57
4-Mavzu: Qadimgi Afrika va Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi
Reja:
4.1.
Meroe sivilizatsiyasi.
4.2.
Qadimgi tropik Afrika madaniyati.
4.3.
Qadimgi Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi.
Tayanch iboralar:
Nubiya, mil. Avv. III ming yllik, Saxara janubiy
viloyatlarida, subtropik Saxaraga, Shimoliy va Sharqiy Afrika, arablar,
jamoalar, etnik guruhlar, Nok madaniyati, Astral xudolar.
4.1.
Meroe sivilizatsiyasi
Ikki xalq, ya`ni Misr va Kunshit xalqlari madaniyati asrlar osha bir-
biri bilan yaqin bog‘lanib borgan. Akademik B.B.Piotroskiyning
arxeologik ma`lumotlariga
qaraganda, mil. avv. IV minginchi
yillardayoq Misr va Shimoliy Nubiya madaniyatlari
bir-biri bilan
aralashgan holda rivojlangan. Biroq geografik faktorlarning xilma-xilligi
tufayli keyinchalik bu madaniyatning rivoji ikki yo‘ldan ketdi.
Kunshitlar Nil vodiysining ko‘p joylarini,
keyinchalik esa ularning
ta`siri Asuangacha, hozirgi Sudan davlatining poytaxti Xartungacha etib
borgan. Kush zaminlariga dehqonchilik va chorvachilik keng yoyila
boshladi. Mil. avv. III minginchi yillarda kushtlar ustiga fir`avnlarning
yurishi kuchayadi. Nubiyadagi Kerma qadimgi
shahri qazilmalari bu
xalqlar haqida qiziqarli ma`lumotlar beradi. Bu vaqtga kelib ularda
sinfiy
differentsiatsiya yuz berib, yirik arxitektura qurilishlari,
savdo
ishlari, dehqonchilik va chorvachilikning rivojidan guvohlik beradi.
Misr fir`avnlari Kushitlar ustidan xo‘jayinlik qilardi, natijada kushit
madaniyati misrliklar bilan uning tarkibiga singib borgan.
Miloddan
avvalgi VI-V asrlarda Meroe kushitlar sivilizatsiya markaziga aylanadi.
Bu erda o‘tkazilgan qazishmalar vaqtida Afrikada vujudga kelgan alfavit
yozuvi u bilan bog‘liq marsiyalar topiladi. Bu alfavit xatlar Misr
ierografi varianti asosida vujudga kelgan edi. bu yozuvlar mil. avv. II
asrlarga tegishli edi. kushitlar madaniyati Misr an`analari ta`siri
kuchli
edi. kush madaniyatining Qadimgi Sharq madaniyatiga ham ta`siri
bo‘lgan holda u Sudan xalqi madaniyatining ko‘hna ildizini tashkil
qilardi.