169
tashlana boshladi,
zero bu maktab, AQSH hukumat siyosatini belgilab berib, bu
jarayon 1970-yillardan oldin Garri Trumen boshqaruvi davrida boshlandi (1884-
1972, 1945-1953 yillar davomida AQSH prezidenti). Yangi siyosatning asosi,
iqtisodiyotga to`liq bandlikni davlat nazorati choralari bilan ta`minlash bo`ldi.
1946 yilda, Amerika Qo`shma SHtatlarida bandlik
haqida qonun qabul qilinib,
undan so`ng, davlat o`z zimmasiga ishsizlikning past darajasini saqlab turish
majburiyatini oldi.
Shunga o`xshash siyosat qator mamlakatlarda ham amalga oshirila
boshlandi.
Xususan Kanada, Buyuk Britaniya, Gollandiya va Avstraliya kabi
mamlakatlarda. Shuningdek iqtisodiyotning ba`zi sektorlari milliylashtirilishi ham
amalga oshirila boshlandi (masalan energetika va transport),
aholining kam
ta`minlangan qismini ijtimoiy qo`llab - quvvatlash tizimi rivojlana boshladi
(nafaqalar, ko`p bolalshi oilalar uchun nafaqalar, subsidiyalashtirilgan
tibbiy
xizmat). Davlat zimmasiga, inqiroz holatlarini oldini olish maqsadida nazoratni
amalga oshirish majburiyatini yukladi.
Shved modeli. Urushdan so`nggi davrlardagi
keynschilikka muqobil
bo`lgan ko`plab iqtisodiy siyosat yo`nalishlarida davlat dasturlarini amalga
oshirishga kirishildi. Masalan, umumiy davlat ravnaqi skandinav kontseptsiyasi
stokgol`m
maktabi nazariyasiga, xususan o`z xulosalari bo`yicha keynschilikka
yaqin bo`lgan K. Viksel`, E. Lindal`, Gunnar Myurdal` (1898-1987), Bertil` Ullin
(1899-1979), Erik Lundberg (1897-1987) xulosalariga tayanar edilar. Mazkur
maktab,
iqtisodiy
tizim
nomutanosibligidan
kelib
chiqib,
iqtisodiyot
makroiqtisodiy nazorati usullarini ko`zda tutar edi (asosan kredit - pul usullarini).
Shu
bilan birgalikda, u davlat byudjetining har yili balanslashtirilishi majburiy
emasligi haqidagi tezisni, hamda davlatning o`z fuqarolariga mo„ayyan darajadagi
ravnaqni ta`minlab berishi, xususan ijtimoiy siyosat hisobiga amalga oshirishi
majburiyati haqidagi tezisni ilgari surishgan.
Dostları ilə paylaş: