Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov


-Mavzu: Ilk sivilizatsiyalar shakllanishigacha bo‘lgan tarixiy



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
1-Mavzu: Ilk sivilizatsiyalar shakllanishigacha bo‘lgan tarixiy 
davr xususiyatlari 
Reja: 
1.1.
 
Yer yuzining odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi. 
1.2.
 
Ishlab 
chiqarish xo‘jaligining paydo bo‘lishi ilk
sivilizatsiyalarning vujudga kelish ildizlari.
1.3.
 
« Neolit inqilobi » va unga doir ilmiy qarashlar. 
 
Tayanch iboralar: 
Odamning kelib chiqishi, Sharqiy Afrika,
 
avstolopitiklar, pliotsen, Lasko va Peshmorel g‘orlari, so‘ngi paleolit, 
kramonon, o‘q-yoy, neolit inqilobi, ishlab chiqruvch xo‘jalik, Old Osiyo, 
Xuanxe havzasi, Uzoq Sharq, Janubiy-Sharqiy Osiyo, ilk dehqonchilik.
 
 
1.1.
 
Yer yuzining odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi
Hozirig 
vaqtda 
odamning 
kelib 
chiqishi 
va 
uning 
paleogeografiyasini talqin qilishda olimlar orasida bir necha qarashlar 
mavjud. Masalan, bir guruh olimlar Himolay tog‘i janubiy sarhadlari 
bilan bog‘liq Sivalk tepaliklari ostidan topilgan pliotsen davri 
maymunsifat primatlar haqida so‘z yuritib, ular tik yurish qobiliyatiga 
ega bo‘lgan va ikki qo‘li yer tayanib yurishdan bo‘shab, tirikchilik 
o‘tkazish uchun mehnat qilish imkoniyati bo‘lgan, degan fikrlarni 
bildirdilar va bu primatlar odamning eng qadmgi o‘tmishdoshi bo‘lishi 
mumkin, degan fikrlarni ilgari surmoqda. Demak, bu jonzotlar mehnat 
qilishga tayor bo‘lgan jonzotlar edilar, deyishmoqda. 
Afrika hududida topilgan avstrolopitiklar haqida ham fanda qator 
tortishuvlar bor. Fan sohasida qilingan ko‘pchilik xulosalariga 
qaraganda, avstrolopitiklarning eng qadimgisi 4-5 million yillar bilan 
belgilanishi mumkin deyilmoqda. 
Odamzodning dastlabki paydo bo‘lgan paleogeografiyasi haqida 
gaprilganda shuni aytish kerakki, Himolay tog‘ining janubiy 
sarhadlaridagi Sivalk tepaliklari ostidan topilgan pleystotsen davri 
primatlari bo‘lib, ular tik yurishga moslashgan va yer tirab yurgan ikki 
qo‘li mehnat qilishga imkon bergan degan fikrlar ham bor. Afrikada 
topilgan eng qadimgi avstrolopiteklar haqida ham fanda tortishuvlar 
bo‘lsa-da, ammo ularning paleografik yoshini 4-5 million yil deyin 
mumkin. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tufayli Indoneziyada 



topilgan pitekantroplarning geologik yotqiziqlari, avval biz o‘ylaganday 
emas, balki yana 2 million yil qadimiyroq bo‘lib chiqdi. 
Odamzodning 
paydo 
bo‘lish 
tarixini 
belgilashda 
avstrolopiteklarning dastlabki paydo bo‘lgan hududini aniqlashdan 
iborat. Agarda avstrolopiteklarni odamning kelib chiqishi bilan 
bog‘lansa, unda odamzod tarixi 4-5 million yilga borib taqaladi, agarda 
avstrolopiteklar gominid, ya`ni odamga taalluqli deb tan olinsa, unda 
pitekantroplar tarixi 2-2,5 mln yil bilan o‘lchanishi mumkin. Ya`ni, 
pitekantroplarning eng qadimgi topilmasi yoshi 2-2,5 mln yil deb 
hisoblash mumkin va odamzod tarixi ham shu yosh bilan belgilanadi. 
Masalan, uquvli odam (xoma xabilis) haqidagi shov-shuvlar ko‘pchilik 
olimlar 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanmadi. 
Bu 
topilmalar 
avstrolopiteklarga doir deb topildi. Biroq xoma xabilis bilan bir 
gorizontda birga topilgan mehnat faoliyati izlari, mehnat qurollari 
hamda avstrolopitek suyak qoldiqlari va tuzilishining yirikligi, miya 
hajmining odamsimon maymunlardan kattaligi hisobga olinsa, ularni 
gominid tarkibidagi avstrolopiteklar deb aytish mumkin va bu 
topilmalarni 4-5 mln yil bilan hisob qilish mumkin. 
Ko‘p yillar tortishuvlar natijasida butun gominidlar oilasini 3 (uch) 
tipga bo‘lish mumkin bo‘ldi: avstrolopitek odam, tik yuruvchi odam 
(avvalgi gominidlar pitekantrop va sinantroplar) va hozirgi zamon 
jismoniy tip odamlari (keyinchalik gominid neandertallar va so‘nggi 
paleolit odamlari). Bu sxema ko‘pchilik paleoantropologik asarlarda 
keng tarqaldi. Ammo bularning morfologik xilma-xilligini inobatga 
olgan holda, pitekantroplarni ham bir necha tiplarga ajratish mumkin va 
keyinchalik ularning bir yo‘naishdan neandertallar va hozirgi zamon 
odamlari paydo bo‘lganligi haqida gap boradi. 
Paleantropologik materiallarning doimiy ravishda oshib borishi 
eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi bir necha lokal joylarda paydo 
bo‘lganligidan guvohlik bermoqda. Ularning ayrimlari evolyutsion rivoj 
topmasdan to‘pikka kirib qolgan va ular keyingi taraqqiyot odamlarining 
rivojiga hissa progressiv qo‘shmagan. Shu ma`noda odamzodning 
dastlabki paydo bo‘lishi ko‘p qirrali bo‘lib, uning, rivoj topmay qolgan 
variantlari ham bo‘lgan. Taraqqiy etmay, evolyutsion ravishda 
rivojlanmay qolgan gominidlar hayotiga tabiiy iqlim, tabiiy resurs, 
jo‘g‘rofik joylashish kabi olimlarning ham ta`siri kuchli bo‘lgan. 



Yuqoridagi har xil tezislardan kelib chiqib shuni alohida qayd etish 
lozimki, odamning dastlabki paydo bo‘lishi va uning dastlabki o‘sib 
chiqqan vatani haqida qanchalik gapirmaylik, odamzod tarixi Afrikaning 
Oldavoyidan boshlanadi va uning dastlabki yoshi 2-2,5 mln yil bilan 
o‘lchanadi. Hozir ko‘pchilik olimlar ana shunday monotsentristik 
ta`limot bilan qurollangan. Odamzod jamoasi tarixiy taraqqiyotda ishlab 
chiqarish kuch va uning hukmdori sifatida namoyon bo‘ladi. 
Odamzodning Yer kurrasi bo‘ylab tarqalishi va galma-gal 
qit`alarni o‘zlashtirish masalasi ham hamon to‘la yechilmagan. Bu 
masalaga oydinlik kiritishda ilk paleolit davri makonlarining o‘rganilishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, baland 
tog‘li muzofotlar ilk paleolit davrida o‘zlashtirilmagan. Fanda hozirgi 
vaqtda ma`lum avstrolopitek va pitekantroplar topilmalari faqat tog‘ 
etaklarida, dengiz sathi bilan teng balandliklarda joylashgan. O‘rta 
paleolitr davriga kelib odamzod soni oshib, tog‘larning yuqori qismi
dengiz sathidan 2000 metr balandliklar o‘zlashtiriladi degan qarashlar 
mavjud. Shuningdek, qalin o‘rmonzorlar va tropik sahrolar ham ancha 
keyin, mehnat qurollarining takomillasha borishi natijasida odamzod 
tomonidan ishg‘ol qilina boshlanadi. Masalan, subtropik sahro bilan 
bog‘liq juda katta Gobi kengligida birorta ham ilk paleolit makoni yoki 
izlari kuzatilmagan. Shunday ekan, ovchilik hamda obihayotga tanqis 
joylar juda qadimda o‘zlashtirilmagan. Shunday qilib, odamzodning 
paleolit davrida Yer yuzini o‘zlashtirishi umumhodisa tarzida 
bo‘lmasdan, balki aylana harakat tarzida yuz bergan. 
Odamzod dastlab ilk paleolit davrida polasalar – hududlar orqali 
o‘zlashtira borib, o‘rmonli tropik joylardan va yuqori baland tog‘lardan 
aylanib o‘tgan. Shunday aylanib o‘tish suvsiz va ovchilik hamda 
termachilik mahsulotlari kamyob joylarni ham aylanib o‘tib, ekologik 
ma`qul burchaklarni ishg‘ol qila borganlar. O‘rta paleolit davriga kelib, 
mehnat qurollarning muayan darajada rivoji, hayotiy tajribalarning 
tobora orta borishi tufayli odamzod tog‘li hududlarni va tropik 
o‘rmonzorlarni ham o‘zlashtira borib, natijada o‘rta paleolit madaniyati 
butun Afrika va Yevrosiyo bo‘ylab o‘zlashtiriladi. Balki faqat shimoliy 
qutb o‘zlashtirilmagan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, Amerika 
qit`asi o‘rta paleolit davrida neandertallar bilan o‘zlashtirilgan, demak, 
Osiyo va Amerika Arktakasi esa bundan ham ancha, bir necha o‘n ming 


10 
yillar avval o‘zlashtirilgan. Bu nazariy ta`limot hozircha o‘z tasdig‘ini 
topganicha yo‘q. 
So‘nggi paleolit davri odamzod uchun muhim o‘zgarishlar davri 
bo‘ldi, mehnat qurollari takomillashdi, odamlar urug‘chilik jamoalariga 
birlashib, onalar xo‘jalik, turmush hayotda muhim o‘rin egalladilar
yangi qit`alar – Amerika va Avstraliya qita’lari o‘zlashtiriladi. Olingan 
radiouglerod tahlillari Amerika va Avstraliya qit`alarining so‘nggi 
paleolit oxirlarida o‘zlashtirilganligidan guvohlik bermoqda. Odamzod 
eng sovuq hududlar bo‘lgan shimoliy qutblarni ham shu davrda 
o‘zlashtirgan. Shunday qilib, so‘nggi paleolit davrida Yer yuzining 
odamzod yashashi mumkin bo‘lgan mintaqalari, ayrim dastlardan 
tashqari, 
o‘zlashtirilib bo‘lgan. Mehnat qurollarining doimiy 
takomillashuvi oqibatida tosh asrining davomli kelgusi bosqichlarida 
odamzod keng tarqala boshlaydi. Yer yuzining har bir jo‘g‘rofik jihatdan 
joylashish tabiatiga nisbatan odamzod qiyofasi va tusi adabtatsiyalashib 
borilgan va lokal – mahalliy xususiyatga ega bo‘lib borilgan. Bu 
mahalliy – lokal xususiyatlar o‘rta paleolit davridan boshlab aniq 
namoyon bo‘lib boradi. 
Odamzod sonining dastlabki holati – ayrim olimlarning fikriga 
qaraganda, ilk paleolit davrida odamzod soni 125 mingdan oshmagan. 
Bu Amerika demograf olimi E.Divi fikri. 23-24 kv. km. 1 odam to‘g‘ri 
keladi. Yevrosiyo hududida 1 kv km hududga 1 kishi to‘g‘ri kelgan. 
E.Divining fikricha, 2,5 kv km maydonga bundan 25-10 ming yillar 
ilgari 1 kishi to‘g‘ri kelgan va asta-sekin ko‘payib borib, so‘nggi paleolit 
davrida 3,3 va 5,3 ml odam yashagan. 
Arxeolog V.E.Larichevning fikricha, paleolit davrida odamzod 
muhim ma`naviy yutuqlarga erishgan. Masalan, ovchilik va terma-
terimchilik hayot uchun ham ma`lum ma`noda odamlar kundalik 
astronomik kundaliklardan foydalanib, hayot va sivilizatsiya sari intilib 
yashaganlar. Bundan tashqari, so‘nggi paleolit davriga oid san`at 
namunalarini Frantsiyadagi Lasko va Peshmorel g‘orlari devoriga 
solingan zubr, mamont, ot, Nio qoyatoshidagi bizon suratlari va so‘nggi 
paleolit davriga doir makonlardan topilgan san`at ashyolari – 
taqinchoqlar hamda ayol haykalchalari kabilar insonning sivilizatsiyaga 
intilishini korsatadi. Xullas, neolit davriga kelib, Yer yuzasi odamzod 
tomonidan to‘la ishg‘ol qilinadi. 


11 
Shunday qilib, amalda tarixiy davr avstrolopiteklarning turli 
joylarda paydo bo‘lishdan boshlanib, sivilizatsiya sari evolyutsion 
holatda rivojlanishda bo‘lib, sivilizatsiya amalda dehqonchilik 
xo‘jaligiga o‘tish, chorvachilikning vujudga kelishi, shaharlarning paydo 
bo‘lishi, hunarmandchilik ishlab chiqarish bilan bog‘liq shaharsozlik, 
siyosiy hokimiyatning bir joyga to‘planishi, yozuvning paydo bo‘lishi 
kabi omillar sivilizatsiya sari intilib yashash bilan bog‘liq bir necha 
million yillarni o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin