Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 5. Iqtisodiy imperializm



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
 
26. 5. Iqtisodiy imperializm 
Yuqorida aytib o`tilganidek, iqtisodiy imperializm nomini olgan iqtisodiy 
yo`nalishi uchun, iqtisodiy tahlilning inson faoliyati noiqtisodiy sohasiga 
ekspansiyasi xosdir. Bunday imperializm asosi, iqtisodiy fanda qabul qilingan, va 
universalnazariya sifatida ya`ni istalgan inson harakatini tasvirlab berishga 
asoslangan iqtisodiy vazifalarni echish imkoniyatiga ega bo`lgan modelga 
asoslanadi.. Mazkur yo`nalish namoyandalari nuqtai - nazarida iqtisodiy tahlil, 
nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy - institutlar harakatlarini interpretatsiya etish 
imkonyaitini beradi. Bunday mantiq asosida 1970-yillar boshida iqtisodiyot fanida 
iqtisodiy tahlilning Yangi sohalari ya`ni iqtisodiyot huquqi, oila iqtisodiyoti, 
jinoyat iqtisodiyoti va boshqalar shakllandi. Iqtisodiy imperializmning yorqin 
namoyandalari va asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Geri Bekkerdir (1930-
yilda tug`ilgan). O`z asarlarida. G. Bekker inson istalgan harakatini nazorat 
etuvchi noma`lum bozorlar mavjudligi haqida so`z yuritgan. Istalgan faoliyat 
turidan olingan daromad va zararlar tahlili, mazkur bozorlarning muvozanat 
garovidir. Masalan, Bekker ta`lim bozorini ko`rib chiqdi («Inson kapitali: nazariy 
va empirik tahlil» (1964)). Ushbu asarda ta`lim olish uchun sarflangan vaqt va 
moliyaviy xarajatlar uning tomonidan uzoq muddatli investitsiya sifatida qabul 
qilinib, bunday investitsiya haqida qaror qabul qilinishi, mazkur ta`limdan olingan 
daromadlar hajmidan kelib chiqilishini aytib o`tgan. Shunday qilib, insonnning 
mo„ayyan jinoyatni amalga oshirish yoki oshirmaslik tanlovi ham interpretatsiya 
etilgan («Jinoyat va jazo: iqtisodiy yondashuv» (1968)), ya`ni amalga oshirilgan 
jinoyatdan olingan daromad va uning ochilgan taqdirida, yuzaga keladigan 
xarajatlar mutanosibligi e`tiborga olinadi (Shu jumladan mazkur jinoyat ochilish 
ehtimoli ham). Bekker tomonidan taklif etilgan yondashuv, o`z rivojlanishida 


220 
iqtisodiyot fikri keng ya`ni jamoatchilik tanlovi nazariyasi doirasida Yangi 
yo`nalishi doirasida ega bo`ldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalari sirasiga 
Dj. B`yukenen (1919 yilda tug`ilgan, 1986 yilda Nobel` mukofoti sovrindori), G. 
Tallop, T. Ertssonlar kiradi. Mazkur iqtisodchilar ratsional harakatlar 
maksimizatsiya modelini turli siyosiy tuzilmalarda qaror qabul qilinish jarayonida 
qo`llashadi. Albatta, bunda harakatning murakkabroq motivatsion modeli ham 
mavjud. Xususan, siyosiy institutning asosiy maqsadi, hukmronlikni saqlab 
qolishdir. Ammo, tadqiqotning umumiy printsipi saqlanib qolinib, u ko`zda 
tutilgan maqsadlar erishilgan taqdirda u yoki bu tuzilmalar ishlari samaradorligi 
tahliliga asoslanadi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin