T.r
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
Topshiriqlar
|
Bajarish muddati
|
Soat
|
I semestr
|
1.
|
“Davlat tilida ish yuritish“ fanining maqsad va vazifalari. “Davlat tili haqida”gi qonun va uning ijrosi: muammo va yechimlar.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
1-hafta
|
2
|
2.
|
O‘zbek adabiy tili me’yorlari. Nutqning uslubiy shakllari. Matn turlari va tarkibi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish, topshiriqlarni bajarish.
|
2-hafta
|
2
|
3.
|
Hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixi. Ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan talablar
|
Adabiyotlardan konspekt qilish, topshiriqlarni bajarish.
|
3-hafta
|
2
|
4.
|
O‘zbekiston Respublikasida hujjatchilikning takomillashuvi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
3-hafta
|
2
|
5.
|
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari. Ish yuritish tili va uslubi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
4-hafta
|
2
|
6.
|
Tashkiliy hujjatlar va ularni rasmiylashtirish.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
4-hafta
|
2
|
7.
|
Xizmat yozishmalari bilan rasmiylashtirish.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
5-hafta
|
2
|
8.
|
Farmoyish hujjatlari va ularning turlari.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
5-hafta
|
2
|
9.
|
Ma’lumot-axborot hujjatlari.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
6-hafta
|
2
|
10.
|
Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
6-hafta
|
2
|
11.
|
“Davlat tilida ish yuritish” fanini o‘qitish metodikasi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
7-hafta
|
2
|
12.
|
“Davlat tilida ish yuritish” fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.
|
7-hafta
|
2
|
Jami:
|
24
|
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
“Davlat tilida ish yuritish” fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutilgan. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida BBB, “Qanday”, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar musobaqalari, Venn diagrammasi, klaster usuli, baliq skeleti, “Nima uchun” chizmalari va boshqalardan foydalaniladi.
“Davlat tilida ish yuritish” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 24-iyuldagi 571-son “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga Qarori (1- band 9- xatboshi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018- yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida ishlab chiqilgan va Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashining 2019-yil 29-apreldagi 10-son yig‘ilishida tasdiqlangan.
1. Mazkur tartib 2018-2019-o‘quv yilida, shuningdek, keyingi o‘quv yillarida Samarqand davlat universitetiga o‘qishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qo‘llaniladi.
2. Talabalar universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan birinchi mashg‘ulotda mazkur tartib talablari bilan tanishtirilishi shart.
3. Samarqand davlat universitetida fanlardan sinovlar talabaning ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishiga, davomatiga, shuningdek, uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligiga fan o‘qituvchisi tomonidan qo‘yilgan ballarni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.
4. Fan o‘qituvchisi tomonidan baholanmagan talabalarga sinov kafedra mudiri tasdiqlagan komissiya ishtirokida semestr yakunida (oxirgi o‘quv mashg‘uloti davomida) yozma, og‘zaki yoki amaliy nazorat o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga tegishli fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchilar jalb qilinishi lozim.
5. Sinovda talabalar bilimini baholash o‘tdi/o‘tmadi tizimida amalga oshiriladi.
6. 4-bandda keltirilgan holatda talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) modiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – sinovdan utdi;
- talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – sinovdan o‘tmadi.
Sinovdan o‘tmagan talabalar qarzdor hisoblanadi va ularga stipendiya tayinlanmaydi.
6. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra sinovdan baholanmagan taqdirda ushbu talabaga sinovni qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
7. Bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari buyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha sinov imtihonlarini yangi o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo‘yicha o‘zlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular universitet rektorining buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
8. Talabaga sinovni qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Talaba sinovni birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta sinov imtihonini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida sinovni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan universitet rektorini xabardor qiladi va ushbu talaba rektor buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.
10. Sinov natijalari tegishli fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan ichki qaydnomaga va talabaning reyting daftarchasiga fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000.
2. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.
4. To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.
II. Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-fevraldagi farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori. – “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil, 21-aprel.
5. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: O‘qituvchi, 2003.
6. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. –T.: 2006. Internetdagi manzili: www.samdu.uz/files/web/index.htm
7. Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand, SamDU nashri, 2007.
8. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Tuzuvchilar – Hojiyev A., Rahmatullayev Sh. – Т.: O‘qituvchi, 1996, 6-27-betlar.
Internet saytlari
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
Dostları ilə paylaş: |