Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   169
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 
1. Робинсон Дж. Экономическая теория несовершенной конкуренции. М., 
1986. 
2. Чемберлин 
Е.Х. 
Теория 
монополистической 
конкуренции. 
Реориентация теории стоимости. М., 1959. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


151 
XVIII-BOB. JAMIYAT RAVNAQI NAZARIYASI 
 
18.1. V. Pareto «optimum kontseptsiyasi» rivojlanishi 
Jamiyat ravnaqi nazariyasi zamonaviy iqtisodiyot fanining bir qismi bo`lib, 
butun jamiyat miqiyosida kam uchraydigan resurslar samarali taqsimlanishi nuqtai 
nazaridan iqtisodiyot turli holatlari optimalligini baholash bilan Shug`ullanadi. 
Mazkur nazariya boshqa marjinalistik yo`nalish nazariyalaridan bir qator farqlarga 
ega, birinchidan baholash omillarini qo`llaydi, xususan, jamiyat uchun resurslar 
taqsimlanishi qanday varianti samarali ekanligi masalasini qo`yadi. Shu munosabat 
bilan, jamiyat ravnaqi nazariyasini ko`pincha iqtisodiyot nazariyasining normativ 
qismi deb ham atashadi. I.M. D. Litl bilan bir qatorda, ko`pchilik iqtisodchilar 
fikricha, ravnaq tushunchasining o`zi, mazkur nazariyalarda etik yo`nalishga 
egadir, zero, ravnaq tarkibiga kiruvchi predmetlar belgilanish omillari yaxshi va 
yomon tovarlarga bo`linishni eslatadi. Ikkinchidan, mazkur nazariya doirasida, 
jamiyat ravnaqi haqida mustaqil tushuncha sifatidagi masala qo`yilib, u individual 
ravnaq doirasida chiqarilmaydi. Bundan tashqari, individual va jamiyat foydasi 
tushunchalari masalasi ham bir - biriga qarama – qarshidir. 
Kal`dor – Xiks kompensatsion omillari. V. Pareto tomonidan yaratilib, 
siyosiy iqtisodiyot darsligida talqin etilgan ravnaq nazariyasi (1906) qator 
masalalarni ko`ndalang qo`ygan. Uning tomonidan turli bozor holatlarini baholash 
omillari ilgari surilib, unga muvofiq «A» holatdan, «V» holat yaxshiroq ekanligi, 
va buning uchun «A» holatidan, «V» holatiga o`tish davomida bozor 
ishtirokchilarining 
birining 
holati 
yaxshilanib, 
boshqasining 
holati 
yomonlashmasligi lozim edi. (7-rasm). 
V. Pareto tomonidan taklif etilgan omil iqtisodchilarda iqtisodiyot turli holatlarini 
taqqoslash qay tarzda amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi savollarni keltirib 
chiqardi, zero ularning taqqoslanishida, biz bozor ishtirokchilaridan birining holati 
yaxshilanishi, boshqasining holati yomonlashishi oqibatida yuz berishini bilamiz. 
Mazkur masala echimini Dj. Xiks va ingliz iqtisodchisi, vengr millatiga mansub 
Nikolas Kaldor ilgari surgan (1908-1986). 1939 yilda «Economic journal» 
jurnalida nashr qilingan maqolada, ular tomonidan keyinchalik Kaldor Xiks omili 
deb atalgan kompensatsion omil ishlab chiqarilgan edi. Mazkur omilga muvofiq 
«B» iqtisodiyoti holati, «A» holatiga nisbatan yaxshiroq bo`lishi, bozor 
ishtirokchilaridan biri tomonidan «A» holatdan «V» holatga o`tish jarayonida 
olingan daromadi, bozorning qolgan ishtirokchilari tomonidan ko`rilgan zarar 
miqdoridan oshgandagina yaxshi bo`lishi mumkin. Bunda, mazkur farq hisobiga 
ko`rilgan zarar kompensatsiya qilinishi mumkin bo`ladi. 


152 
Mazkur omilning grafik interpretatsiyasiga qaraydigan bo`lsak, u quyidagi 
ko`rinishga ega (18.1.1-rasm) 
«A» holatidan «V» holatiga o`tishda, X individi daromad ko`radi (Xv>Xa) Y 
individi esa zarar ko`radi (Ybva Y individlari orasidagi resurslar taqsimlanishi grafigini tuzishni taklif etib, bu 
grafik faqatgina iqtisodiyot darajasi tengligi «B» nuqtasida erishilgandagina 
imkoni bo`ladi. Rasmda mazkur grafik, bbB` chizig`iga muvofiqdir. Agarda «A» 
nuqtasi mazkur grafikdan pastga tushib qoladigan bo`lsa, «B» nuqtasiga o`tish, 
ravnaq umumiy darajasi yaxshilanishi bilan bog`lash mumkin bo`ladi, zero, 
mazkur nuqtada erishilgan iqtisodiyot holatida taqsimlanish amalga oshirilish 
mumkin bo`lib (B holatidan B` holatiga o`tish), buning oqibatida har - bir individ 
holati yaxshilanadi (Yb`>Ya; Ab`>Xa). 





P` 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin