Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov


Ishlab chiqarish xo‘jaligining paydo bo‘lishi ilk



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
 
1.2.Ishlab chiqarish xo‘jaligining paydo bo‘lishi ilk 
sivilizatsiyalarning vujudga kelish ildizlari 
Neolit ko‘p ming yillikdan iborat tosh asrining oxirgi bosqichi 
hisoblanadi. 
Neolit 
davri, 
avvalo, 
mehnat 
qurollarni 
yasash 
texnikasining muayan darajada takomillashgan davridir. Bu davrning 
eng xarakterli xususiyatlaridan biri toshni qayta ishlash, toshni silliqlash, 
parmalash texnologiyasining joriy qilinishidadir. Bu davrda nafaqat 
toshni parchalash, shuningdek, parmalash, silliqlash orqali tosh qurolga 
muayan shakl kiritish usullari rivojlanadi. Mehnat qurollari turli-tuman 
toshlardan yasalgan. Ko‘pincha chaqmoqtosh, nefrit toshlar ancha 
qadrlangan. Ammo toshni silliqlash va parmalash ancha murakkab ish 
jarayoni bilan bog‘liq kechgan. Shunga qaramasdan, neolit davrida tosh 
qurollarni ishlab chiqarish avvalgi davrlardan keskin farq qilardi. Neolit 
davrida ham toshni parchalash, yupqa paraqalar olish bilan birga, hamon 
to‘qmoqlab tosh parchalarini olish davom etardi. Bu davrda tosh qurolga 
ikki tomonlama mayda kertish usuli bilan kesuvchi tig‘ chiqarish 
texnologiyasi ancha rivoj topadi. Tosh o‘zakdan pona bilan bosim 
yordamida qurol uchun zarur paraqalar uchirib olish texnologiyasi rivoj 
topgan. Neolit davriga kelib kishilar nafaqat daryo sohillarida 
uchraydigan chaqmoqtoshlardan, shuningdek, yer osti konlaridan ham 
foydalanishga o‘tadilar. Chaqmoqtosh konlari bilan bog‘liq shaxtalar 
Angliya, Fransiya, bir qator Yevropa mamlakatlari va O‘rta Osiyo 
hududlaridan topib o‘rganilgan. Shaxta va konlar bilan bog‘liq ko‘pgina 
toshsoz ustaxonalar topilgan bo‘lib, ularda ishlab chiqilgan mahsulotlar 
keng doiradagi hududlarga tarqalgan. Neolit davrida tosh qurollardan 
yog‘ochlarni qayta ishlashda keng foydalanilgan. Bu vaqtning xarakterli 
qurollaridan biri silliqlangan toshbolta edi. 


12 
Ibtidoiy 
odamlar 
toshbolta 
yordamida 
chakalakzorlar, 
o‘rmonzorlardan yerlar ochib, undan dehqonchilik va chorvachilik 
xo‘jaliklarini yuritishda foydalanganlar. Toshbolta va boshqa qurollar 
yordamida daraxt kundasini o‘yib, oddiy qayiqlar yasash, uy-joylar 
qurish, daraxt kundalaridan mollar uchun quralar qurish kabi 
yumushlarda keng foydalanilgan. Terim-termachilik tirikchiligida ham 
tosh qurollardan zaruriyatga qarab foydalangan. Uchiga o‘tkir tosh 
parchalari bog‘langan tayoqlar bilan oziqabop o‘simliklarning ildizlari 
qazib olingan, kulbalar qurishda foydalanilgan. Keyinchalik tosh 
qurollardan yerni yumshatish ishlarida, xullas, dastlabki dehqonchilik 
xo‘jaligini yuritishda ham foydalanganlar. Bu davrda yerni qazuvchi 
toshdan qilingan uchli asboblar, suyakdan, shoxdan tayorlangan yerni 
yumshatuvchi motiga – qo‘l omochi, mikrolitlardan, suyak va 
shoxlardan foydalanib yasalgan qadama toshli, arra tishli o‘roq asboblar 
yasalgan. Mezolit davrida paydo bo‘lgan o‘q-yoy neolit davrida 
birmuncha takomillashadi, nayza paykonlarining bargsimon, keyinchalik 
uchburchak shakllari vujudga keladi. 
Neolit davrining eng muhim yangiliklaridan yana biri sopol, ya’ni 
keramikaning kashf qilinishi edi. Loydan sopol idishlari yasash, ularni 
gulxanda toblab pishirib, turmushda foydalanish katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Endilikda odamlar oziq-ovqatni saqlash, pishirish imkoniyatiga 
ega bo‘ldilar. Sopol idishlarni yasashda loydan tasmasifat, uzunchoq loy 
qorishmasini spiral tarzda bir-birining ustiga yopishtirib, ustini silliqlab, 
muayan ko‘rinishdagi idish yasalgan va oftobda quritilgandan so‘ng 
olovda toblab kuydirish yo‘li bilan tayorlangan. Neolit davri keramika 
idishining ichki tomonida mato izlari bo‘lishi kuzatilgan. Ma’lum 
bo‘lishicha, matodan tayyorlangan xalta tikilib, mayda qum bilan 
to‘ldirish chog‘ida u zarur idish shakliga keltirilgan va ustidan loy 
tasmasi spiral tarzda aylantirilib yopishtirilgan va usti silliqlangan. Idish 
oftobda quritilgandan so‘ng mato xaltasi idish ichidan ajratib olingan, 
so‘ng gulxanda toblangan. Shunday texnologik usulda turli idishlarni 
ishlab chiqarish boshlangan. Idish uchun tayorlangan loyga qum, 
tabiatda uchraydigan momiq kabilar aralashtirilib, loy rosa pishitilgan.
Xullas, shu kabi va boshqa usullardan foydalanilib, dastlabki 
vaqtlarda birmuncha qo‘pol tarzdagi idishlar ishlab chiqilgan. Bunday 
idishlarning dastlabkilarining yerga qo‘yadigan qismi tuxumsimon 
shaklda yasalgan. Bu holatdan esa idishni ovqat pishirish maqsadida 


13 
gulganga qadab yoki sanchib qo‘yish nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. 
Binobarin, u zamonlarda hali ovqat pishiradigan tom ma’nodagi 
o‘choqlar bo‘lmagan. 
Neolit davrining so‘nggi bosqichida vujudga kelgan yangiliklardan 
biri ip yigirish va to‘qimachilikning kashf qilinishi edi. Dastlabki 
vaqtlarda ip yigirish xom ashyosi sifatida yovvoyi tarzda o‘sadigan 
momiqli o‘simliklardan foydalanilgan. Hayvon junlaridan ham keng 
foydalanilgan. Neolit davrining dastlabki matolari qo‘lda to‘rsimon 
tarzda to‘qilgan va keyinchalik to‘qimachilik dastgohi kashf qilingan. Ip 
yigirishda urchuqdan, tosh predmetlardan foydalanilgan. Neolit 
yodgorliklaridan toshdan teshilib yasalgan hamda sopoldan silliqlanib 
ishlangan urchuqboshlar topilgan. Ip yigirishning kashf qilinishi baliq 
ovlash asboblari – to‘r kabi narsalarni ishlab chiqishda asqotgan. 
Neolit davrida oddiy yo‘l vositalarining vujudga kelishi muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklardan oddiy qayiq, chana 
kabi topilmalarga qaraganda, neolit davri odamlari daryo, ko‘l, dengiz 
suvlarida suzib, bu holat ularning keng doiradagi harakatlarga ega 
bo‘lganligidan guvohlik beradi. Eneolit davriga kelib g‘ildirakli arava, 
shamol yordamida suzadigan qayiq kashf qilinadi. Bu kabi texnik va 
xo‘jalik o‘zgarishlar neolit davrida odamzod o‘zining avvalgi 
o‘tmishdoshlariga qaraganda katta imkoniyatlarga ega bo‘lganligidan 
dalolat beradi. Neolit davrining eng muhim yutuqlaridan yana biri 
doimiy oziq-ovqatga ega bo‘lishdan iborat edi. Bu tarixiy hodisa mazkur 
davrda oddiy o‘troq dehqonchilik va uy chorvachiligining vujudga 
kelishi bilan bog‘liq edi. 
Shuni aytish lozimki, jahonning turli joylarida neolit davri turlicha 
kechgan. Ayrim o‘lkalarda neolit davrining oxirlariga kelib metalldan 
foydalanish boshlanadi. Dastlab mis qorishmasidan qurol-aslahalarni 
ishlab chiqish boshlangan. Shunday foydalanilgan metallardan 
dastlabkisi mis edi. Misdan foydalanish davri fanda eneolit yoki 
xalkomit nomi bilan ataladi. Eneolitning dastlabki bosqichi neolitdan 
keskin farq qilmaydi. Mis qurollar tosh qurollarni turmushdan siqib 
chiqarolmadi. Shuning uchun ham eneolit davrida mehnat qurollarining 
aksariyati toshdan yasalgan. Shuning bilan bir vaqtda metallning kashf 
qilinishi galdagi texnik taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Ibtidoiy jamiyat tarixining ilk urug‘chilik davrida avjiga chiqqan 
terim-termachilik xo‘jaligi doimiy ravishda rivojlanishda bo‘lib, 


14 
odamzod nafaqat hayot kechirdi va shuning bilan baravar harakatda ham 
bo‘lib, tabiat sirlarini bilib va undan unumli foydalanish choralarini 
ko‘rib bordi. Bu harakatlar ibtidoiy iqtisodiyotning ikki buyuk xo‘jaligi 
– dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishiga olib keldi. Bu 
yutuqni mashhur arxeolog olim G.Chayldning «neolit inqilobi» deb 
atagani ham bejiz emas. To‘g‘ri, neolit davrining boshlang‘ich 
taraqqiyot bosqichlarida terim-termachilik, ya’ni o‘zlashtiruvchi xo‘jalik 
hukm surardi. Ma’lumki, dunyoning ayrim o‘lkalarida yashagan 
ko‘pgina qabilalar umrbod o‘zlashtiruvchi xo‘jalik iskanjasidan 
chiqolmadilar. Neolit davrining so‘nggi bosqichlarida tashkil topgan 
texnik progress ishlab chiqarish iqtisodining vujudga kelishiga muayan 
sharoit yaratdi. Dehqonchilik va chorvachilik ishlab chiqarish 
iqtisodiyotining vujudga kelishi insoniyat jamiyatining galdagi 
rivojlanishiga muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 
Ishlab chiqarish xo‘jaligining vujudga kelishida ikki faktor – 
biologik 
va 
madaniyat 
muhim 
omil 
bo‘ldi. 
Hayvonlarni 
xonakilashtirishga o‘tish muayan tabiiy sharoiti ma’qul, o‘simliklarga, 
hayvonot dunyosiga boy o‘lkalarda sodir bo‘ldi. Odamzod turmush 
kechirish davomida turli donli o‘simliklar bilan tanish bo‘lgan, ularning 
hayot uchun foydali tomonlarini o‘z tajribalaridan o‘tkazgan, sinab 
ko‘rgan. Takror hosil olish tajribalarini o‘tagan. Avtraliyalik 
oborogenlar donli o‘simliklarni o‘rib olib, boshoqlarini yerga ko‘mib, 
qayta hosil olish sirlari bilan tanish bo‘lganlar. Amerikalik hindlar 
yovvoyi sholi donlaridan foydalanuvchilarni «hosil yig‘uvchi xalqlar» 
deb atagan. Odamzodning bunday harakatlari oziq-ovqatni nafaqat 
topish, balki g‘amlash tajribalariga o‘rgatib, dehqonchilik xo‘jaligining 
tashkil topishiga yaqinlasha boradi. Shu asnoda o‘troq turmush tarzi 
shakllana boradi. 
Arxeologik 
ma’lumotlarning 
guvohlik 
berishicha, 
ayrim 
viloyatlarda yashagan mezolit davri qabilalari terim-termachilik bilan bir 
qatorda donli o‘simliklardan ham foydalanganligini ko‘rsatmoqda. 
Falastin va Iordaniya mamlakatlariga keng tarqalgan natufiya 
madaniyati vakillari oddiy o‘troq dehqonchilik bilan tanish bo‘lganligini 
ko‘rsatmoqda. Natufiyaliklar va boshqa mezolit davri aholisi qadama 
tosh o‘roqlardan foydalanganlar. Bunday o‘roqlar suyak dastaga ega 
bo‘lib, mikrolit tig‘lar bilan jihozlangan. Manzilgohlardan oddiy 
yorg‘uchoq, keli va uning dastalari topilgan. Bu kabi asbob jihozlar 


15 
bilan donni maydalashgan. Bu yodgorliklarning yoshi mil. avv. 11-9 
ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Shunday yodgorliklardan Falastinning 
Vadi –an-Natuf makonidan, Old Osiyoga tegishli Iroq hududidagi 
Shanidar, Zavm-chemk g‘orlarining madaniy qatlamlaridan topilgan 
manbalar ilk dehqonchilikning ko‘rinishidan guvohlik beradi. Aksariyat 
olimlarning fikricha, dastlabki dehqonchilikning kashfiyotchisi xotinlar 
bo‘lgan. Ma’lumki, terim-termachilik bilan ham o‘z vaqtida asosan 
ayollar shug‘ullangan. Dastlabki dehqonchilik ham uzoq vaqtlar 
ayollarning ishi bo‘lib kelgan. 
Dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi bo‘yicha ikkita 
dunyoqarash 
mavjud 
– monosentrist, polisentristik qarashlar. 
Monosentristlar fikricha, dastlabki dehqonchilikning ilk o‘chog‘i Old 
Osiyo bo‘lib, keyinchalik, asta-sekin bu xo‘jalik tutimi Shimoliy-
Sharqiy Afrikaga, Janubiy-Sharqiy Ovropaga, O‘rta, Janubiy-Sharqiy va 
Janubiy Osiyo, Okeaniya va Markaziy hamda Janubiy Amerikaga 
tarqalgan. Biroq paleobotanik va arxeologik manbalarga qaraganda, 
N.N.Vavilovning 
polisentrik 
ta’limotini 
ko‘pchilik 
olimlar 
ma’qullashmoqdalar. N.N.Vavilovning ta’limotiga qaraganda, ibtidoiy 
dehqonchilik turli subtropik o‘lkalarda mustaqil ravishda vujudga 
kelgan. Shunday o‘lkalarga Old Osiyo, Xuanxe havzasi, Uzoq Sharq, 
Janubiy-Sharqiy Osiyoni kiritish mumkin. Old Osiyoda mil. avv. 7 ming 
yillikda arpa va yakka don boshoqli bug‘doy madaniylashtirilgan. 
Xuanxe havzasi va Uzoq Sharq viloyatlarida mil. avv. 4 ming yillikda 
tariq, mil. avv. 5 ming yillikda qulupnay, mil. avv. 5-4 ming yillikda 
Mesoamerikada fasol, qalampir, mosh, mil. avv. 6 ming yillikda Peruda 
fasol, mil. avv. 5-4 ming yillikda oshqovoq, qalampir, mayiz, kartoshka 
va boshqalar madaniylashtirilgan. 
Taxminan, shu vaqtga kelib dastlabki chorvachilik tashkil topadi. 
Biz yuqori satrlarda so‘nggi paleolit va mezolit davrlarida hayvonlarni 
xonakilashtirishning ilk bosqichi xususida fikr yuritib, dastlabki vaqtda 
xonakilashtirilgan hayvonlardan biri it ekanligi haqida to‘xtalgan edik. 
Balki boshqa hayvonlarni xonakilashtirishda ovchi qabilalarning doimiy 
ravishda bir joydan boshqasiga ko‘chib yurish xalaqit bergan bo‘lishi 
mumkin. O‘troqlashishning boshlanishi bilan bu «g‘ov»ga o‘rin 
qolmadi. Arxeologik materiallarga ko‘ra, ilk neolit davrida cho‘chqa, 
qo‘y, echki, ehtimol, yirik shoxli hayvonlar ham xonakilashtirila 
boshlangan. Bu kabi jarayon qanday kechganligi amaliyotini andaman 


16 
qabilalarida kuzatish mumkin. Andamanlar ov tufayli qo‘lga tushgan 
cho‘chqa bolalarini o‘ldirishmagan. Ularni ovqatlantirib, maxsus 
quralarda boqishgan. Ov ularda erkaklar ishi bo‘lgan. Shuning uchun 
ham chorvachilik genetik jihatdan asosan erkaklar bajaradigan xo‘jalik 
turi bo‘lgan. 
Chorvachilikning kelib chiqishi haqida ham ikki nuqtai nazar hukm 
suradi. Birinchisi – monosentristlar, ikkinchisi – polisentristlar. 
Birinchilik tarafdorlarining fikricha, bu yangilik, avvalo, Old Osiyoda 
sodir bo‘lgan bo‘lib, paleontologik va arxeologik ma’lumotlarga 
qaraganda, bu viloyatlarda dastlab yirik shoxli hayvonlar: cho‘chqa, 
qulon va ehtimol bir o‘rkachli tuya ham xonakilashtirilgan. Ikkinchi 
ta’limot tarafdorlari fikricha, dastlabki chorvachilik ibtidoiy 
odamlarning turli guruhlari orasida Old Osiyo o‘chog‘idan farqli 
o‘laroq, avvalo, ikki o‘rkachli tuyaning xonakilashtirilishi O‘rta Osiyo 
bilan bog‘liq va bug‘u Sibir, ot Ovropa dashtlarida xonakilashtirilgan. 
Ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish bir vaqtda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, 
ammo oddiy dehqonchilik biroz avvalroq vujudga kelgan. Bu masala 
tushunarli. Chunki hayvonlarni xonakilashtirish uchun, avvalo, boy baza 
talab qilinardi. Bug‘uchilik Janubiy Sibir o‘lkalarida keng tarqalgan. 
Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatdagi tayor oziq-
ovqatga loyiq narsalarni o‘zlashtirishdan ishlab chiqarish, shuningdek, 
qayta ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish jarayonini yuzaga keltiradi. 
Umuman qaralganda, dehqonchilik va chorvachilikning kashf qilinishi 
ma’lum darajada tabiiy muhit bilan bog‘liq bo‘lib, bu sohalarning 
rivojlanishi insoniyat tarixida ilk sivilizatsiyalarning shakllanishiga 
zamin yaratdi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin