Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
3.2.
 
Misr sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari. 
Qadimgi Misr tarixi mil. av. IV ming yillikning II yarmidan - 
davlat va sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishidan mil. av. VI asrda 
Misrning Ahmoniylar davlatiga qo‘shib olingan davrigacha bo‘lgan 
davrni o‘z ichiga oladi. Qadimgi Misr tarixi quyidagi davrlarga 
bo‘linadi:
1. Sulolalargacha bo‘lgan davr (m.a. IV ming yillik).
2. Ilk podsholik (m.a. XXX - XXVIII asrlar, I-II sulolalar).
3. Qadimgi podsholik davri (m.a. XXVIII-XXIII asrlar, III-IV 
sulolalar). 
4. O‘rta podsholik davri (m.a. XXII-XVIII asrlar, XII sulola). 
5. Yangi podsholik davri (m.a. XVI-XI asrlar, XVIII-XX sulolalar)
6. So‘nggi podsholik (m.a. XI-V asrlar XXII -XXV sulolalar)


48 
Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida Misr sivilizatsiyasi 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Ilk podsholik davrida mamlakatni 
birlashtirish tugallangan va taxminan m.a. 3000 yilda Nil vodiysida 
ko‘proq ibtidoiy qabila ittifoqini eslatuvchi yagona davlat vujudga 
kelgan. Bu voqea birinchi sulola asoschisi bo‘lgan Menes (Mina) nomi 
bilan bog‘liq. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik muhim 
nuqtada yangi poytaxt- mustahkamlangan shahar Memfis shahriga asos 
soldi. Ilk podsholik davrida Misr I va II sulolalar tomonidan 
boshqarilgan. Ilk podsholik davrida sun’iy sug‘orishning xo‘jalik 
madaniyati asosida Misr sivilizatsiyasining iqtisodiy va siyosiy tizimlari 
shakllana boshlagan. Bu davr asosiy funktsiyasi Nil vodiysida sug‘orish 
ishini tashkil etish bo‘lgan umummisr davlat aparatining shakllanish 
davri edi. Yuqori mahsuldor bo‘lgan qishloq xo‘jaligi moddiy 
madaniyatning taraqqiy etishiga asos bo‘ldi. Hunarmandchilik rivoj 
topdi. Ilk podsholik davridayoq misrliklar papirus tayyorni bilishgan. Bu 
insoniyat tarixidagi maxsus yozuv uchun tayorlangan ilk qog‘oz edi. 
Papirusning paydo bo‘lishi sivilizatsiya rivojining asosiy omillaridan 
biri bo‘lgan yozuvning keng tarqalishiga turtki bo‘ldi. Bu davrdayoq Nil 
suvining sathidan tortib, ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarning 
taqsimlanishigacha hisob–kitob va nazorat qilish yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan. Ilk podsholik davrida ish yuritish, ayniqsa hisob ishi 
rivojlangan. Qadimgi podsholik davri 500 yildan ortiq davom etdi ( 
m.a.2800- 2300 y). Bu davrda Misr qo‘shnilari bilan muvaffaqiyatli 
urushlar olib borayotgan yirik markazlashgan davlatga aylandi, Misr 
sivilizatsiyasining 
ideallari 
va 
asosiy 
qadriyatlari 
shakllandi. 
Mamlakatning mustahkam yaxlitligi uning iqtisodiy gullab- yashnashiga 
asos bo‘ldi. Qadimgi podsholik davri iqtisodida oliy amaldorlar xo‘jaligi 
katta rol o‘ynagan. Podsho va ibodatxona xo‘jaliklari ham amaldorlar 
xo‘jaligiga o‘xshash bo‘lgan. Ularni birlashtirgan xususiyat ko‘psonli 
xizmatchilar ustidan o‘rnatilgan kuchli nazorat, mehnat va uning 
natijasini qattiq hisob-kitob qilish bo‘lgan. Shakllangan Misr davlatining 
tepasida yunonlar fir’avn (misrcha per-o – “ulug‘ uy”, “katta xonadon” 
so‘zidan kelib chiqqan) deb atagan hukmdor turgan. Fir’avn odam 
qiyofasidagi xudo deb tasavvur qilingan. U cheklanmagan iqtisodiy, 
siyosiy va oliy kohinlik hokimiyatiga ega bo‘lgan. Qadimgi podsholik 
davridagi Misr sivilizatsiyasi Qadimgi Sharq despotiyasining noyob 
namunasidir. Despotiyaning moddiy timsoli fir’avnlarning muhtasham 


49 
dahmalari – piramidalar bo‘lgan. Davlat boshqaruvi tizimi yakka 
hukmronlikka, cheklanmagan hokimiyatga ega podshoning ilohiyligini 
targ‘ib etuvchi diniy mafkuraga asoslangan. Fir’avnning eng yaqin 
yordamchisi oliy amaldor-chati (bosh vazir) bo‘lgan. U bir vaqtning 
o‘zida bosh sudya, fir’avn nomidan mamlakat xo‘jaligining umumiy 
nazoratini amalga oshiruvchi, bir qator davlat amallarining egasi 
bo‘lgan. Bu yuksak amalni odatda podshoning o‘g‘li egallagan. Davlat 
boshqaruvi uch bo‘g‘indan iborat bo‘lgan: markaziy, viloyat (nom), 
mahalliy (qishloq-jamoa). Nomlar boshqaruvi markaziy boshqaruvning 
kichikroq ko‘rinishidagi nusxasi bo‘lgan. Ko‘p hollarda nomarxlar 
separatizmi mavjud bo‘lgan. M.a. III ming yillik o‘rtalaridan zodagonlar 
hokimiyati 
mustahkamlanib 
borgan. 
Markaziy 
hokimiyatning 
zaiflashuvi va mahalliy zodagonlarning kuchayishi m.a. 2200 yilda 
Misrning mustaqil nomlarga bo‘linib ketishiga olib kelgan. Tarqoqlik va 
nomlar 
o‘rtasdagi kurash Misr sivilizatsiyasi farovonligi va 
taraqqiyotining asosi bo‘lgan sug‘orish tizimi holatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatdi. Birlashish jarayoniga ikkita markaz boshchilik qildi: 
shimoldagi Gerakleopol va janubdagi Fiva. Kurashda yakuniy g‘alabani 
Fiva podshosi Mentuxotep I qo‘lga kiritdi va mamlakat yaxlitligini 
tikladi. Ushbu hodisadan O‘rta podsholik davri boshlandi (m.a. 2050-
1700 y). Bu Misr sivilizatsiyasi tarixidagi murakkab, shu bilan birga 
ahamiyatli davr edi. Taxminan m.a. 2000 yilda Amenemxet I ning 
fir’avn bo‘lishi bilan O‘rta podsholikning gullab-yashnash davri 
boshlandi. Mamlakatni birlashtirishga va markaziy hokimiyatni 
kuchaytirishga intilgan fir’avnlar nomarxlarni o‘z ta’sir doiralariga 
olishga urindilar. Amenemxet va Senusert nomlari bilan 8 ta fir’avn 
hukmronlik qilgan bu davrda misrliklar o‘z qo‘shnilari bilan 
muvaffaqiyatli urushlar olib bordilar, bronza quyish va shisha tayyorni 
o‘zlashtirdilar. Bu davrda hunarmandchilik, jumladan to‘qimachilik 
rivoj topdi. Yagona Misrning tashkil topishi tashqi savdoning yanada 
taraqqiy etishiga olib keldi. Misr moddiy boyligining asosiy yaratuvchisi 
bo‘lgan mehnatkash xalq “podsho odamlari” deb nomlangan. Ularning 
asosiy majburiyati qaysi yer- mulkka biriktirilganidan qat’iy nazar o‘z 
kasblari doirasidagi ishni bajarish edi. Kasb va hunar bo‘yicha 
taqsimlanish misrliklarning ixtiyorida emas edi. O‘rta podsholik davrida 
mayda mulkdorlar qatlami – nejeslar shakllana boshladi. Boyib ketgan 
nejeslar kohinlar va amaldorlar safiga kira boshladilar. Fir’avnlar eski 


50 
aslzodalarni mavqeini pasaytirishga urunib, davlat mansablariga o‘rta 
qatlam vakillarini tayinlay boshladilar.
Misr sivilizatsiyasi Fayum vohasidagi ulkan sug‘orish ishlarini 
yakunlagan va yunonlar Labirint deb nom bergan ulkan tosh imoratni 
barpo etgan Amenemxet II davrida gullab – yashnadi. M.a. 1700 yil 
atroflarida sharqdan Misrga Janubiy Suriya va Shimoliy Arabiston 
qabilalarining ittifoqidan iborat giksoslar bostirib keldi. Shimoliy Misrda 
o‘rnashib olgan bosqinchi giksoslar misrliklarni yilqichilik, jang aravasi, 
janglarda otliq qo‘shindan foydalanish bilan tanishtirdilar. Giksoslarga 
qarshi kurashni tashkil etgan Fiva nomining hukmdori Yaxmos nafaqat 
bosqinchilarni quvib chiqdi, balki mamlakatni birlashtirdi. Shu tariqa 
m.a. 1600 yil atroflarida Misr sivilizatsiyasi Yangi podsholik davriga 
qadam qo‘ydi. Yangi podsholik davrida (m.a. 1580-1085 y) Misr 
iqtisodiy ko‘tarilishni boshidan kechirdi va Sharqiy O‘rtayer dengizida 
hukmron mavqeni qo‘lga kiritdi. Temir paydo bo‘ldi, ammo u hali 
noyob metall sifatida qabul qilinardi. Yangi podsholik davrida 
metallurgiya taraqqiy etdi, yangi texnika va texnologiyalar joriy etildi. 
Masalan, teri bosqon, takomillashgan omoch, shaduf va h.k. Yangi 
podsholikning iqtisodiy yuksalishi fir’avnlarning bosqinchilik siyosati 
bilan bog‘liq edi. Janglarda toblangan qo‘shin Misr podsholarining 
tayanchiga aylandi. Jangchilar davlat ta’minotida edi. Fir’avn Tutmos I 
Misrni o‘sha davrdagi kuchli davlatga aylantirdi. Tutmos II dan so‘ng 
taxtni uning bevasi Xatshepsut egallab oldi. Taxminan m.a. 1500 yilda 
Tutmos III taxtga o‘tirib, Tutmos I boshlagan yurishlarni g‘olibona 
davom ettirdi. Qaram yerlar va Misr aholisini talanishi natijasida 
hukmron tabaqa, ayniqsa ko‘p sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi 
boyib ketgan. XVIII sulola davrida Fivadagi Amon ibdoatxonasi 
nihoyatda katta obro‘ – e’tiborga ega bo‘lgan. Mamlakatda Amon 
ibodatxonasi kohinlarining mavqei kuchayib, ular Misr iqtisodiy va 
ijtimoiy- siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlaganlar. Bu holat 
davlat 
hokimiyatiga 
katta 
muammolarni 
tug‘dirgan. 
Natijada 
Amenxotep IV diniy islohot o‘tkazgan. Amenxotep IV (m.a 1372-1354 
y) davrida “quyosh shu’lasi” xudosi Aton birinchi o‘ringa qo‘yila 
boshlangan. Bu fir’avnning o‘z nomini Exnaton deb o‘zgartirishida ham 
o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga Exnaton Fiva kohinlari bilan uzil-
kesil suratda aloqani uzib, Fivadan go‘zal saroy va ibodatxonalar bilan 
bezalgan yangi poytaxt Axetaton (Aton shahri) ga butun saroy 


51 
amaldorlari va yangi quyosh xudosining kohinlari bilan birga ko‘chib 
kelgan va Aton Misrning yagona va oliy xudosi deb e’lon qilinadi. 
Exnaton Fiva kohinlari va nomlardagi quldor zodagonlarni qudratini 
vaqtincha bo‘shashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Exnatondan keyin taxtga 
o‘tirgan fir’avnlar uning diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. 
Ulardan biri Tutanxaton Fiva kohinlariga yon berib, Amon e’tiqodini 
qaytadan tiklashga va hatto o‘z ismini ham shunga yarasha o‘zgartirib 
«Tutanhamon» deb atashga majbur bo‘lgan. Ramzese I va Ramzese II 
davrida davom etgan xettlar bilan urushlar m.a 1292 yilda tinchilik sulhi 
tuzish bilan yakunlandi. Ammo Ramzese II vorislari davrida Misr endi 
liviyalik qabilalar va dengiz xalqlari hujumidan himoyalanishga majbur 
bo‘ldi. So‘nggi davrda (m.a. XI-V asrlar) Misr sivilizatsiyasi og‘ir 
damlarni boshidan kechirdi. Misr tarixining So‘nggi davridagi 
beqarorlik temirning sekinlik bilan joriy etilishi, sudxo‘rlikning avj 
olishi, jamiyatning erkinlar va qullarga yanada qat’iy bo‘linishi, 
mamlakatning 
tarqoqligi, 
Liviyalik 
yollanma 
qo‘shin 
harbiy 
tabaqasining shakllanishi, kohinlik lavozimlari uchun keskin kurash, 
janubdan efiopiyaliklar, sharqdan ossuriyaliklarning bosqini bilan 
ifodalanadi. Shunga qaramasdan Misr sivilizatsiyasi o‘z yutuqlari va 
erishgan natijalarini saqlab qoldi. Misrning ozod etilishi va qayta 
birlashishi Sais sulolasi asoschisi, yunon va krit yollanma qo‘shiniga 
tayangan Psammetix I davrida yuz berdi. Misrliklarning Suriya va 
Falastindagi hukmronligi qisqa muddatga tiklandi, Kipr, Samos, Kirena 
bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. Ammo m.a. 525 yilda Misr forslar, 
m.a. 332 yilda Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olindi. 
Fir’avnlar davridagi Misr sivilizatsiyasi davri tugadi. Yana 
markazlashgan yagona davlatga aylangan Misr uchun uch asrlik 
Ptolomeylar davri, ellinizm davri, siyosiy va iqtisodiy qudrat davri 
boshlandi. Ushbu sulolani Makedonskiyning sarkardasi Ptolomey I 
boshlab berdi va Kleopatra yakunladi. Ptolomeylar Misri uning davrida 
Rim tomonidan bosib olindi va Rim provintsiyalaridan biriga 
aylantirildi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin