming yilliklarda yovvoyi bug‘doy, arpa kabi donli o‘simliklarni 
bilishgan. Bunday don qoldiqlari qazishmalar vaqtida topilgan. 
Sharqiy O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida yashagan jamoalar ancha 
ilgarilab ketib, donli o‘simliklarni sun’iy ravishda o‘stirishni kashf 
qiladilar. Bu esa turmush tarzi va madaniyatning keskin o‘zgarishiga 
olib keldi. 
Kulolchilikning paydo bo‘lishiga qadar tashkil topgan bu 
dehqonchilik madaniyati izlari, ya’ni natufiya madaniyatiga taalluqli 
topilmalar O‘lik dengiz qirg‘oqlarida joylashgan va Iordan daryosi 
havzasidagi Pells – es-Sulton tepaliklari bilan bog‘liq qazishma ishlarida 
ham kuzatilindi. Bu yodgorliklarning pastki qatlamlari mil. avv. VIII-
VII ming yilliklarga taalluqli bo‘qlib, sopol buyumlarsiz, ya’ni 
kulolchiliksiz neolit davri ekanligini ko‘rsatdi. Bu erdagi topilmalar 
natufiylar madaniyatining izlaridan guvohlik berardi. Masalan, mil. avv. 
VIII ming yillikka doir sopolsiz qatlamdan maydoni 4 ga dan iborat 
toshdan aylantirib olingan qishloq qoldig‘i ochiib o‘rganildi. Tosh 
devorlar ostida loy-g‘ishtdan qurilgan binolar topilgan. Aslida Pells-Es-
Sulton mil. avv. II ming yillikka doir qal’a qo‘rg‘on bo‘li, mudofaa 
devor va minoralar bilan jihozlangan edi. Uning mil. avv. VIII-VII 
minginchi yillarga oid qatlamlari kulolchilikkacha bo‘lgan neolit davri 
qishlog‘i bo‘lgan. Bu shahar Bibliya kitobida Iorxan shahri ham deb 


37 
atalgan. Demak, Ierixonning VIII ming yillikka doir qatlami 
dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan jamoalar (natufiylar) madaniyatiga 
tegishli edi. Shunday qilib, Ierixon o‘troqlashgan ilk dehqonlar qishlog‘i 
edi. 
Ierixonning mil. avv. VII ming yillik qatlamlarida madaniyatning 
yanada rivoji kuzatilinadi va endilikda xom g‘ishtdan to‘g‘ri burchakli 
yirik va keng xonalar qurilinadi. Ularning ayrimlarining maydoni 40 kv 
metrdan iborat edi. Xona poli ohak aralash suvoq bilan suvalgan. Uning 
ayrim qismlari qizil yoki qora-qizil rang bilan bo‘yalgan. Xona devorlari 
ham qizg‘ish rangda bo‘yalgan. Xonaning 1 metrgacha poldan balandiga 
bo‘yalgan, ya’ni qizil panel hosil qilingan. Paneldan yuqorisi esa qora-
qizil rangga bo‘yalgan. Bu kabi bezashlar endilikda aholining turmush 
darajasini tobora rivojlanib borishidan guvohlik beradi. Loydan odam va 
hayvonlar suratini yasash tusga kiradi. Bu erda odamning loydan 
yasalgan yirik haykalchasi ham topilgan. Bu haykalchaning hajmi yirik 
odamnikidek yirik edi. Ular qizil buyoqlar bilan bezalgan. 
Odamzodning ovqatlanish hayotida ham yangi o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi. Ikki qtor donli bug‘doy keng tarqaladi. Ovchilik ancha rivoj 
topadi. Bu yerdan topilgan kiyik, qo‘y, echki, to‘ng‘iz, eshak kabilarning 
suyak qoldiqlari bundan guvohlik beradi. Bu vaqtga kelib, echki 
xonakilashtirilgan edi. It natufiylarning uy hayvonlaridan bo‘lib, 
mushuk ham uy hayvoni qatorida boqilardi. Bu jonivor g‘amlangan 
g‘allani kemiruvchi jonivorlardan saqlashda foydali edi. 
Qadimgi dehqonchilik markazlaridan biri sifatida Qadimgi Sharqda 
Kichik Osiyoni kursatish mumkin. Bu mintaqa neolit madaniyatida ham 
ierixon madaniyatining ayrim xususiyatlari namoyon bo‘lmoqda. Kichik 
Osiyoning janubiy g‘arbida joylashgan Xodjilar qishlog‘i qatlamlarida 
bu madaniyat izlarini ko‘rish mumkin. Bu yodgorlikning pastki qatlami 
mil. avv. VIII-VII ming yilliklarga oiddir. Bu erda ham xom g‘ishtdan 
qurilgan xonalar topilib, ularning poli va devorlari nihoyatda silliq qilib 
andovalangan. 
Kichik Osiyoda qadimgi dehqonchilik va chorvachilikka doir 
yodgorliklardan yana biri mil. avv. 7250-6750 yillarga doir Cheyunyu-
Tepesi hisoblanadi. Bu yodgorlikda ham sopol idishlar yo‘q, biroq 
xonalar poli ohak aralash qotishma bilan suvalgan, uy devorlari va 
pollari zangori sariq rang bilan bo‘yalgan. Janubiy Turkiyaga taalluqli 
bu yodgorlikda iqtisod va madaniyat, xo‘jalikning yanada sifat 


38 
o‘zgarishlarini kuzatish mumkin. Bu yerda ham birdan bir uy hayvoni it 
bo‘lgan. Ovchilarning asosiy ov obyektlari zubr va bo‘g‘u hisoblangan. 
Chayunyu-Tepaning so‘nggi rivojlanish davriga kelib iqtisodda muayan 
o‘zgarishlar yuz beradi. Qo‘y, echkilar xonakilashtiriladi. Biroq bu holat 
ovchilik hayotni susaytirgan emas. 
Qadimgi dehqonchilik madaniyatining galdagi rivojlanish davomini 
Chatal-Xyuyuk qishlog‘i xarobalari qatlamlarida kuzatish mumkin. Bu 
yodgorlik hosildor voha Koni tekisligida joylashgan bo‘lib, Churmia 
shahridan 11 km shimolroqda va yodgorlik mil. avv. VII ming yillikning 
birinchi yarmi va VI minginchi yillar bilan sanalangan. Bu vohada Koni 
tekisligida 20 tadan oshiq ishloqlar bo‘lib, Chatal-Xyuyuk markaziy 
qishloq sanalib, uning maydoni 13 ga dan iborat bo‘lgan. Bu shaharga 
aylanish arafasida turgan Chatal-Xyuyuk koni tekisligidagi bir guruh ilk 
dehqonchilik qishloqlarining umumiy poytaxti rolini o‘ynagan. Bu yerda 
yashagan aholining asosiy xo‘jaligi chorvachilik va dehqonchilikdan 
iborat bo‘lib, ular 14 xil o‘simliklarni madaniylashtirgan. Shulardan arpa 
va nuxot alohida o‘rin tutgan. Danak qoldiqlariga qaraganda, ular 
o‘simliklar donidan yog‘ olishni ham bilganlar. Ayrim o‘simlik 
donlaridan vino-sharob olishni bilishgan. Bu hodisa keyinchalik butun 
Kichik Osiyoga tarqalgan. Uy hayvonlaridan yirik shoxli va tuyoqli 
jonivorlar ko‘paytirilgan, Chatal-Xyuyuk binolarining devorlarida 
bo‘g‘u, buqa kabilarga ov manzaralari tasvirlangan bo‘lib, bu esa 
ibtidoiy san’atning rivojlanishidan guvohlik beradi. Chatal-Xyuyukda 
ko‘p xonali to‘g‘ri burchakli uylar loy g‘ishtdan qurilgan. G‘ishtdan 
o‘tirg‘ichlar yasagan, xona devor oralig‘ida sig‘inish burchaklari 
bo‘lgan. Dafn marosimlari nargi dunyo va tiriklik dunyosi mavjudligi 
haqidagi tushunchalarga ega bo‘lib, o‘lganlarni xonalar devori yoki poli 
ostilariga avval suyakdan etini tozalab dafn qilishganlar. Dafn 
qilinadigan odam avval matoga yoki bo‘yraga o‘rab ko‘milgan. 
Qabrlarda dafinalar bilan birga yasan-tusan taqinchoqlar (ayollar), tosh 
mehnat qurollari (erlar) lahad qilinib dafn qilingan. Topilmalarning 
boylik hajmiga qarab, ayrim oila yoki qishloqlarning jamoada tutgan 
mavqeini aniqlash mumkin. Ayollar qabriga marjonlar, har xil 
bilaguzuklar, tosh omoch, suyakdan yasalgan silliqlovchi yoki tikuvchi 
asbob, qoshiq kabilar, yerlar qabriga tosh bolta to‘qmog‘i, xanjarlar 
qo‘yilgan bo‘lib, ular yirik obsidon tosh bo‘laklaridan yasalgan. So‘ngra 
nayza tig‘i, keskir paraxalar, yoy o‘qlari, suyakdan yasalgan belbog‘ 


39 
qistirg‘ichlari qo‘yilgan. Chatal-Xyuyuklarning asosiy qurollari absidian 
toshidan ishlangan. Bu qishloq aholisi 
metallning bolg‘alab 
foydalanishni bilganlar. Mis va qo‘rg‘oshin qoldiqlari bundan dalolat 
beradi. Suyakdan yasalgan qurollar ham uchraydi. Metalldan 
munchoqlar yasashgan. Lekin hali bu holat keng tarqalmagan edi. 
endigina paydo bo‘lgan sopol idishlar hali naqshsiz edi. Sopol idishlar 
asosan yodgorlikning yuqori qatlamiga taalluqli bo‘lib, uy-ro‘zg‘or 
idishlari ko‘pincha yog‘ochdan edi. Chatal-Xyuyukda kosmetika 
predmetlari, bo‘yoqdonlar, obsidiana toshidan yasalgan oynalar 
topilgan. Turmushda bo‘yanish uchun oxradan keng foydalanilgan. 
Bunday kosmetik bo‘yoqlar O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlarida uchraydigan 
chig‘onoqlardan bo‘yoqdon sifatida foydalanilgan. Chatal-Xyuyukning 
sig‘inish o‘choqlari, altarlari bo‘lgan. Bu yodgorlik devorlaridan relefli 
chizmalar topilgan. Altarlar yaxshilab bezatilgan. Bu yodgorlik 
suratlarida ovchilikka bag‘ishlangan chizmalar bisyor uchraydi. Bu erda 
biz hosildorlik xudosi tasvirini ko‘rishimiz mumkin. Marmardan 
qilingan tabarruk erkak haykali topilgan. Tosh xanjar ham topilgan 
bo‘lib, uni olimlar sig‘inish kulti bilan bog‘lashadilar. Chatal-Xyuyuk 
neolit davrida shu voha qishloqlari aholisi mafkuraviy markazi rolini 
o‘ynagan. Bunday yirik markaz qishloqlar ilk shaharlarning paydo 
bo‘lishiga zamin yaratgan. 
Yana bir muhim uchinchi qadimgi dehqonchilik madaniyati 
markazlaridan Old Osiyoning Shimoliy Mesapotomiyasi hisoblanadi. Bu 
hududda G‘arbiy Eron tog‘oldi massivlari ham kiradi. Bu yerda mil. 
avv. VII-VI minginchi yillarda Jarmo tipidagi madaniyat rivoj topadi. 
Shu tipdagi yodgorliklar qatoriga Jarmo qishlog‘ining o‘zi ham kiradi va 
u 1950 yilda kashf qilingan. Bu yodgorlikning kashf qilinishi bilan ilk 
dehqonchilik 
davrining 
yangi 
bosqichi 
boshlanadi. 
Shunday 
yodgorliklardan yana biri Iroq tog‘ massivi Zagros yon bag‘rida 
joylashgan Tell-Shamshir hisoblanadi. Shu yodgorliklar qatorida Tepa-
Sorob va Eron hududida joylashgan Tepa-Guran yodgorliklari mavjud 
va o‘rganilgan. Bu yodgorliklar ilk dehqonlar qishloqlaridan iborat 
bo‘lib, uy binolari poydevorlari toshdan qalangan va devorlari loy 
g‘ishtdan qurilgan. Bu yodgorliklarda kulolchilik biroz keyinroq 
namoyon bo‘ladi. Bu sopol idishlar oddiygina naqshlangan. Biroq 
toshdan yasalgan ro‘zg‘or idishlarining soni juda ko‘p. Kulolchilik 
payda bo‘lgandan keyin ham tosh idishlar davom etgan. Bu jamoalar 


40 
loydan turli haykalchalar, o‘yinchoqlar yasashni bilishgan. Ayniqsa, 
ayol haykalchalar serob uchraydi. Tog‘li Jarmo qishloqlarida 
dehonchilik va chorvachilik iqtisodi ancha rivoj topgan. Ular bug‘doy va 
arpa navlarini madaniylashtirgan. eng muhimi, bu jamoalar muqim 
yashashga o‘tganlar. Shu boisdan, Jarmo qishlog‘ida 7 metrdan iborat 
qalinlikdagi madaniy qatlam tashkil topgan. 
Tog‘ massivlaridan tashqari odamzod jamoalari dehqonchilik va 
chorvachilik uchun keng tekis maydonlarni ham o‘zlashtiradilar. 
Shunday yodgorliklardan biri Shimoliy Iroqda joylashgan Tell-
Magzaniya qishlog‘i bo‘lib, uning madaniy qatlami 8 metr. Bu 
yodgorlik sovet arxeologlari tomonidan o‘rganilgan. Loy paxsadan 
qurilgan uylarning poydevorlari tosh qatlamlari bilan mustahkamlangan. 
Keng va tekislik maydonlarda qurilgan qishloqlar mudofaa devorlari 
bilan mustahkamlanishni taqozo qilardi. Tel-Magazamiya shunday 
mudofaa devori bilan o‘rab olingan, minoralari va darvozasi bo‘lgan. 
Shunday 
qilib, 
dehqonchilikning 
rivojlanishi 
bilan 
qurilish 
fortifikatsiyasiga ega qishloqlar paydo bo‘ladi. Shuning bilan bir vaqtda 
Sanjar tekisligidagi yodgorliklar madaniy hayotida Sharq va G‘arb 
an’analari qo‘shilgan holda namoyon bo‘ladi. Madaniyat an’analarida 
ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu umummiqyosda rivoj topgan tarixiy 
jarayon edi. Bu vohalarda asta-sekin sug‘orma dehqonchilikka o‘tish 
hamda tosh tishli omochlar paydo bo‘ladi va dehqonchilik natijalari osha 
boradi. 
Yevropaning ilk dehqonchilik madaniyati ham Yaqin Sharq 
dehqonchilik madaniyati kabi qadimiydir. To‘g‘ri, bu mintaqalarda 
Sharqiy O‘rta Er qirg‘oqlaridagidek dehqonchilik va chorvachilik darhol 
tashkil topmagan. Arxeolog olimlarning tahliliga qaraganda, mayda 
shoxli hayvonlar va bug‘doyning ayrim navlari Bolqon yarim orlga 
Kichik Osiyodan kirib kelgan. Har qalay, Bolqonda mil. avv. VI ming 
yillikda qadimgi dehqonlar va chorvadorlar madaniyatida loydan 
qurilgan uylar, alohida qurilgan jamoat binolari paydo bo‘ladi. Masalan, 
Makedoniya va Janubiy Bolgariyada Koronova singari dehon va 
chorvdor qishloqlari paydo bo‘ladi. Balqon dehqon jamoalari 
madaniyati, ayniqsa, kulolchilikda boshqalardan farq qilardi. Mil. avv. 
VI-IV ming yilliklarga kelib, bu muzofotlarda naqshlangan sopol va loy 
haykaltaroshligi ancha rivoj topgan. Bolqon dehqonchilik madaniyati 
Yevropa materigida dehqonchilikning tashkil topishida muhim o‘rin 


41 
egallagan. Biroq ichki inqirozlar tufayli bu o‘lkalarda Krit va 
Peloponesdan tashqari joylarda ilk dehqonchilik sivilizatsiyasi uzoq 
vaqtlar rivoj topmadi. 
Sobiq Ittifoq hududida qadimgi dehqonchilik va chorvachilik 
madaniyatining 3 ta markazi tashkil topgan: Janubiy-G‘arbiy Moldaviya, 
Janubiy-G‘arbiy Ukraina, Kavkaz va O‘rta Osiyo markazlari. Bu 
markazlar Qadimgi Old Osiyo va Shimoliy Mesapotomiya madaniyatlari 
bilan yaqin aloqada bo‘lgan. 
Shulardan biri Joyitun o‘troq qadimgi dehqonchilik madaniyati 
haqida alohida so‘z yuritish mumkin. Bu madaniyat Janubiy 
Turkmaniston va qisman Shimoliy-Sharqiy Eron hududlariga tarqalgan. 
Bu mintaqadagi yodgorliklar mil. avv. VI ming yilliklarga taalluqli 
bo‘lib, bu jamoalar o‘troq dehqon va chorvadorlardan iborat edi. Tog‘ 
etaklari bo‘ylab o‘tadigan daryo vohalarida ular arpa va ikki navdan 
iborat bug‘doy o‘ndirganlar. Bu jamoalar tosh paraqalaridan keskir 
o‘roqlar yasashni bilganlar. Ayrim qishloqlardan topilgan tosh 
qurollarning 30-40 % ni shunday o‘roq qurollar tashkil qiladi. Uy 
hayvonlaridan echki, keyinchalik qo‘y va yirik shoxli jonivorlar 
saqlangan. Xonalar – uylar loy guvalalaridan qurilgan bo‘lib, hovli va 
xo‘jalik xonalari, xona devori yaqinida o‘choq bo‘lgan. Pollar 
ohaklangan loylar bilan suvalgan va qizil hamda qora rang bilan 
bo‘yalgan. Shunday ranglar bilan uy devorlariga ham jilo berilgan. 
Joyitun madaniyati yodgorliklari markaz qismida Passedjik-depe 
qishlog‘i qazib o‘rganiladi. Bu erda juda katta hajmdagi xonalar 
ochiladi. Ularning devorlari polixrom ranglar bilan bo‘yalgan va har xil 
syujetli suratlar, jumladan, tuyoqli mollar, mushuk oilasiga kiruvchi 
yo‘lbars kabi suratlar rangdor qilib ishlangan. Xonalarning birida 
geometrik shakllar ham chizilgan. Bu qishloqda jamoa uyi topilgan 
bo‘lib, u sig‘inish markazi bo‘lgan. Joyitunliklar tosh va suyak 
qurollardan tashqari kulolchilik bilan tanish bo‘lgan. Sopol idishlar turli, 
ayniqsa, geometrik shakllar bilan bezatilgan. Joyitun madaniyati 
madaniy jihatdan Jarmo madaniyatiga o‘xshab ketadi. 
Mil. avv. VI-V ming yilliklarda Kavkazortidagi Kura daryosi 
vodiysida o‘troq dehqon va chorvachilik madaniyati rivoj topadi. Bu 
jamoalar madaniyati Shomu-tepe-Shuloveri qishlog‘i nomi bilan 
bog‘liq. Bu uncha yirik bo‘lmagan qishloq uylari arxitektura sohalari 
loydan qurilgan. Bu an’ana Kavkazorti qabilalarida uzoq davom etgan. 


42 
Ularning sopol idish sirtlariga solingan naqshlar chiziqlar bilan 
bezatilgan. Loy va toshdan hayvon haykalchalari yasalgan. Kavkazda bu 
davrda ilk dehqonchilk madaniyati markazlaridan biri tashkil topadi. Bu 
madaniyat o‘zining arxaizmi bilan ajralib turadi. 
Mil. avv. VI ming yillikda Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda 
ham ilk dehqonchilik va chorvachilik madaniyati tashkil topadi. 
Ovchilik ham hali o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan edi. Bu jamoalar kiyik, 
buyval, qo‘y va hatto fillarga ham ov qilishgan. Bu jamoalar loydan 
qurilgan uylarda yashagan. Ularda sopol buyumlar ancha keyin kirib 
kelgan bo‘lib, Old Osiyo sopollariga xos qizil ranglar bilan bezatilgan. 
Mil. avv. VI-V ming yilliklarda Gang daryosi vodiysida ovchilik 
bilan dehqonchilik barobar rivojlanishda edi. Aholi hali termachilik 
bilan keng shug‘ullangan. Dehqonchilik va chorvachilik iqtisodi hali 
sust edi. 
Tailandda qazib o‘rganilgan «Ruhlar g‘ori» madaniy qatlamidan 
o‘simlik qoldig‘i, shuningdek, nuxat, fasol kabilarning qoldiqlari 
topilgan. Mil. avv. IV-III ming yilliklarda Xuanxe vodiysida ilk 
dehqonchilik madaniyati gullab yashnaydi. So‘nggi yillarda Xitoyda 
mil. avv. VI-V ming yilliklarda dehqonchilik ancha rivoj topgan. Mil. 
avv. III ming yillik boshlari va II ming yillikda Markaziy Amerikada 
lokal xarakterdagi dehqonchilik vujudga keladi. 
Mil. avv. VII va III ming yilliklarda Peruda mahalliy dehqonchilik 
madaniyati tashkil topgan. Yuqorida keltirilgan manbalar qadimgi 
dehqonchilik 
va 
chorvachilik 
madaniyatlarining 
sekin-asta 
evolyutsiyasidan dalolat beradi. Ammo shuni avvalo alohida qayd etish 
lozimki, neolit davrida sodir bo‘lgan ilk dehqonchilik va chorvachilik 
faqat ehtiyojni qondirin mumkin. Kundalik ehtiyojdan tashqari 
ekonomika hali ko‘rinmaydi. Faqat sug‘orma dehqonchilikning tashkil 
topishi bu masalaga yakun yasaydi. Sug‘orma dehqonchilik va 
chorvachilikning rivoji ehtiyojdan ziyot mahsulotlar ishlab chiqishga 
asos soldi va bu hodisa sivilizatsiyaning barkamol rivojlanishiga olib 
keldi. Irrigatsiya rivojlangan Misrning Nil vodiysida va Dajla hamda 
Ifrot daryolari oralig‘i Qadimgi Mesapotomiyada bu taraqqiyot boshqa 
mintaqalarga qaraganda ancha erta sodir bo‘ldi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin