Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
5.1.
 
Qadimgi Mesopotomiya sivilizatsiyaning yuzaga kelishi 
Mesopotomiya (Ikki daryo – Tigr va Evfrat oralig‘i) qadimda 
uning markazi Bobil bo‘lgan. Bu yerda mil. avv. IV ming yilliklarda 
Shumerlar qishloqlari paydo bo‘ladi. Sekin-asta Shumer qabilalari butun 
hududga tarqalib, egallaydi. Ikki daryo oralig‘i sivilizatsiyasi Qadimgi 
Bobil qamrab olgan. Shimoliy Bobil – Akkad, janubiy hududi – Shumer 
nomi bilan yuritilgan. Shimoliy Mesopotomiya joylashish jihatdan 
baland-pastliklardan iborat bo‘lib, Ossuriya tog‘li hududlari bilan 
tutashib ketgan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda Mesopotomiyada 
dastlabki qishloqlar paydo bo‘ladi. Ularning o‘tmishdoshlari Evfrat va 
Tigr daryolari vohalaridan kelib, o‘rnashgan bo‘lsa kerak. – bu 
Shumerlar qishloqlarining toponimikasi Tigr va Evfrat vohalari 
aholisiga yaqin edi. Shumerliklar asta-sekin butun Mesopotomiyani 
egallaydilar. 
Ayrim 
etnomadaniy 
ma`lumotlarga 
qaraganda, 
Shumerliklarning avlodi Eron qo‘ltig‘idan bu erlarga kelib qolgan. 
Mesopotomiyaning shimoliy qismida mil. avv. III ming yillikda 
semitlar yashagan. Ular chorvador qabilalar edi. semitlar qabilalarning 
tili, Mesoptomiya hududida yashaganlari akkad tilida so‘zlashardi. Bir 
necha asrlar davomida semitlar Shumerlar bilan qo‘shni yashagan va 


68 
mil. avv. III ming yillikka kelib, Janubiy Mesopotomiyani butunlay 
egallaydilar. Shunday qilib, akkad tili Shumerlar tomonidan siqib 
chiqariladi va mil. avv. II ming yillikka kelib, Shumer tili o‘lik tilga 
aylanadi. 
Mil. avv. III ming yilliklar oxiriga kelib, Siriya dashtlaridan 
Mesoptomiyaga chorvador qabilalar kirib keladi. Bobilliklar ularni 
omareyam deb atashgan. Mil. avv. III ming yillikda Shimoliy Bobilning 
Diyali daryosi va Umin ko‘li atroflarida – hozirgi Eron Ozarbayjon va 
Kurdistonda Kutiya yoki Gutiya qabilalari yashagan. eng qadimgi 
vaqtdan e`tiboran Mesopotomiyaning shimolida xurritlar qabilasi 
yashagan. Xurritlar Shimoliy Mesopotomiyada Mitanni davlatini 
tuzadilar va bu davrlar mil. avv. II ming yillikda Yaqin Sharqda qudratli 
davlatlardan biriga aylanadi. Mitanni davlati tarkibida hind Eron 
qabilalari ham yashagan. Suriyada xurridlar ozchilikni tashil qilgan. Bu 
qabilalarning tili Urart qabilalari tiliga yaqin turgan. Urart Armanlar 
tog‘oldi edi. mil. avv. III-II ming yillikka kelib, xurito-urartu qabilalar 
zakavkaziyaga bo‘lgan butun Shimoliy Mesopotomiyani egallaydilar. 
Shumer va bobilliklar xurritlar mamlakatini Subartu deb atagan. Arman 
tog‘larida xurritlar mil. avv. VI-V asrlarda ham yashagan. Xurritlar 
xurrid va akkad tillarida klinopisi xatlar yaratgan. 
Mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida Shimoliy 
Arabistondan Siriya dashtlariga va Shimoliy Siriya hamda Shimoliy 
Mesopotomiyaga kuchli aramey qabilalari kirib keladi va bir necha 
mayda knyazliklar tashkil topadi. Mil. avv. XIII asrlarga kelib arameylar 
G‘arbiy Siriya va Janubiy-G‘arbiy Mesopotomiyada bir necha kichik 
knyazliklar tashkil qiladi. Mil. avv. I ming yillikka kelib, aramey 
xurritlarni va arameylarni to‘la assimilyatsiya qilib, Shimoliy 
Mesopotomiya va Siriya erlariga xo‘jayinlik qiladilar. 
Mil. avv. VIII asrlarga kelib arameylar davlati Ossuriya tomonidan 
ishg‘ol qilinadi. Biroq aramey tili uzoq asrlar saqlanib qoladi. Mil. avv. 
VIII-VII asrlarga kelib, Ossuriya ma`muriyati mahalliy xalqni 
dehqonchilikka mos bo‘lmagan hududlarga ko‘chiradi. Ammo 
to‘xtovsiz qabilaviy kurashlardan so‘ng Ossuriya qo‘llandi va Ossuriya 
tili iste`moldan chiqarilib, aramey tili kuchga kiradi. Mil. avv. IX asrda 
Janubiy Mesopotomiyani arameylar butun mamlakatni egallaydi va mil. 
avv. 539 yilga kelib aramey tili davlat tiliga aylanadi. Mil. avv. I 


69 
asrlarga kelib, aramey tili sifatida qo‘llaniladi. Bunga xoldey tili ham 
qo‘shilib ketadi. 
Shumer.
Mil. 
avv. 
III 
ming 
yillikka 
kelib, 
Janubiy 
Mesopotomiyada bir necha kichik davlat va davlat shaharlar paydo 
bo‘ladi. 
Ularning 
har 
biri 
40-50 
ming 
aholiga 
ega 
edi. 
mesopotomiyaning janubiy-g‘arbiy tomonida erudu va Ur shaharlari 
joylashgan edi. Ur shahridan shimolroqda Larsa, uning sharqida Tigr 
daryosining bo‘yida Lagash shahri joylashgan edi. mamlakatni 
birlashtirishda Ur shahri katta rol o‘ynagan. Mesopotomiyaning markaz 
qismida Evfrat daryosi bo‘yida Nishopur joylashgan edi. Nishopur 
Shumerning bosh diniy markazi hisoblangan. Mil. avv. III ming yillikda 
Shumerda bir necha siyosiy birlashmalar tashkil topgan bo‘lib, ular 
Lugal (katta odam) tituliga ega edilar. Lugal yoki ensi unvoniga ega 
kohinlar shahar davlatlarni boshqardilar. 
Mil. avv. II ming yillikka kelib, Shumerdagi Lagash ancha 
kuchayadi. U Ummu shahrini o‘ziga qaratadi. Mil. avv. 2360-2340 
yillarda Umno ustidan g‘alaba qiladi. u ensi Lugalanda ustidan g‘alaba 
qozonib, o‘zi hokimiyat tepasiga chiqib oldi va mamlakat poytaxti Uruk 
bo‘ldi. Shumerning asosiy iqtisodi dehqonchilik edi. bu xo‘jalik 
irrigatsiya asosiga qurilgan edi. chorvachilik ham rivojlangan. 
Hunarmandchilik rivoj topadi. Ur shahri mil. avv. III ming yillik 
o‘rtalarida metallurgiyaning rivojlanishi kuzatiladi. Bu shaharga tegishli 
nekropollardan oltin, kumush, miss, telpak, boltalar, xanjarlar, nayza va 
tanga pullarning zarb qilinishi, ayniqsa, don qoldiqlari qiziqarlidir. Bu 
erga oltin G‘arbiy Hindistondan keltirilgan, lozuriylar hozirgi 
Badaxshon va Afg‘onistondan keltirilgan. Idishlar uchun tosh ashyolar 
Erondan, kumush Kichik Osiyodan keltirilgan. Mol almashish o‘rniga 
Shumerliklar bu mamlakatlarga don, jun, finiki kabilar etkazib bergan. 
Shumerliklar bu vaqtda pishiq g‘isht ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘yganlar. Xullas, bu vaqtda xalqaro savdo ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 
Binolarni bezashda guldor g‘ishtlar ishlatilgan. Mil. avv. III ming 
yillikka kelib Shumerliklar kulolchilik charxidan foydalana boshlaydi. 
Sopol idishlar bezalgan, sir berilgan. Mil. avv. III ming yillikda jez davri 
boshlanib, bu III ming yillik oxirida Mesopotomiyada temir asri 
boshlanadi. 


70 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin