194
tasodifiylik darajasi pasayishini aytib o`tishgan edi. o`z tarkibiga bir - necha ishlab
chiqarish zanjirini
olgan yirik korporatsiyalar, o`z faoliyatlarini qattiq nazorat va
rejalashtirishga tayantirib, butun tizimning mo``tadil ishlash vazifasini echishadi.
Bundan tashqari, yirik firmalar qo`lida yig`ilgan hukmronlik sababli, ular nafaqat
korporatsiya ichida kechayotgan jarayonlarni, balki tashqi jarayonlarni, Shu
jumladan narx siyosatini nazorat etish imkoniyatiga ega bo`lib, hattoki
iste`molchilarning ta`biga ta`sir etishni ham amalga oshirishadi. Buning natijasida,
ko`pchilik iqtisodiy aloqalar, bozor tavsifini yo`qotadi, demak tasodifiy jarayonlar
ta`siriga chidamli bo`lishadi.
Dj.Gelbreytning “industrial jamiyat” nazariyasi. 1960-1970-yillar davomida
amerika institutsionalizmi yirik namoyandasi Djon Kennet Gelbreytdir (1908 yilda
tug`ilgan). Ilmiy jamiyat e`tiborini o`zining «Amerika kapitalizmi» (1952),
«Buyuk inqiroz» (1955), «Jamiyat ravnaqi» (1958) va «Liberalizm davri» (1960)
nomli asarlarini 1950 yillar davomida nashr etilishi bilan tortdi. Ammo,
jahon
miqiyosidagi mashhurlikka u «Yangi industrial jamiyat» kitobini (1967 yilda)
nashr etilganidan keyin sazovor bo`ldi. Gelbreyt asarlarining asosiy mavzusi,
kapitalistik iqtisodiyotning urushdan so`nggi transformatsiyasi bo`ldi. «Zamonaviy
iqtisodiy hayotning ko`zga tashlanarli jihatlaridan biri Shuki, - deb yozgan edi u, -
unda sodir bo`layotgan o`zgarishlar baholanishi bilan bog`liq». Gelbreyt
kapitalistik iqtisodiyot transformatsiyasi bilan bog`liq g`oyalarini mo„ayyan
ma`noda ijodiy jihatdan qo`llab, bu holat Veblen davridan beri qayta ko`rilmagan
edi, zero Gelbreyt bu g`oyalarga o`ziga xos takliflarini kiritdi.
1960-yillarda institutsionalistik nazariyalarda paydo bo`lgan XX asr o`rtalari
ilmiy - texnik inqilob talqini, ikkinchi sanoat inqilobi sifatida ilgari surildi. XVIII
asr oxiri XIX asr birinchi yarmida sodir bo`lgan sanoat to`ntarilishi, feodalizmdan
kapitalizmga o`tish jarayonini tugatganligi haqida xulosa qilinib, endilikda 1950-
1960-yillar ilmiy - texnik inqilobi kapitalizmdan Yangi ijtimoiy - iqtisodiy
munosabatlarga ega industrial jamiyatga o`tish davri asosi sifaktida qabul qilindi.
Gelbreyt 1960-yillarda industrial jamiyat nazariyasini ilgari surgan birinchi olim
emas edi, ammo uning talqini barcha iqtisodchilar tan olingan talqinlar ichida
o`ziga xosdir. O`zining kitobida Gelbreyt, e`tiborni asosan yirik korporatsiyalarga
qaratadi. «Besh yuzta yirik korporatsiyalar ulushiga Amerika Qo`shma SHtatlarida
ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarning deyarli yarmi to`g`ri keladi», -
deb yozgan edi u. Iqtisodiyotning mazkur qismini Gelbreyt industrial tizim deb
atab, uni ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot lokomotivi deb hisoblaydi. «Iqtisodiyotning
aynan
Shu qismini biz, o`ylamay zamonaviy industrial jamiyatga o`xshatamiz.
Uning faoliyatini tushunish, xalq xo`jaligi faoliyatining doimo o`zgarib turuvchi,
demakki ko`proq jihatdan hayotimiz tavsifini o`zgartiruvchi sohani tushunish bilan
barobardir… iqtisodiyotning qolgan qismi qisqarishi sababli, ko`pchilik jihatdan
195
statikdir». Gelbreyt fikriga ko`ra, yirik korporatsiyalarda qanday o`zgarishlar sodir
bo`lmoqda? Birinchi navbatda bu, ikkinchi jahon urushidan so`ng menedjerlar
inqilobi nomini olgan jarayondir. «Oxirgi o`n yilliklar davomida, - deb yozgan edi
Gelbreyt, - zamonaviy yirik korporatsiyadagi hukmronlik kapital mulkdorlaridan
boshqaruvchilar qo`liga o`tmoqda.
Bu hodisani u, tabiiy deb bilib, ishlab
chiqarishni yetakchi omili umumiy nazariyasi yordamida asoslaydi. Demak uning
o`zgarishi jamiyatdagi hukmronlik tuzilmalari o`zgarishiga olib keladi»; «masalani
uzoq muddatli darajada ko`rib chiqadigan bo`lsak, hukmronlikning ishlab
chiqarish korxonasi doirasida radikal o`zgarishi yuz beradi. Buning oqibatida
jamiyat ishlab chiqarish omillari ostida o`zgaradi. Kapital hukmronlik pozitsiyalari
yaqin o`tmish holatidir; bir - necha yuz yil oldin biror - bir to`g`ri fikrlovchi inson
hukmronlik er bilan bog`liq ekanligiga Shubha qilmas edi». «O`tmish tajribasi,
hukmronlik manbai yana bir bor o`zgarganligini taxmin qilish uchun asos yaratadi,
endilikda o`zgarish kapitaldan tashkiliy bilimlarga nisbatan o`zgardi. Demak,
taxmin qilish mumkinki, bu holat jamiyatda hukmronlikning qayta taqsimlanishida
aks etadi». Menedjerlar nazariyasi inqilobiga Gelbreyt Yangi element kiritgan.
Uning fikricha korporatsiya haqidagi hukmronlik yuqori boshqaruvchilar tor
doirasiga emas, yirik va ko`p tarmoqli jamoalarga tegishlidir. «Iqtisodiyot fani
nuqtai - nazaridan zamonaviy texnika qo`llanilishi muhim oqibati Shundaki u
sohaning istalgan elementni tarkibiy qismlarga bo`lish vazifasini o`z
oldiga
qo`yadi» deb ta`kidlaydi. Shunday qilib yirik korporatsiyalarni normal ish yuritishi
uchun, tor doiradagi mutaxassislarning katta jamoasi talab etiladi. Ulardan hech
biri boshqalar bilan maslahatlashmagan holda, qaror qabul qila olmaydi «mazkur
guruh son jihatidan nihoyatda katta, u yuqori pog`onali korporatsiya
xizmatchilaridan turli darajadagi ishchilargacha etishi mumkin. Shu bilan
birgalikda, bu soha mutaxassislari maxsus bilimlarga egadir». Gelbreyt mazkur
mutaxassislar jamoasini “texnotuzilma” deb ataydi.
Keyingi davrlarda Gelbreyt, yirik yoki ko`p tarmoqli korporatsiya bilan
bog`liq insonlar faoliyati maqsadlari haqidagi masalani ham ko`targan.
Mazkur
masalani echilishi uchun u rag`batlantirish uchun motivlar umumiy nazariyasini
ilgari surdi. Mazkur nazariyaga muvofiq, insoniyat butun tarixida, to`rtta
rag`batlantirish asosiy motivini boshidan kechirgan: majburlar, daromad,
o`xshatish va moslashish. Oxirgi ikki alohida talqin etilishi lozim. O`xshatish
rag`bati ostida, inson mo„ayyan faoliyat bilan Shug`ullanar ekan, o`zi ishlab turgan
tashkilot, butun mamlakat yoki bajarayotgan ishi bilan tavsiflanadi. Moslashish
rag`bati ostida, inson o`z faoliyati ostida, o`zi ishlab turgan tashkilotni shaxsiy
maqsadlarga moslashtirishga harakat qiladi. Gelbreyt fikriga ko`ra u yoki bu motiv
ustunligi, inson temperamenti va egallab turgan lavozimi yuqoriligiga bog`liq.
Uning
nazariyasiga muvofiq, oxirgi ikki motiv aynan texnotuzilmaga xos
196
xususiyatdir. Bizning fikrimizcha, bunda mo„ayyan qarama - qarshilik mavjuddir,
zero Gelbreyt kitobining boshqa qismlarida uning ta`kidlashicha jamoatchilik qaror
qabul qilish jarayoni, deyarli barcha alohida shaxslar harakatlari umumiy
natijadir… texnotuzilma maxfiylikka yo`l qo`ymaydi, zero uning asosida mansab
jinoyatlari va suiste`mollar yuzaga keladi». Shu bilan birgalikda texnotuzilma
ulushiga faqatgina o`xshatish motivini qoldirish maqsadga muvofiq.
Korporatsiyaning boshqa ijtimoiy qatlamlariga keladigan bo`lsak, Gelbreyt
ular faoliyati motivatsiyasi uchun quyidagi sxemani taklif etadi (23.2.1-rasm).
Aktsionerlar
Ishchilar
O`rta texnik personal
Texnotuzilma
Dostları ilə paylaş: