4.2.
Qadimgi tropik Afrika madaniyati
Tropik Afrika milodiy VII-VIII asrlargacha qarama-qarshi sinflar
vujudga kelmagan. Jumladan, Saxara janubiy viloyatlarida, subtropik
Saxaraga va Shimoliy va Sharqiy Afrika xalqlari arablar kelgandan
so‘ng yozuv bilan tanish bo‘lgan. Bu keng mamlakatda turli jamoalar,
etnik guruhlar qadimdan yashab kelar ekan, ularning har biri o‘z
rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lib, sivilizatsiya arafasida yashardilar.
Bu davrga kelib bu erda temir davri boshlansa-da, ammo ayrim
mintaqalarda yashovchi aholi ibtidoiy tuzumining rivojlangan
pog‘onasida turardi. Birinchi bu yerda dastlab temir G‘arbiy Sudanda
tarqaladi. Shu boisdan G‘arbiy Sudan, shuningdek, Nigeriya ilk
sivilizatsiya tarqalgan hududlar edi. bu sivilizatsiyaning qadimgi
tomirlari milodiy II ming yillikning I asrlariga borib tarqaladi. Demakki,
markaziy Afrika tsiva o‘chog‘i metallurgiyaning paydo bo‘lishga qadar
qoloq edi. tropik Afrika sivilizatsiyasi G‘arbiy Sudan sivilizatsiyasi
davomchisi edi.
Arxeologik ma`lumotlarga qaraganda, mil. avv. I ming yillik
oxirlarida tropik Afrikaning ayrim joylarida, jumladan, Qadimgi ganada
dastlabki davlatchilikning tashkil bo‘lganligini kuzatish mumkin. Shu
munosabat bilan G‘arbiy Sudan sivilizatsiya o‘chog‘i bu borada katta rol
o‘ynagan. Umuman olganda, milodiy VIII asrlarda tropik Afrika
hududida sivilizatsiyaning bir necha o‘chog‘lari vujudga kelib, ular
galdagi taraqqiyotni ta`minlagan.
4.3.
Qadimgi Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi
Janubiy Arabiston hududida Sharqiy Afrika singari bir qator ilk
paleolit yodgorliklari o‘rganilgan. Bundan kelib chiqadiki, ibtidoiy
odamlarning Yer yuzi bo‘ylab taraqalish Arabiston hududi bo‘ylab
o‘tgan. Bundan taxminan 20 ming yillar avval bu hududda iqlim sharoiti
keskin o‘zgarib, 18-17 ming yillarga kelib, Arabiston hududi mutlaq
quruqlikka aylanadi. Bu davrda insonlar bu hududni ayrim ekologik
burchaklardan tashqari tashlab chiqib ketadi. Mil. avv. 3-2 ming
yilliklarda Janubiy Arabiston hududiga Semit qabilalari kirib kelgan. Bu
qabilalar yozuv bilan, irrigatsiya ishlari bilan, dehqonchilik bilan tanish
bo‘lganlar. Mil. avv. I minginchi yillarga kelib bu erda sug‘orma
dehqonchilik, kichik shaharchalar paydo bo‘ladi. Bu hududda Sepola
beradigan o‘simlik va daraxtzorlar keng rivoj topadi, qaysiki, bu ashyo
Yaqin Sharq mamlakatlarida juda qadrlanardi.
59
M.a. IV ming yillikda Yuqori Misr va Shimoliy Nubiyada deyarli
bir xil madaniyat tarqalgan bo‘lsa, keyinchalik geografik omillar
xususiyatiga ko‘ra madaniyatlar taraqqiyoti turlicha yo‘ldan ketdi.
Nilning uchinchi va beshinchi ostonalari oralig‘idagi hududlarni asoan
Kush podsholari nazorat qilgan, ba’zan esa ular o‘z hukmronligini
shimolda Asuandan janubda Xartumgacha kengaytirishga muvaffaq
bo‘lgan. Kushda asosan dehqon-chorvador birlashmalar istiqomat
qilgan. M.a. III ming yillikda Misr fir’avnlarining istilochilik yurishlari
tufayli Nilning birinchi ostonasidan janubdagi hududlarda yuzaga kelgan
madaniyatlar almashib turgan. Shimoliy Suriyadagi Kush hududida
yashagan aholi sezilarli darajada negroid elementlari aralashgan Kerma
madaniyatiga mansub bo‘lgan. Kerma shahri xarobasi, bu yerdan
topilgan buyumlar jamiyatning ancha yuksak darajadagi taraqqiyotidan
dalolat beradi. Sopol idishlardagi naqshlarda qora Afrikaning kuchli
ta’siridan dalolat beradi. Kerma aholisi Misr, Sharqiy Saxara, Xartum
viloyatlari va Efiopiyaning chegara rayonlari bilan yaqin aloqada
bo‘lgan. Kermaning gullab-yashnash davri Misrdagi O‘rta podsholik va
II- O‘tish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Kerma ikkinchi ostonadan
to‘rtinchi Nil ostonasigacha bo‘lgan hududni nazorat qilgan. Kush
sivilizatsiyasining keyingi davriga oid markazlar - Kava, Napata va
Meroyening
dafn
inshootlari
ushbu
sivilizatsiyaning
mahalliy
ildizlaridan darak beradi. Ushbu hududda mavjud bo‘lgan oltin,
chorvachilikni rivojlantirish, qimmatbaho yog‘och navlari va asirlarni
haydab ketish uchun qulay sharoit Misrni doimo qiziqtirib kelgan. Misr
kolonizatsiyasi davrida Kush madaniyati Misr madaniyati bilan juda
yaqinlashib ketgan, ammo mahalliy an’analar va qarashlar saqlanib
qolgan. XXV sulola davrida endi Misr Kush tomonidan istilo qilinadi.
Kushlik fir’avnlar hukmronligiga Ossuriya qo‘shinlarining qudrati va
zarbasi chek qo‘ydi.
Shimoldan bosqinchilarning hujumi xavfi yoki boshqa sabab bilan
Kush sivilizatsiyasining markazlari janubga, Napata va Meroyega
ko‘chadi. M.a. VI-V asrlarda podsho oilasining qarorgohi Meroyeda
joylashgan, ammo Napata bosh diniy markaz, podsholarning asoisiy toj
kiyish marosimi o‘tkaziladigan joy bo‘lib qolavergan. Mahalliy
me’morchilik va san’atning eng yorqin namunasi Musavvarat-as-
Sufradagi diniy majmuadir. Bu yerda sher boshli mahalliy xudo
Apedemakkka topinilgan. Ushbu yodgorlik shaklan Misr an’analariga
60
o‘xshatib barpo etilgan, biroq u mazmunan Afrika madaniyatiga
mansub. Meroye xatida bitilgan ilk yozuvlar m.a. II asrga oid, ammo u
ilgaridan mavjud bo‘lgan. Bu yozuv Afrika qit’asidagi eng qadimgi
alifboli yozuv bo‘lib, bevosita Misr iyeroglif va demotik yozuvi ta’sirida
paydo bo‘lgan. Meroye madaniyati rivojining butun tarixi qadimgi
dunyoning buyuk davlatlari bilan bog‘liq tarzda kechgan. Kushda ushbu
davlatlarning ko‘plab an’analari va yutuqlari qabul qilingan. Bunda
ayniqsa Misrning ta’siri eng kuchli bo‘lgan. O‘ziga xos va betakror
Kush madaniyati qadimgi Sharq mamlakatlarining umumiy madaniy
merosiga o‘z hissasini qo‘shgan, Sudan xalqlarining zamonaviy
madaniyati manbai bo‘lib xizmat qilgan. Tropik Afrikada temir davriga
o‘tish bilan bir vaqtda yuzaga kelgan, o‘ziga xos moddiy va ma’naviy
madaniyatga ega bo‘lgan markazlarni shartli ravishda sivilizatsiya deb
atash mumkin. Bir-biridan ulkan masofalar ajratib turgan, ammo o‘zaro
bog‘liq holda rivoj topgan bu qadimiy sivilizatsiyalarga G‘arbiy Sudan
va unga tutash bo‘lgan Saxara hududlari, hozirgi Nigeriyaning markaziy
va janubiy-g‘arbiy qismlari, Lualaba daryosining yuqori qismi havzasi
(hozirgi Zairdagi Shaba viloyati), hozirgi Zimbabve Respublikasining
markaziy va sharqiy viloyatlari hamda Hind okeanining Afrika
qirg‘oqlarini kiritish mumkin. Ushbu qadimgi sivilizatsiyalar va
Afrikaning o‘rta asr sivilizatsiyalari - G‘arbiy Sudanning buyuk
davlatlari (Gana, Mali, Songai), Ife, Benin, Kongo, Zimbabve, suaxili
sivilizatsiyalari orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik arxeologik
tadqiqotlar natijasida isbotlab berilgan. G‘arbiy Sudan va Nigeriyada
vujudga kelgan sivilizatsiyalar ayniqsa rivoj topgan. Markaziy Afrika
o‘choqlari temir va mis metallurgiyasi, shahar tipidagi yirik
manzilgohlarning paydo bo‘lish vaqtiga ko‘ra orqada qolgan edi.
Sharqiy Afrika markazi uning shakllkanishida dengiz savdosi o‘ynagan
rol bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turgan. Tropik
Afrika sivilizatsiya o‘choqlarining bir-biridan uzoq masofalar bilan
ajratilganligi ularning o‘rtalarida o‘rtasida aloqalar o‘rnatishga to‘sqinlik
qilmagan. Bu aloqa G‘arbiy Sudan va Nigeriya o‘chog‘i, Nigeriya va
Kongo havzasi o‘rtasida kuzatiladi. Arxeologik ma’lumotlar hozirgi
Zimbabve, Zambiya va Yuqori Lualaba, shuningdek, sharqiy Afrika
qirg‘oqbo‘yi hududlari m.a. II ming yillik boshlarida o‘zaro aloqada
bo‘lganligini tasdiqlaydi. Biroq ularning ko‘pchiligi, masalan, Nigeriya
va Markaziy Afrika o‘choqlari Afrikadan tashqaridagi sivilizatsiyalar
61
bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqa bog‘lash imkoniga ega bo‘lmagan. Sahroi
Kabir hududi orqali o‘tgan savdo yo‘llari bu yerdagi taraqqiyotga o‘z
ta’siri ko‘rsatdi. Tropik Afrikadagi yagona G‘arbiy Afrika bronza davri
industriyasi va undan so‘ng yuzaga kelgan metallurgiyani mana shu
ta’sir natijasi deb baholash mumkin. Mavritaniyadagi (Akjujta) fransuz
olimlarining tadqiqotlari bu yerda m.a. VI-V asrlarda mis va bronza
davri industriyasining yirik markazi bo‘lganligini ko‘rsatib berdi. U
Marokash janubida ilgariroq yuzaga kelgan metallurgiya markazi bilan
bog‘liq bo‘lgan. Niger daryosi o‘rta oqimining Gundam rayoni –
Niafunkdagi yodgorliklar (dahmalar va megalitik inshootlar) esa
miloddan oldingi davrdayoq shakllangan shahar hayoti an’analariga ega
Mali sivilizatsiyasi bilan bog‘liq. Malidagi Jenna shahri xarobalarida
amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bu yerda
rivojlangan temir metallurgiyasi mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Radiouglerod tekshiruvlai an’anaga ko‘ra VIII asrda paydo bo‘lgan deb
hisoblanib kelingan bu shahar m.a. III asrda vujudga kelganligini
aniqlab berdi. M.a. I ming yillikda Sahroi Kabirning suvsizlanishi va
ko‘chmanchilarning janubga kirib kelishining kuchayishi dehqonlarda
bu hujumga qarshi tura oladigan ilk yirik tashkiliy siyosiy
birlashmalarning vujudga kelishiga olib keldi. Milodiy III-IV asrlar
chegarasida ushbu hududdagi eng qadimgi davlat birlashmasi bo‘lgan
Gananing vujudga kelishi aynan mana shu jarayonning mantiqiy yakuni
bo‘ldi. Qadimgi Markaziy Afrika sivilizatsiyasining Nigeriya o‘chog‘i
to‘g‘ridan – to‘g‘ri G‘arbiy Afrikada temir industriyasi bilan bog‘liq.
Ushbu o‘choqning ko‘pchilik sivilizatsiyalari u yoki bu darajada bu
regiondagi ilk temir asri madaniyati bo‘lgan Nok madaniyati bilan
aloqador (m.a. V asr). Nok sivilizatsiyasi izlari ilk bor 1928 yilda Jos
yassitog‘liklarida ochilgan. 1943 yilda Nok qishlog‘i yaqinida topilgan
haykalchalar uning keng miqyosda o‘rganilishini boshlab berdi. Nok
sivilizatsiyasi hozirgi Nigerning markaziy va janubi-g‘arbiy qismlarida,
qisman Benin va Nigeriya hududlarida tarqalgan. So‘nggi tadqiqotlar
natijasida uning xronologiyasi taxminan m.a. 900 yildan milodiy 200
yillar bilan belgilanmoqda. Nok sivilizatsiyasi vakillari Sahroi Kabirdan
janubdagi hududda ilk bor sopol buyumlar tayorlay boshlagan va
metallurgiya ko‘nikmalariga ega bo‘lib, tosh davridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
temir davriga o‘tgan. Nok sivilizatsiyasi vakillari yaratgan ajoyib sopol
va bronza haykalchalar ushbu madaniyatning sof Afrika ildizlariga ega
62
ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu haykalchalar dafn marosimi uchun xizmat
qilgan. Ular sof badiiy fazilatlaridan tashqari, an’anaviy afrika
haykaltaroshligida bugungi kungacha saqlanib qolgan uslub aks
etganligi bilan qiziqarlidir. Hozirgi yoruba xalqining ajdodlari
tomonidan yaratilgan Ife sivilizatsiyasining Nok bilan aloqasi mashhur
Ife bronzalarida o‘z aksini topgan. Ifening bronza va sopol haykalchalari
juda mukammal bo‘lib, antik haykalchalarga o‘xshab ketadi, biroq
ularda tasvirlangan odamlar negroid irqiga mansub. Lualaba daryosining
yuqori oqimlarida ham o‘ziga xos qadimgi sivilizatsiyalar shakllangan.
Bu hududda topilgan yirik Sanga (m.a. VII-IX asrlar) va Katoto (m.a.
XII asr) dahmalaridagi boy arxeologik topilmalar - mis va temir
buyumlar, fil suyagidan tayorlangan buyumlar, sopol Buyumlar
xarakteri
buyumlar
mahalliy
hunarmandchilikning
yuksak
taraqqiyotidan dalolat beradi. Xronologik jihatdan Sanga Lualaba va
Zambezi havzasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash shakllangan davrga
to‘g‘ri keladi. Hozirgi Zambiya va Zimbabve hududlarida vujudga
kelgan sivilizatsiyaning gullab-yashnashi XII-XIII asrlarga to‘g‘ri
keladi. Ammo uning shakllanish omillari ancha oldingi davrlarga oid.
Bu hududdagi Inyango platosidan topilgan mis buyumlar VIII-IX asrlar
bilan belgilanadi. Zimbabve davlatining Masvingo viloyatida joylashgan
Katta Zimbabve qadimgi Afrika shahrining ulkan tosh xarobalaridan
iborat. U shona (bantu guruhiga kiruvchi xalq) xalqi ajdodlarining bosh
ibodatxonasi va diniy markazi bo‘lgan deb hisoblanadi. 1928-29 yillarda
ingliz arxeologi G.Katon-Tompson tomonidan o‘rganilgan ushbu
yodgorlik taxminan 1130 yillarda barpo etilgan. Ushbu hududning
o‘zlashtirilishi esa III asrdan boshlangan. Qadimda ushbu shahar
Monomotapa yoki Buyuk (Katta) Zimbabve, Muene, Mutapa,
munxumutapa nomlari bilan mashhur davlatning markazi bo‘lgan. U
hozirgi Zimbabve (ushbu nom aynan shu shahar nomidan olingan bo‘lib,
“tosh uylar”, “ibodat uylari” ma’nosini anglatadi) va Mozambik
hududlarini o‘z ichiga olgan. O‘rta asr Afrika sivilizatsiyalariga yorqin
misol sifatida Suaxili sivilizatsiyasini ko‘rsatish mumkin. I-VIII asrlar
davomida shakllangan ushbu sivilizatsiyaning gullab-yashnashi XII-XIII
asrlarga to‘g‘ri keladi. Milodimiz boshlariga kelib Sharqiy Afrika
allaqachon Qizil dengiz va Fors qo‘ltig‘i, Janubiy va Janubi-sharqiy
Osiyo bilan savdo va madaniy aloqalar bilan bog‘langan edi. Suaxiliya
sivilizatsiyasining ilk asoslari okean dengizchiligi va okean xo‘jaligiga
63
asoslangan. Bu hududda savdo va dengiz xo‘jaligi bilan bog‘liq holda
paydo bo‘lgan yirik manzilgohlar keyinchalik suaxiliya sivilizatsiyasi
uchun xos bo‘lgan Kilva, Mombasa kabi mashhur shahar-davlatlarga
aylangan. Sharqiy Afrikadagi turli arxeologik tadqiqotlar Suaxili
sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri haqida ham, ya’ni hudud
tarixining musulmon davriga oid ma’lumotlar beradi. Shunady qilib VIII
asrga kelib Tropik Afrika hududida ilk sivilizatsiyalarning bir qancha
o‘choqlari yuzaga kelgan va afrika madaniyatlarining keyingi
taraqqiyoti uchun zamin bo‘lib xizmat qilgan.
Janubiy Arabiston sivilizatsiyasining o‘ziga xosligi uning Misr, ikki
daryo oralig‘i va boshqa sivilizatsiya markazlardan to‘liq bo‘lmasa-da,
ajralganligi bilan belgilanadi. Janubiy Arabistonning bo‘g‘ozdagi
qirg‘oqbo‘yidan to Xadramautning g‘arbiy rayonlarigacha bo‘lgan
hududida olduvay tipidagi ilk paleolit qurollarining, shuningdek Rub-al-
Xalining shimoliy chegaralarida ko‘plab ilk paleolit manzilgohlarining
topilishi Janubiy Arabiston inson paydo bo‘lgan va shakllangan hududga
kirishini ko‘rsatadi. Dastlab qulay tabiatga ega bo‘lgan Arabiston
yarimorolida m.a. XX ming yillikdan boshlangan tabiatdagi o‘zgarishlar
m.a. XVIII-XVII ming yilliklarga kelib qurg‘oqchil iqlimning
shakllanishiga olib keldi. Insonlar Arabiston yarimorolini tark etadi va
faqat uning janubi va sharqida “ekologik boshpanalar” da hayot davom
etdi. M.a. VIII ming yillikdan boshlab iqlim yana o‘zgara boshladi va bu
safar insonlar uchun qulay sharoit tufayli ushbu hudud Jamdat-Nasr
madaniyati vakillari tomonidan egallanadi. M.a. III ming yillikka kelib
Sharqiy Arabiston, ayniqsa Ummon (qadimgi Magan) Ikki daryo oralig‘i
va “Dilmun mamlakatlari” (Baxrayn)ning Shimoli-G‘arbiy Hindiston
bilan savdosida faol ishtirok eta boshlaydi. M.a. III ming yillik oxiri – II
ming yillik boshlarida Janubiy Arabistonga dehqonchilik bilan tanish
bo‘lgan va sug‘orish, qurilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan semit
qabilalari kirib keladi. Janubiy Arabiston tabiatining o‘ziga xos
xususiyatlari ko‘chib kelgan xalqlarni alohida guruhlar va urug‘lar
bo‘lib joylashib, biqiq madaniyat o‘choqlarini shakllantirishiga olib
keldi. M.a. III m.y. ning ikkichi yarmiga oid shumer hujjatlarida
Ikkidaryo oralig‘i bilan aloqada bo‘lgan Magan va Meluxxa
mamlakatlari tilga olinadi. M.a. II ming yillik oxiridan to m.a. VI asrga
qadar yuzaga kelgan Sabey, Kataban, Xadramaut va Mayn
sivilizatsiyalari o‘ziga xos yorqin xususiyatlarga ega bo‘lib, m.a. I ming
64
yillik davomida yonma-yon mavjud bo‘lgan. Qadimgi Xadramaut
madaniyatida uzoq vaqtgacha janubiy Ikkidaryo oralig‘i ta’sirida
bo‘lgan Arabiston yarimorolining eng chekka sharqiy viloyatlariga xos
alohida qirralar saqlanib qolgan. M.a. I ming yillikning birinchi yarmida
bu sivilizatsiyalar sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, ko‘plab
shaharlar, rivojlangan me’morchilik va san’atga ega bo‘lgan. M.a. VII
asrda barpo etilgan va o‘n uch asr faoliyat ko‘rsatgan Marib to‘g‘oni bu
sohada erishilgan hayratlanarli natijalardan guvohlik beradi. Bu
hududlarda yetishtirilgan ko‘plab ekinlarga Yaqin Sharq va O‘rtayer
dengizi mamlakatlarida talab kuchli bo‘lgan. Xushbo‘y hidli daraxtlarni
o‘stirish qadimgi Yaman davlatlarining gullab-yashnashiga asos
bo‘lgan. M.a. X asrda Sharqiy O‘rtayer dengizi bilan savdo va
diplomatik aloqalarini o‘rnatgan Saba davlati m.a. VIII asrda Ossuriya
davlati bilan muloqotga kirishgan va m.a. VII asrda hozirgi Shimoliy-
Sharqiy Efiopiya hududlarini koloniyalashtirgan. Xushbo‘y o‘simliklar
yetishtirish asosan Xadramaut (qisman Kataban) rayonlarida jamlangan
bo‘lib, tashqi karvon savdosi esa m.a. VI asrdan Mayn qo‘lida bo‘lgan.
Janubiy Arabistonning Hindistondan Afrika va Misr hamda O‘rtayer
dengiziga boruvchi dengiz yo‘li ustida joylashganligi m.a. I ming
yillikdayoq uning Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq, Hind okeani va
O‘rtayer dengizi havzasining qadimgi sivilizatsiyalari orasidagi
mahsulot ayirboshlashda vositachilik vazifasini belgilab berdi. M.a. VII
asrdan butun Janubi-g‘arbiy Arabistonga Sabaning siyosiy hukmronligi
tarqaldi, ammo VI-IV asrlardan uzoq urushlar tufayli Mayn, Kataban va
Хadramaut Saba hukmronligidan ozod bo‘ldi. Urushlar m. a. I ming
yillikning ikkinchi yarmida davom etgan va milodiy III asrga kelibgina
hududda barqarorlik o‘rnatilgan. Urushlar natijasida Mayn Saba
tomonidan zabt etilgan, Kataban tarix sahnasidan yo‘q bo‘lib ketgan,
Sabada esa Janubiy Arabistonning janubi-sharqiy burchagida joylashgan
viloyat – Ximiyara sulolasi hukmronligi o‘rnatilgan. Ximiyara
davlatining poytaxti Zafar bo‘lib, IV asrga kelib u butun Janubiy
Arabiston ustidan o‘z hukmronligi o‘rnatgan. Milodimiz boshlariga
kelib Qizil dengiz va Adan ko‘rfazining g‘arbiy qismmining yunon, misr
dengizchilari
tomonidan
o‘zlashtirilishi Janubiy Arabistonning
Hindiston va Misr o‘rtasidagi savdoda yakkahukmronlik mavqeiga zarba
bergan hamda mahalliy sivilizatsiyalar taraqqiyotiga katta ta’sir
o‘tkazgan. Suriya va Misrning Rim tomonidan egallanishi esa vaziyatni
65
yanada murakkablashtirgan. Endi kurash savdo yo‘llarida hukmronlik
uchun emas, balki hosildor yer va qulay ko‘rfazlarga ega dengizbo‘yi
hududlari
uchun
olib
boriladigan
bo‘ldi.
Qadimgi
Yaman
sivilizatsiyalarining asoschilari o‘zlari bilan Janubiy Arabistonga
xo‘jalik va madaniy hayotning ko‘plab sohalarida mustahkam bilim,
ko‘nikma va malakalarni olib kelishgan. Ajoyib tosh inshootlar,
vodiylardagi baland tepaliklarda barpo etilgan ulkan shaharlar, sug‘orish
tizimlari shundan dalolat beradi. Marib, Timna, Shabva va Karnava
shaharlari xarobalariga ko‘ra, shaharlar to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida
qurilib, balandligi 10-12 metrli tosh devorlar bilan o‘rab olingan. Shahar
devorlarida kvadrat shaklida minoralar bunyod qilingan. Haykaltaroshlik
taraqqiy etgan, alebaster, jez va loydan haykallar yasalgan. Oltin va
bronzadan yasalgan hayvonlar (ho‘kiz, tuya, ot) dinamik va ifodali
tasvirlangan. Qadimgi janubiy arabistonliklar Sharqiy O‘rtayer
dengizining (finikiya yoki protosinay) alifboli yozuvi asosida yaratilgan
o‘ziga xos yozuvdan foydalanishgan.
Ushbu xalqlarning ma’naviy hayoti haqida bizgacha u qadar ko‘p
narsa yetib kelmagan. Ilk bosqichlarda bu yerda qadimgi semit xudosi
Astar yetakchilik qilgan. Astral xudolar va ikkinchi darajali mahalliy
xudolar muhim rol o‘ynagan. Erkak ilohalar bilan bir qatorda ayol
ilohalar ham e’zozolangan. Yagona xudolar panteoni shakllanmagan.
Sabeylar Almakax deb atagan oy xudosi Janubiy Arabiston qabilalarida
katta rol o‘ynagan. Eramiz boshlarida Astar asta-sekin siqib chiqarilib,
“mahalliy xudolar” birinchi o‘ringa chiqqan. Kohinlik funksiyasini
Janubiy Arabistonda boshqaruv ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega
bo‘lgan mansabdor shaxslar - mukarriblar bajargan Janubiy Arabiston
sivilizatsiyalarining ichki hududlardagi ko‘chmanchilar bilan doimiy
qo‘shnichiligi ularning taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Nisbatan
past taraqqiyot bosqichida turgan chorvador qabilalar asrlar davomida
Yaman yerlarida o‘rnashib mahalliy sivilizatsiyalar bilan bevosita
aloqaga kirishgan. Bu o‘z navbatida xo‘jalik hayoti va madaniyatning
tushkunligiga olib keldi. Kuchayib borayotgan salbiy omillar ta’sirida
Janubiy Arabiston tsivlizatsiyalari milodiy asrning ilk asrlaridan
yemirila boshladi va VI asrda halokatga uchradi. Ammo Janubiy
Arabistonning qadimgi sivilizatsiyalari halokatiga ma’naviy hayotning
yuksak taraqqiyoti hamroh bo‘ldi. Janubiy Arabistonning qulay
geografik joylashuvi buyuk imperiyalarning nazaridan chetda qolmadi.
66
Milodiy asr boshlarida Janubiy Arabistonning dengiz bo‘ylaridagi
shaharlarida joylashgan yunon va misr savdogarlarining savdo
manzilgohlari so‘nggi ellin (keyinchalik xristianlik) ta’siri tarqalishining
tabiiy markazlariga aylandi. Milodimizning birinchi asrlarida Adan va
Sokotradagi yunon- rim muhitida xristianlik ham tarqala boshladi. IV
asrdan sharqiy Rim imperiyasi Aleksandriya cherkovidan hamda
Efiopiya (Habashiston) hududida milodimiz boshida yuzaga kelgan va
ayrim qirg‘oqbo‘yi hududlari, janubiy-G‘arbiy Arabistonni bosib olgan
Aksum davlatining xristianlashgan yuqori tabaqasidan foydalangan
holda bu hududda xristianlikni yanada keng yoyishga harakat qildi. Ko‘p
o‘tmay Arabistonda arianlar, monofistlar, nestorianlar ko‘payib,
mahalliy majusiy dinlar, ibtidoiy e’tiqodlar bilan birgalikda Arabiston
yarimorolining janubidagi siyosiy hodisalarga o‘z ta’sirini o‘tkaza
boshladi. Arabiston janubidagi g‘oyalar kurashi kuchayib, butun
yarimorolga yoyila boshladi. Bu kurashda bosh siyosiy g‘oya – birlik
g‘oyasi o‘z o‘rnini egallay boshladi va islom tug‘ildi.
Dostları ilə paylaş: |