Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov


  2.2. Inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
 


31 
2.2. Inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv 
yo‘llari
Hozirgi zamon tarix fanida tarixiy jarayonni tushuntirishga nisbatan 
ikki asosiy yondashuv: formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud.
Uzoq vaqt davomida tarixni o‘rganishga formatsion yondashuv 
ustunlik qilib keldi. Formatsion yondashuv tarixni universal tushunishga 
asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin 
almashuvidan iborat yagona, chiziqli- hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon 
sifatida talqin qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni 
ilgari surgan tadqiqotchilar fikrlarini tahlil qilib, ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiya – bu jamiyatning muayan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning 
muayan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal 
qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin. 
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni 
davriylashtirish imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini 
farqlagan: 
ibtidoiy 
jamoa, 
quldorlik, 
feodalizm, 
kapitalizm, 
kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa 
formatsiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida 
tavsiflagan. Ammo alohida xalqlar tarixini jahon ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalari tarixining yagona doirasiga sig‘dirib bo‘lmaydi. Shu 
sababdan XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o‘zini 
oqlamadi. Ijtimoiy amaliyot, tarix tajribasi insoniyat jamiyati 
taraqqiyotiga formatsiyali yondashishning bir yoqlama, sun’iy ekanligini 
ko‘rsatdi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar 
ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, 
tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, 
bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi 
monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil 
yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, 
davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo‘ylab formatsion 
rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv amalga 
tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va 
betakrorligi yo‘qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining 
sharti sifatidagina amal qiladi. Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida 
tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo‘lgan 
chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo‘rtib 


32 
namoyon bo‘ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan 
boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan 
o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. Sivilizatsion 
yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday 
yondashuvdir. Ma’lumki, formatsion yondashuv obyektiv ravishda 
mavjud bo‘lgan, inson irodasiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni asos qilib oladi. Sivilizatsion yondashuv esa tarixiy 
jarayonning turli-tuman ko‘rinishlari, qirralarini hisobga oladi, bundan 
tashqari uning asosiy vazifasi inson va uning dunyoqarashi, ahloqiy va 
estetik qarashlarini o‘rganishdir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali 
yondashish har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va 
takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Bunday yondashish 
mohiyatan formatsiyali yondashishga ziddir. Sivilizatsion yondashuv 
asosan ko‘p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning 
lokalligi va har xilligi haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. 
Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. 
Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonlarni, ularning o‘ziga xosligini 
chuqurroq anglash, har bir mamlakat tarixi bilan jahon tarixi o‘rtasidagi 
umumiylik, o‘ziga xoslik va betakrorlikni bir – biridan farqlashga, har 
bir jamiyatning qiymati va uning jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rnini 
aniqlash imkonini beradi. Bu yondashuvning eng muhim jihati tarixning 
ko‘p qirrali va ko‘p tarmoqli jarayon sifatida baholanishidir. Bunda 
tarixiy jarayonni tushunish uchun xalqlarning dini, madaniyati, 
mentalitetiga, ya’ni ma’naviy-axloqiy va intellektual omillarga katta 
ahamiyat beriladi. Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash 
quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv 
tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy 
e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa 
jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani) o‘rganadi, jamiyatni esa 
statik deb e’tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining 
iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv 
asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi. Demak, bu ikki yondashuv 
bir-birini butkul rad etmaydi, har holda formatsion yondashuvning 
elementlarini sivilizatsion tahlilga kiritish mumkin, chunki ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar – sivilizatsion jarayonning muhim qismidir. Shu 
sababdan inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv 
yo‘llarini izlash lozim. Bugungi kunda tarixning shunday bir sintetik 


33 
talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu har ikki muqobil 
yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan foydalanishga va ularning 
kamchiliklari o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladilar. Bugungi kunda 
sivilizatsiyaga doir keng tarqalgan nazariyalar orasida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: sivilizatsiyaning chiziqli, bosqichli nazariyalari, 
lokal sivilizatsiyalar va jahon tarixiy bosqichi nazariyalari. Ushbu 
nazariyalar antik davrlar, o‘rta asrlarda va yangi davrda ishlab chiqilgan 
tarixiy konsepsiyalar asosida shakllangan. Qadimgi davrlardayoq 
insoniyat tarixining takrorlanib turuvchi bosqichli aylanma harakati 
to‘g‘risidagi g‘oyalar shakllangan. Buni qadimgi dunyoning ko‘plab 
xalqlarida kuzatish mumkin. Shu bilan birga yo‘naltirilgan, ortga 
qaytmas, zamonaviy tilda aytganda, chiziqli evolyutsiya haqidagi 
tushunchalar ham yuzaga keldi. Masalan, yunon shoiri Gesiodning (m.a 
VII asr ) “Mehnatlar va kunlar” asarida insoniyat taraqqiyoti yaxshidan 
yomonga qarab boruvchi tanazzul sifatida ko‘rsatilgan. Bu tushkun 
modelga qarama-qarshi ravishda insoniyat taraqqiyotini tinimsiz 
mukammalashib boruvchi jarayon sifatida qaragan g‘oyalar ham 
vujudga kelgan. Rim shoiri Tit Lukretsiy Kar (m.a. I asr) “Ashyolarning 
tabiati” asarida insoniyat taraqqiyoti xuddi shu nuqtayi nazardan 
ko‘rsatilgan. O‘rta asr mutafakkirlari insoniyat taraqqiyotining chiziqli 
g‘oyasini rivojlantirishgan. Insoniyatning chiziqli tarixiy taraqqiyot 
jarayonida mukammallashib borishi haqidagi qarashlar sivilizatsiyaning 
bosqichli konsepsiyasiga asos bo‘ldi. Sivilizatsiyaning bosqichli 
nazariyalari sivilizatsiyani insoniyat progressiv taraqqiyotining yaxlit 
jarayoni sifatida o‘rganadi va bu jarayonda ma’lum bosqichlar ajratiladi. 
Bu jarayon o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga ega: “buyuk daryolar” 
vodiylarida sivilizatsiyaning dastlabki o‘choqlari yuzaga kela boshlagan 
m.a. IV-III ming yilliklar. XX asr oxiriga kelib sivilizatsion areal deyarli 
butun dunyoni qamrab oldi. Bugunga qadar mavjud bo‘lgan va bugungi 
kunda mavjud sivilizatsiyalar miqdorini aniqlab bo‘lmaydi, zero 
sivilizatsiyalarning aniq vaqt va hududiy chegarasi, sivilizatsiyalarni 
ajratib ko‘rsatishning aniq universal mezonlari yo‘q. Shu sababli 
sivilizatsiya nazariyalarini ishlab chiqqan turli olimlarning ro‘yxatlari 
bir-biriga to‘liq mos tushmaydi. Masalan, Danilyevskiy til guruhlari 
asosida 15 ta madaniy – tarixiy tipni ajratib ko‘rsatgan bo‘lsa, Shpengler 
sakkizta “yuksak madaniyat” larni sanab o‘tgan. Biroq bu barcha 
ro‘yxatlar mukammal emas.


34 
Shu o‘rinda sivilizatsiyalarning quyidagi ayrim turlarini sanab o‘tish 
mumkin: dastlabki (avtoxton) sivilizatsiyalar, an’anaviy sivilizatsiyalar, 
yo‘ldosh 
sivilizatsiyalar, 
yangilangan 
sivilizatsiyalar, 
o‘rta 
sivilizatsiyalar, monolit sivilizatsiyalar, sintetik sivilizatsiyalar, agrar 
sivilizatsiyalar, industrial sivilizatsiyalar, kontinental sivilizatsiyalar, 
dengiz, okean sivilizatsiyalari. Deyarli barcha sivilizatsiyalar bir 
vaqtning o‘zida bir necha turga aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, 
ibtidoiy davrdan o‘sib chiqqan qadimgi Yunon sivilizatsiyasi 
yangilangan, monolit, agrar, dengiz sivilizatsiyasi edi. Olimlarning 
fikricha sivilizatsiyaning mohiyatini, uning o‘ziga xosligini turli omillar 
belgilaydi: tabiiy muhit, xo‘jalik yuritish tizimi, siyosiy tuzim, 
jamiyatning ijtimoiy tashkiloti, din (yoki din darajasiga chiqarilgan 
mafkura), ma’naviy qadriyatlar, mentalitet. Ularning nuqtayi nazaridan, 
insoniyat 
taraqqiyoti 
sivilizatsiyalarning 
bir-biri 
bilan 
o‘rin 
almashashishi shaklida boradi, ularning har biri o‘z madaniy-tarixiy 
an’analari, axloq normalari, diniy tizimlarini ishlab chiqadi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin