209
Asta - sekinlik bilan, iste`molchilik harakatining Yangi nazariyalari paydo
bo`la boshlab, ular iste`molning
daromaddan emas, turli ijtimoiy - psixologik
omillarga bog`liqligini ko`rsatishdi. 1957-yilda M. Fridmen «Iste`molchilik
funktsiyasi nazariyasi» asarini yozib, unda permanent
daromad nazariyasini
rivojlantirdi. M. Fridmen daromadni (Y) ikki asosga bo`ladi:
a) Permanent daromad (Yp), ya`ni individ o`z ma`lumoti
darajasi,
professional imkoniyatlari, ijtimoiy holatidan kelib chiqgan holda doimiy ravishda
olishni mo`ljallayotgan daromad.
b) Vaqtinchalik yoki tasodifiy daromad (Yi), ya`ni tashqi holatlarning
vaqtinchalik o`zgarishi natijasida yuzaga kelgan va doimiy tavsifga ega bo`lmagan
daromad (Masalan me`ros,
lotereyada yutuq, sohaning siklik ko`tarilishi va
boshqalar). Keyinchalik M. Fridmen, iste`mol darajasi faqatgina permanent
daromad bilan belgilanishi haqidagi tezisni ilgari surgan. Barcha vaqtinchalik
daromadlar, odatda vaqtinchalik mablag`lar sirasiga qo`shiladi. Bunda, permanent
daromaddagi (Cp) iste`molchilik ulushi qator kattaliklar yordamida belgilanib, ular
korrelyatsiyaning mo„ayyan koeffitsientini (k) shakllantiradi.
SP=k YP
Mazkur koeffitsient foiz stavkasi (i) zahira kapitali kattaligi (W) va
iste`molchilar xohishi yoki (U) kabi holatlarga bog`liq. Shunday qilib, M.Fridman
permanent iste`mol formulasi quyidagicha ifodalaydi.
CP =k (I, w, u) Yp
Ilgari surilgan permanent daromad kontseptsiyasi asosida M. Fridmen
iste`mol darajasi, uzoq muddat davomida doimiyligini saqlab qolishini
ta`kidlaydiki, o`z nazariyasini tasdiqlash maqsadida u 1905-1951 yilgacha bo`lgan
davrda AQSH daromadlari haqidagi empirik ma`lumotlarini yig`ib, mazkur
ma`lumotlar permanent iste`molning permanent daromadga bog`liqligini
tasdiqlaydi. Natijada M. Fridmen, Dj. M. Keyns tomonidan ilgari surilgan samarali
talab nazariyasi kamchiliklari muammosi mavjud bo`lmay, u daromadlar o`sishi
sayin iste`molga maksimal moyillik chiqarishi bilan bog`liq holatlar mavjud emas
deb xulosa qiladi («Asosiy psixologik qonuniyat»). Demakki,
mazkur talabni
rag`batlantirish bo`yicha alohida choralarni ko`rish ham shart emas.
Dostları ilə paylaş: