Iqtisodiyotda ham tuzilmaviy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Ular, xizmat
ko`rsatish sohasini o`sishi va axborot texnologiyalari bozori rivojlanishida
namoyon bo`lib, bu holat iqtisodchilar oldiga Yangi tadqiqot vazifalarini qo`ydi,
zero bu turdagi mahsulot bozori tovar harakatlari umumqabul qilingan modeliga
mos bo`lmay, mustaqil tahlil va Yangi nazariya ishlab chiqilishini talab etar edi.
201
24.2. 1970-1980 yillarda iqtisodiyot fani umumiy tavsifi
1960- yillar oxiri, 1980-yillar boshidagi inqiroz holatlari 1929-1933 yil
inqirozlaridan chuqur bo`lmasa-da, ular iqtisodiy siyosat va iqtisodiy nazariya
qayta orientatsiya etilishi borasida xuddi Shunday ahamiyatli rol o`ynadi.
Keynschilik maktabi g`oyalari to`g`riligi Shubha ostiga olindi. Bundan tashqari
inqirozlar inflyatsiyaning yuqori darajalari, ishlab chiqarishni qulashi va ishsizlik
darajasi oshishi bilan birgalikda kuzatildi. Iqtisodiyotning bunday holati
stagflyatsiya nomini oldi. Shunisi ahamiyatliki, stagflyatsiya, keynschilik
nazariyasi tomonidan qo`llanilgan modelga muvofiq emas, zero keynschilik
nazariyasi, inflyatsiyaning ishsizlikka bog`liqligi haqidagi aksilnazariyadan kelib
chiqgan edi. Buning natijasida keynschilik retseptlari Yangi iqtisodiy fenomen
oldida kuchsiz bo`lib qoldi. Bundan tashqari inqiroz yuzaga kelishining o`zi,
keynschilik davlatlari tomonidan amalga oshirilayotgan antisiklik siyosatni
diskreditatsiyasi ham edi. Bundan tashqari 1960-yillar iqtisodiy o`sishi oqibatlari
va keynschilik iqtisodiyoti siyosatining bevosita natijalari, qadriyatlarni qayta
ko`rishni talab etayotgan edi. Keyingi o`n yilliklar davomida AQSH va G`arbiy
Evropa mamlakatlari iqtisodiyoti, kuchli iqtisodiy o`sishga ega bo`lib, bu holat
aholi barcha qatlamlari intensiv o`sishi bilan birgalikda kuzatildi. Hajmli istemol
bozori yaratildi: jamiyat tomonidan talab darajasi va sifati oshdi. Bu holatni ilmiy -
texnik taraqqiyot keltirib chiqarib, buning oqibatida, sanoat tomonidan Yangi
uskunalarga va iste`molchilar tomonidan Yangi tovarlarga nisbatan talablar oshdi.
Bunday sharoitlarda samarali talabni rag`batlantirish muammosi bir vaqtlar
keynschilik siyosati markazida turgan bo`lsada, endi dolzarbligini yo`qotdi.
Shu bilan birgalikda, keynschilik strategiyasining salbiy omillari ham
aniqlandi. Talab darajasini oshirishga qaratilgan davlat siyosati, byudjet deffitsiti,
va davlat xarajatlarini o`sishi hisobiga amalga oshirilar edi. bu holat inflyatsiya
kutishlari, va narxlar o`sishiga olib keldi. Hukumat xarajatlari o`sishi, soliq yuki
bosimi o`sishi bilan birgalikda yuz berib, bu holat, ishbilarmonlik faolligiga salbiy
ta`sir etib, kapital quyilmalari daromadlari darajasini pasaytirdi.
Yuzaga kelgan muammolar asosida keynschilik nazariyasi o`rniga neoliberal
va sofliberal nazariyalar yuzaga kelib, ularning g`oyalari asosida, davlat qarorlari
bilan to`liq cheklash yoki qisman chegaralash g`oyalari yotar edi. ularning nuqtai -
nazari bo`yicha o`sish darajalari pasayishi, inflyatsiya darajasi oshishi 1970
yillarda kuzatilgan bo`lib, bularning barchasi davlatning chalkash iqtisodiyotga
aralashuvi natijasidir.
1970-1980-yillar neoliberalistik yo`nalishiga qator nazariyalar mansub:
monetarizm, taklif va neoinstitutsionalizm iqtisodiy nazariyasidir. Mazkur
nazariyalar bir - biridan keskin ravishda o`z nazariy pozitsiyalariga ko`ra farq
202
qilsada, ularning yagona umumiyligi davlatning iqtisodiyotga aralashuviga
nisbatan garchi, davlatning roli, to`laligicha inkor etilmasada umumiy tanqidiy
munosabatdir.
Markaziy hukumat tomonidan bozor tizimiga istalgan ta`sirga qarshi
chiquvchi liberalistik yo`nalishga neoavstriya maktabi mansub bo`lib, u mazkur
g`oyalarni 1930- yillardayoq ilgari surgan edi, ammo 1970-yillarda u juda ham
mashhur bo`lib ketdi. Shular jumlasiga ratsional kutish maktabi ham mansub
bo`lib, mazkur maktab o`zining ketma - ket liberalistik g`oyalari sababli, Yangi
mumtoz nazariya nomini ham olgan.
Ammo, 1970-1990 yillar davomida iqtisodchilar orasida liberal kayfiyatlar
ko`plab uchraganligi bilan bir qatorda, davlatning iqtisodiyotdagi muhim roli
g`oyasini ilgari surgan maktablar ham saqlanib qolgan edi. bunda, so`z birinchi
navbatda postkeynschilik nazariyasi haqida yuritilishi lozim. Uning namoyandalari
orasida, Aksel` Leon Xufvudni, Pol Devidsonni, hamda Robert Klauerni tilga olish
lozim. Ularning asosiy vazifasi, bozor nomutanosibligi haqidagi Keynschilik
g`oyalarini tiklanishi, va nazariyani neokonservativ tanqiddan himoyalash bo`ldi.
Birinchi navbatda, ular Keynsning iqtisodiyotda muvozanatga erishish printsipial
ravishda imkonsiz ekanligi haqidagi markaziy tezisini himoyalab, buning
natijasida, davlat aralashuvi zarurligini ilgari surishgan.
Davlatning faol roli an`naviy tarafdorlari sifatida institutsionalistik yo`nalish
namoyandalari g`oyalarini tilga olish mumkin. Garchi qator institutsionalistlar (P.
Druker, A. Toffler) neoliberalizmga yaqin bo`lgan byurokratik boshqaruv
kamchiliklari
haqidagi
g`oyalarini
ilgari
surishib,
xususiy
korxonalar
harakatlarining noiqtisodiy oqibatlarining jamiyat tomonidan nazorat etish
lozimligi haqida gapirishgan bo`lsa ham, davlat tomonidan iqtisodiyotni nazorati
zarurligini ilgari surishgan.
Iqtisodiy nazariya masalalari. 1970-1980-yillarda marjinalistik yo`nalish
doirasida ilg`or pozitsiyalar monetaristlar tomonidan egallandi. Mazkur maktab
asoschisi amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen edi (1912-yilda tug`ilgan).
Monetarizm maktabi tarafdorlari sirasiga yana ikki maktab qo`shilgan edi, ya`ni
taklif - iqtisodiy nazariyasi va ratsional kutish maktabi. Ularning amaliy xulosalari
ko`pchilik jihatdan monetaristlar xulosalari bilan mos bo`lsada, bunda ularning
farqli jihati iqtisodiyot tahliliga nisbatan o`ziga xos yondashuv bo`lib, buning
oqibatida alohida maktablar ajratiladi.
Monetarizm doirasida iste`mol nazariyasi (permanent va nominal daromad
nazariyasi), ishsizlik va inflyatsiya mutanosibligi egri chizig`i Yangi
interpretatsiyasi (Filips egri chizig`i) va qator boshqa nazariyalarning qayta
ko`rilishi yordamida, keynschilik nazariyasining asosiy iqtisodiy xulosalari inkor
etilgan. Demak, iqtisodiyot nazorati asosiy retseptlari ham.
203
Monetarizm doirasida iste`mol nazariyasi (permanent va nominal daromad
nazariyasi),
ishsizlik
va
inflyatsiya
mutanosibligi
egri
chiziq
Yangi
interpretatsiyasi (Filips egri chizig`i), va qator boshqa nazariyalarning qayta
ko`rilishi yordamida keynschilik nazariyasining asosiy xulosalari inkor etilgan,
demak iqtisodiyot nazorati asosiy retseptlari ham. Iqtisodiy siyosatning yangi
printsiplari shakllanib, ular hukumatning iqtisodiyotga aralashuvini mablag`
siyosatini yuritish orqali hukumatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, hamda
o`z - o`zini nazorat etish bozor mexanizmini to`ldiruvchi qurilma stabilizatorlar
tizimini yaratish zarurligi g`oyasini ilgari surishgan.
Marjinalizmda printsipial ravishda yangi hodisa sifatida, iqtisodiyotga aloqasi
bo`lmagan sohalar iqtisodiy tahlili uslublari tarqalishi bo`ldi. Mazkur hodisa
iqtisodiy imperializm nomini oldi. Mazkur yo`nalish tarafdorlari, iqtisodiy
motivatsion modelni, uning samarali maksimizatsiyalash va to`liq ratsionallik
printsiplari bilan birgalikda irqiy, huquqiy masalalarni echishda, oilaviy hayot,
jamoatchilik siyosatida indvidlar harakatlari tahlili uchun qo`llasha boshlashdi,
mazkur yo`nalishning yorqin namoyandasi amerikalik iqtisodchi Geri Stenli
Bekker (1930-yilda tug`ilgan) bo`lib, u 1992 yilda nobel` mukofotiga sazovor
bo`ldi. Uning asarlari jamiyatda keskin to`lqinlarni keltirib chiqardi. Birinchidan
uning g`oyalari, inson harrakati tahlilining mutlaqo yangi qulay uslubini taklif etdi.
Boshqa tomondan esa, keskin tanqidlarga duchor bo`lib, ularning asosida inson
soddalashtirilgan interpretatsiyasi yotgan edi.
Aynan shu yondashuvga yaqin bo`lgan jamoatchilik tanlovi nazariyasi (Dj.M.
B`yukenen, G. Tallo) va «Huquq iqtisodiyoti» (K. Pozner, G. Kalabrezi),
nazariyalari rivojlandi.
yuqorida
aytib
o`tilganiddek
1960-yillardan
boshlab,
iqtisodiyot
ta`limotining Yangi yo`nalishi yuzaga kelib, bu yo`nalish keynschilik nazariyasini
sof holatda tiklashga qaratilgan edi. Keyns g`oyalari mumtoz interpretatsiyasi
tanqid ostiga olindi. Asosiy e`tibor Keynsning iqtisodiy nomutanosibligi asoslari
e`tibordan qochirilganligi bo`ldi. Postkeynschilik nazariyasi tarafdorlarini
ta`kidlashicha axborotning nomuvofiqligi, nomutanosibligi, mablag` - kredit omili
mavjudligi sababli yuzaga kelib, iqtisodiy reaktsiyalar elastikligi neomumtoz
nazariya tomonidan hisobga olinmasligi haqidagi fikrlar yuzaga keldi. Shu bilan
birgalikda ularning ta`kidlashicha bozor iqtisodiyoti asosiy ko`rsatkichlarining
mablag` ko`rinishidagi asosiy mutanosibliklari haqida axborot berdi. Iqtisodiy
agentlar, aynan nominal ko`rsatkichlar o`zgarishiga e`tibor qilib, bu ko`rsatkichlar
real ko`rsatkichlarni farq qiladi. Natijada, bozor tomonidan berilgan axborot
yolg`on bo`lib, xo`jalik sub`ektlarini chalkashtiradi. Bu holat, bozor
qatnashchilarining noadekvat harakatlari, va muvozanatini buzilishiga olib
kelinadi. Bundan tashqari, Keyns g`oyalari neomumtoz interpretatsiyasida uning
204
nazariyasi dinamik tavsifi yo`qotiladi. Xususan Xiks modelida, vaqt tushunchasi
umuman mavjud emas.
O`z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun postkeynschilik nazariyasi
tarafdorlari, o`z harakatlarini nazariyalarining makroiqtisodiy asosini yaratishga
qaratishadi. Bunday asosning mavjud emasligi, keynsianlik nazariyasi tanqidi
uchun jiddiy asos bo`lib xizmat qilar edi.
Shu bilan birgalikda neoavstriya maktabi ham alohida rivojlanadi. Mazkur
maktab o`z asoschilari Lyudvig fon Mizes (1881-1973) va Fridrix fon Xayek
(1899-1992) asarlariga tayanadi. Zamonaviy iqtisodchilar sifatida Izrail` Kirtsner
(1930 yilda tug`ilgan), Myurrey N. Rotbard kabilarni tilga olish mumkin. Mazkur
maktab doirasida mablag` va sikl nazariyasi rivojlanib unda asosiy rol`ni axborot
o`zgartirilishi muammosi o`ynaydi. Neoavstriya maktabi namoyandalarining
ta`kidlashicha, iqtisodiyotga istalgan aralashuv hoh mablag` massasi yoki foizni
nazorat etish bo`lsin, hoh boshqa aralashuv, yolg`on bozor signallari yuzaga
kelishiga olib kelib, iqtisodiy agentlar va butun iqtisodiyot dezorientatsiyasiga
sabab bo`ladi.
Mazkur maktabda alohida o`ringa XX asr iqtisodiy ta`limotlari tarixi ham
ega. Chunki u, ham marjinalistik yo`nalish rivojlanishiga (xususan M. Fridmen
qarashlariga ham al`ternativ boshqa oqimlar shakllanishiga ta`sir o`tkazgan.
Neoavstriya maktabining axborot va noaniqlik omillari, ratsionallik kuchsiz
formalari qo`llanilishi, doimiy o`zgarishlar sharoitida adaptiv tizimlar sifatida
iqtisodiy institutlarni Yangi tushunilishi kabi muammoga e`tibori, uning
birinchilardan bo`lib marjinalistik aksiomatika qayta ko`rishga kirishganligidan
dalolat beradi.
Marjinalizm an`anaviy modelining qayta ko`rilish jarayoni 1970-yillarda
alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Mazkur davrda ko`pincha, hukmron an`analar
nazariy asoslarining imkonsizligi haqidagi g`oyalari, tez - tez eshitilib turar edi
(masalan main stream nazariyasi), ular esa, cheklangan ratsionallik, noaniqlik,
yirik korporatsiyalar mavjudligi, kabi dolzarb hodisalarni tahlil etish, hamda,
iqtisodiyot dinamik jarayonlarini tadqiq etish imkoniyatini bermaydi. Bu davrlarda,
ortodoksal nazariya inqirozi haqida V. Leont`ev, Dj. Robin (1918 yilda tug`ilgan),
R. Solou (1924 yilda tug`ilgan), O.Morgenshtern (1902-1977), O. Uil`yamson
(1937 yilda tug`ilgan) kabi olimlar so`z yuritishgan. Mazkur to`lqin doirasida qator
nazariya va maktablar shakllanib, ular an`anaviy marjinalizmga nisbatan al`ternativ
bo`lgan tahlil uslublarini shakllantirishga harakat qilishadi. Bular sirasiga
neoinstitutsionalizm, evolyutsion iqtisodiyot nazariyalari kiradi. Neoinstitutsional
yo`nalish tarkibiga qator maktablarni oladi. Mazkur maktablar orasida ayniqsa
katta ta`sir kuchiga transaktsion xarajatlar maktabi ega. Uning tarafdorlarining
ta`kidlashicha, an`anaviy marjinalistik nazariya iqtisodiy institutlar rivojlanishi va
205
harakatlari qonuniyatlari tadqiqoti imkoniyatini beruvchi tahliliy apparatga ega
emas. Yangi institutsional nazariya, o`zining transaktsion harajatlariga asoslangan
uslubini taklif etadi. Ushbu maktabning bosh namoyandalaridan biri Oliver
Uil`yamsondir. Mazkur yangi uslub iqtisodiy nazariyaga nisbatan qo`llanilgan,
aniqrog`i esa iqtisodiy institutlar rivojlanishi tarixiga. Yaratilgan nazariya «Yangi
iqtisodiy tarix» nomini oldi. Uning ilg`or mualliflaridan biri, Duglas Nortdir
(1920-yilda tug`ilgan).
Mulkdorlik huquqlari nazariyasi, institutsionalizm doirasidagi yana bir
maktabdir (A. Alchian, X. Demsets). U ham institutlar tahliliga nisbatan al`ternativ
yondashuv bo`lib, alohida tuzilmalar doirasida mulkdorlik huquqlari tahlili va
ularning taqsimlanishi tahliliga asoslangan.
«Evolyutsion» nomini olgan yana bir al`ternativ uslub, mo„ayyan ketma -
ketlikda evolyutsion iqtisodiy nazariya namoyandalari tomonidan ishlab chiqildi
(R.R. Nel`son, S.Dj Uinter, L. Magnusson, D. Xodjson, U. Vitt). Uning
qo`llanilish zaruriyati haqida, A. Alchian ham aytgan edi. iqtisodiy fikrning
mazkur yo`nalishi, iqtisodiyotdagi institutsional o`zgarishlar tadqiqoti bilan
Shug`ullanadi. Uning tomonidan qo`llanilgan yondashuv, biologik ko`plab
usullarini o`z ichiga olgan. Xususan, firmalar harakatlari, o`zgaruvchan tashqi
sharoitlarga nisbatan moslashish sifatida ko`rib chiqiladi. Alchian o`zining
«Noaniqlik evolyutsiya va iqtisodiy nazariya» (1950) maqolasida yozishicha,
tashqi iqtisodiyot institutsional tuzilmasi aniqlashida faol rol o`ynaydi. U ayniqsa
kuchli va muvaffaqiyatli ravishda moslashgan o`yinchilar saralovini amalga
oshiradi. O`z navbatida firmalar tuzilishi, tashqi iqtisodiy, ijtimoiy va hattoki
ekologik sharoitlarga javob hamdir. Bu borada, firma tashkiliyligi va uning
bozordagi harakati printsipi asosida nafaqat daromadga nisbatan harakat, balki
yashab qolish, mo``tadillik, ichki energiya iqtisodiyoti, muhimi esa o`zgaruvchan
sharoitlarga moslashish masalalari echimi asosida kelib chiqadi. Alohida
ahamiyatga noaniqlik, axborot o`zgaruvchanligi, harakat noratsional turlari kabi
omillar ham, tahlilda alohida ahamiyatga ega. Mazkur yo`nalish namoyandalari
katta e`tiborni tarixiy tadqiqotlar, texnologiya va iqtisodiy tashkiliylikdagi
kumulyativ o`zgarishlar tahliliga qaratishadi. Shuni ham ta`kidlab o`tish joizki,
neomumtoz nazariya, juda tez ravishda nazariyalarni nazariy chaqiruvlariga
nisbatan javob berib, ularning iqtisodiyot interpretatsiyasi cheklovlarini tanqid
etilishiga qarshi turadi. U, opponentlar o`z e`tiborlarini qaratgan asoslarni e`tiborga
oluvchi Yangi modellarni shakllantira oladi.
Iqtisodiyot fani an`anaviy yo`nalishlari rivojlanishi, ya`ni institutsionalizm
rivojlanishi, iqtisodiyot va siyosatda yuz berayotgan ko`rib chiqilayotgan davr
o`zgarishlari bilan bog`liqdir. Mazkur yo`nalish iqtisodchilari asosiy e`tiborni,
206
kapitalistik tizim keyingi transformatsiyasi jarayonlari bilan bog`liq Yangi
masalalarga qaratishgan.
Katta e`tibor ishlab chiqarish o`zgartirilishiga ham qaratilgan, ya`ni aynan
xizmat sohasini faol o`sishiga (K. Klark, A. Toffler va boshqalar). Demak axborot
sohasi ham, bundan mustasno emas. Bu borada, iqtisodiyot evfemirizatsiyasi
g`oyalari ham paydo bo`lgan. Masalan K. Klark ishlab chiqarish sohasining uch
bosqichini ajratadi: agrar bosqich, sanoat bosqichi, xizmat ko`rsatishni o`sishi
bosqichi. Bunda uchinchi bosqich insonlar katta miqdorini ishsiz qoldirib, qo`l
mehnati o`rniga kelgan mashina ishlab chiqarilishi yuzaga kelishi bilan
tavsiflanuvchi ikkinchi bosqich uchun dolzarb bo`lgan ishsizlik masalasi hal
etilishi, kichik tadbirkorlikning qaytishi bilan tavsiflanadi. Iste`mol tuzilishi ham
o`zgaradi- asosiy o`ringa, birinchi bosqich kabi oziq - ovqat mahsulotlari, yoki
ikkinchi bosqichdagi kabi sanoat mollari emas, xizmat chiqadi.
Uchinchi, yirik iqtisodiy institutlar samaradorligini Shubha ostiga olgan
nazariyalar ham paydo bo`lib, iqtisodiyotda davlat tadbirkorligi, xizmat sohasi
rivojlanishi bilan bog`liq (K.Klark), hamda zamonaviy iqtisodiyotning asosiy
ishlab chiqarish omili bo`lmish bilimlar yetakchi darajaga ko`tariladi mazkur
nazariyalar himoya etayotgan asosiy g`oya, Shundan iboratki, bilimlarning
rivojlanishi, va ularni ishlab chiqarishga tadbiq etilishi istalgan turdagi
rejalashtirish yoki byurokratiya bilan mutanosiblashmaydi P. Druker.
Institutsional nazariyalarning boshqa qismi (Dj.Gelbreyt, D. Bell) asosiy
e`tiborni ilmiy - texnik progress salbiy oqibatlari, yirik korporatsiyalar o`sishi,
inson jamiyatiga bo`ysuntirilishi, texnologik rivojlanish manfaatlari salbiy
oqibatlariga qaratgan. Institutsionalistlar e`tiborini xalqaro iqtisodiyotni jahon
iqtisodiyotiga aylantirayotgan globalizatsiya masalalari ham tortib, bunda biror -
bir millat, boshqa mamlkatlar bilan aloqa doirasidan tashqarida o`zini tasavvur eta
olmaydi (P. Druker). Mazkur masalalarga e`tibor qaratishning asosiy sababi,
butunjahon tavsifga ega bo`lgan ekologik muammolar bo`ldi. 1970-yilning
ikkinchi yarmidayoq, atrof - muhitga texnika va iqtisodiyotning salbiy ta`siri bilan
bog`liq bo`lgan kelajak borasidagi pessimistik kayfiyatlar paydo bo`la boshladi.
Bunday kayfiyatlar tarqalishiga, ilmiy - texnik inqilob davrida insoniyat
rivojlanishi istiqbollarini maxsus tadqiq etish uchun 1983 yilda asos solingan Rim
Klubi faoliyati ham sabab bo`ldi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar ko`rsatishicha, ITF
inson faoliyati davomida asosiy resurslar va er emirilish erroziyasi darajalarini
kuchli darajada tezlashtirgani ayon bo`ldi. O`sish to`xtashi borasidagi g`oyalar
paydo bo`ldi. YA`ni ishlab chiqarish va iste`mol darajalarini cheklash zarurligi,
hamda miqdoriy ko`rsatkichlardan sifat o`sish ko`rsatkichlariga o`sish talablari
ilgari surila boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |