Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   169
21.1.1-jadval 
Sikl nomlanishi 
Davomiyligi 
To`lqinlanish sabablari 
Kichik tsillar 
2-3 yil 
Aylanma 
kapital 
harakatlanishi 
Katta sikllar 
6-13 yil 
Asosiy kapital harakati 
Qurilish sikllari 
17-18 yil 
Qurilishda 
kapital 
harakatlanishi 
Asr 
davomida 
siklik 
to`lqinlanishlar 
50 yildan 100 yilgacha 
Ishlab chiqarishga Yangi 
texnologiyalarni 
tadbiq 
etish 
Buning natijasida sarmoyalar oqimi davom etib, haqiqatda ularning zarur 
darajasiga erishilgan bo`ladi. Muvofiq ravishda, mo„ayyan muddatda ishlab 
chiqarish o`sishi oshib tushadi. Bozorga kelib tushadigan mahsulot asta - sekinlik 
bilan talabni qondira boshlagach, undan oshadi. Natijada bozorning mahsulotga 
to`lishi, narxlar tushishi va sohadan kapitalning oqishi boshlanadi. 
Ammo, kapitalning oqishiga bozor kechroq e`tibor qaratadi, Chunki ishlab 
chiqarish darajasining real tushishi, yuksalish davrida yuzaga kelgan mahsulot 
zahiralari bilan yashiriladi. Natijada, kapital qisqarishi jarayoni ham me`yoridan 
ortiq bo`lib, mo„ayyan vaqtdan so`ng talab yana oshadi, va sikl qaytalanadi. Bozor 
kechikish mexanizmini A. Xansen «kechikish va ildamlash» mexanizmi deb 
ataydi. U mazkur tushunchani birinchi uch turdagi sikllar dinamikasini tushuntirish 
uchun ilgari suradi. 
A.Xansen yirik sikl modelini ham alohida ko`rib chiqgan. Mazkur modelda 
siklik to`lqinlanish boshlang`ich nuqtasi sifatida avtonom investitsiyalarning 
yuzaga kelishi deb biladi. Ularning avtonomligi Shundan iboratki, bozorning 
mavjud kon`yunkturasi bilan bog`liq bo`lmay tashqi omillar tomonidan keltirib 
chiqariladi: ilmiy - texnik taraqqiyot demografik portlash, Yangi konlar va bozorlar 
topilishi. Avtonom iqtisodiy sarmoyalar mexanizmini tushuntirar ekan, A. Xansen 
tahlilga keynschilikning matematik modellarini kiritadi. 
Iqtisodiyotning ma`lum sohalarida investitsiya hajmi oshishi, mazkur sohada 
daromadlar miqdori oshishiga olib keladi. Daromad o`sishi, mahsulot va 
xizmatlarga nisbatan talab samaradorligini oshishiga olib kelib, bu holat aynan 
iqtisodiyotning boshqa sohalarida daromadlar o`sishini keltirib chiqaradi. Natijada, 
bir sohaga kiritilgan investitsiyalar, mazkur sohada o`sgan daromad miqdoridan 
oshgan kattalik umumiy daromadi oshishini keltirib chiqaradi. Daromad 


180 
o`sishining kiritilgan investitsiyalarga bog`liqligini aks ettirish uchun, A. Xansen 
tomonidan mul`tiplikator modeli kiritilgan. 
Xansen nazariyasida, mul`tiplikator - bu bir birlikka nisbatan sarmoyalar 
o`sishida umumiy daromad kattaligi qanday bo`lishini belgilovchi koeffitsientdir. 
Uning tomonidan qo`llanilgan mul`tiplikator formulasi quyidagi ko`rinishga ega. 
M=∆Y/∆Ia 
Bunda DY- sarmoyalar o`zgarishi natijasida kelib chiqgan daromad 
o`zgarishidir; D1a esa avtonom sarmoyalar o`zgarishi bo`ladi. Ammo, daromadlar 
o`sishi, sarmoyalar hajmiga ham ta`sir o`tkazadi. Daromadning investitsiyalarga 
ta`sirining mazkur samarasi, ilk marotaba 1909 yilda frantsuz iqtisodchisi A. 
Aftal`on tomonidan tasvirlangan edi. Daromad o`sishidan investitsiya o`sishi 
bog`liqligini bildiruvchi koeffitsient, akselerator nomini olib, quyidagi ko`rinishga 
ega. 
A=∆Is/∆Y 
Bunda Is daromad o`sishi bilan keltirib chiqarilgan sarmoyalarning 
rag`batlantirilgan ko`rinishidir. 
Akselerator kattaligi iste`molga yo`naltirilgan Yangi daromad ulushi qanday 
bo`lishiga bog`liq bo`ladi, ya`ni bunda masala, mazkur daromad samarali talabning 
bir qismiga aylanishi yoki aylanmasligiga bog`liq. Keynschilik nazariyasiga ko`ra, 
mazkur ulush hajmi, iste`molga nisbatan maksimal tayanishdan kelib chiqadi.
Har ikkala mexanizm mul`tiplikator va akselerator birlashtirilishi, iqtisodiy 
o`sishning o`ta kumulyativ jarayonini keltirib chiqaradi. Sxematik jihatdan bu 
jarayon sodda ko`rinishga ega. 
Ia avtonom sarmoyalari mul`tiplikator ta`siri vorsitasida Y umumiy daromadi 
o`sishini keltirib chiqaradi; Y o`sishi esa, o`z navbatida akselerator ta`siri orqali, Is 
rag`bat o`zgarishlarini keltirib chiqaradi; Is o`zgarish mexanizmini harakatga 
tushirib, buning natijasida Y keyingi o`sishi uchun sharoit yaratiladi. Taklif etilgan 
akselerator - mul`tiplikator mexanizmi siklning oshiruvchan to`lqini qanday 
yuzaga kelishini tasvirlaydi. R.Xarrotdan farqli o`laroq, A. Xansen, kumulyativ 
jarayon tugatilish sabablarini tadqiq etgan. Bunda u bir - necha sababni ilgari 
suradi. Birinchidan - avtonom investitsiyalar impul`sini tugashi. Ma`lumki, mazkur 
impul`s, cheksiz emas.sarmoyalar effektivligi, demakki mul`tiplikator kattaligi 
ham pasayish xususiyatiga ega, zero sarmoyalar kapital kiritmalari o`sishidan 
o`zga narsa emas, buning oqibatida kapital kiritmalari o`sishi natijasida, maksimal 
effektivlik darajasi tushib boradi. 
Kumulyativ jarayonning ikkinchi sababi, yuksalish davrida foiz normalari 
o`sishi bo`lib, buning oqibatida sarmoya tovarlarga bo`lgan narxlar oshadi. 
Natijada sarmoya vositalari qimmatlashadi, ular keltiradigan daromad esa, 
tushadi.uchinchi sabab Dj. M. Keyns asosiy psixologik qonuniyatini ta`siri bo`lib, 


181 
uning natijasida umumiy daromad o`sgani sayin iste`molchilik darajasi tushib 
boradi. Natijada, talab samarasi pasayadi. Demak akselerator kattaligi ham 
qisqaradi, zero u iste`molchilikka maksimal moyillikka to`g`ridan - to`g`ri 
proportsional bo`ladi. 
Mazkur uch sabablar ta`siri natijasida, iqtisodiy o`sish asta - sekinlik bilan 
pasayadi. Avtonom sarmoyalar tugagach, daromad o`sishi to`xtaydi, bu holat esa 
umumiy daromad pasayishiga olib keladi, zero mazkur soha bilan bog`liq bo`lgan 
boshqa sohalar tovarlariga nisbatan talab chiqaradi. Umumiy daromad pasayishi, 
akselerator – mul`tiplikator mexanizmini teskari yo`nalishda harakatlanish 
mexanizmini yotadi. Iqtisodiyot pasayish bosqichiga o`tadi. Mazkur harakat, 
Yangi avtonom investitsiyalar uchun kuchlar yig`ilmagunga qadar davom etadi. 
Bundan tashqari qulash davrida iste`molchilikka nisbatan moyillik oshadi, va foiz 
normasi tushib boradi. Bu esa, investitsion soha uchun qulay sharoitlar yaratadi. 
Antisiklik nazorat choralari. A.Xansen alohida e`tiborni iqtisodiyotning 
antisiklik nazorat etish choralariga ham qaratgan. Mazkur choralarni u uch qismga 
bo`ladi.
1. Kiritma stabilizatorlar ko`rinishidagi choralar, ya`ni bunday mexanizmlar 
bir marotaba kiritilib, kon`yunktura o`zgarishlarini avtomatik ravishda bartaraf 
etadi. Xususan Stabilizatorlarning mazkur turiga xususan progressiv daromad 
solig`i ham kiradi. Agar iqtisodiyot, ko`tarilish davrida bo`lsa, aholi daromadlari 
oshadi. Ammo, progressiv solig`i ta`siri sababli, iqtisodiyotdan soliq ko`rinishida 
olinadigan daromadlar ulushi ham muvofiq ravishda orshib boradi. Shunday qilib, 
davlat, alohida choralarni kiritmagan va qo`llamagan holda, samarali talab 
o`sishini cheklash va iqtisodiy o`sishini sekinlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Choralarning ikkinchi turi - avtomatik ravishda amal qiluvchi qarshi 
choralardir. Mazkur choralar, iqtisodiyot tomonidan mo„ayyan bosqichga 
erishilishi bilan kelishilmagan qo`shimcha kelishuvlarsiz qo`llanila boshlanadi. 
Ular kiritilishi lozim bo`lgan davrni aniqlash uchun, indikatorlar tizimi 
qo`llaniladi. Xususan, ishsizlikning mo„ayyan darajasi belgilanib, uning o`sishi, 
iqtisodiyotning depressiya bosqichi sifatida ko`rib chiqiladi, va muvofiq choralar 
ko`rish lozim deb hisoblanadi. Iqtisodiyot yuksalish holatiga kirishini aniqlash 
imkoniyatini beruvchi signal sifatida inflyatsiyaning mo„ayyan darajasi 
belgilanadi. Mazkur darajaning oshishi, iqtisodiy kon`yunktura pasaytirilishi uchun 
qarshi choralarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. 
A.Xansen tomonidan ko`rib chiqilgan avtomatik ravishda amal qiluvchi 
kontrchoralar asosan kredit - pul tavsifiga ega bo`ladi. Ularning sirasiga foiz 
normasi, soliq stavkalari, davlat obligatsiyalarini sotib olish va sotish, davlat ssuda 
va zayomlari miqdorlarini oshirish kiradi. Mazkur choralar ordinar choralar 


182 
sifatida ko`rib chiqilib, uchinchi turdagi choralardan farqli o`laroq, parlament bilan 
kelishishni talab qilmaydi. 
Choralarning uchinchi turi, boshqariluvchi dasturlardir. Bunda so`z iqtisodiy 
kon`yunkturaning byudjet nazorati haqida ketib, davlat xarajatlarini kamaytirish 
yoki oshirish orqali samarali talab darajasiga ta`sir etish ko`rinishida bo`ladi. 
Mazkur choralar, faqatgina o`ta zarur holatlarda qo`shimcha kelishuvlardan so`ng 
qabul qilinadi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin