233
Innovatsiyalar, zahiralar, ta`lim, NTP. Iqtisodiyotning tez va muvaffaqiyatli
o`sishining asosiy sharti effektiv institutlar mavjudligidir.
Institutlar bajaradigan asosiy vazifa transaktsion xarajatlarni tejashdir. Agar,
iqtisodiy o`zgarishlarga javoban institutlar yaratilib, ular mazkur muammoni
muvaffaqiyatli tarza echadigan bo`lsa, iqtisodiyot kelajakdagi rivojlanishi uchun
ijobiy impul`sga ega bo`ladi. D. Nort nuqtai-nazariga ko`ra o`zgaruvchan
sharoitlarga iqtisodiy tuzilishlarni tez va adekvat ravishda moslashtirish
imkoniyatini beruvchi eng egiluvchan tizim, ya`ni xususiy mulk tizimidir. Aynan,
mazkur tizimning Angliya va Gollandiyada erta rivojlanishi, Frantsiya va
Ispaniyadan farqli o`laroq mazkur mamlakatlar iqtisodiyoti dinamikligini belgilab
berdi.
Nort nazariyasining yana bir muhim jixati rivojlanishi, yo`liga bog`liqlik
kontseptsiyasidir. Uning ta`kidlashicha, evolyutsion iqtisodiyot nazariyasi
namoyandalaridan farqli o`laroq tarixiy taraqqiyot davomida samarali faoliyat
yuritayotgan institutlarda tabiiy saralanishi yuz bermaydi. Bir marotaba
belgilangan tuzilmalarni bartaraf etish qiyin, va aynan Shular mamlakat
rivojlanishi yo`lini uzoq muddatga belgilab beradi. Institutsional muhitning bu kabi
inertlik holati sababi, yuqori darajadagi transaktsion xarajatlarning institut
islohotlariga sarflanadigan yuqori transaktsion xarajatlaridir va bu holat ayniqsa
yirik va konservativ institutlarda ko`p kuzatilib, Yangi institutlar yaratilish yo`lida
to`g`anoq bo`ladi. Tuzilmaviy o`zgarish yuz berishi uchun, uning harakatidan
olinadigan iqtisodiy daromadlar xarajatlardan ustun kelishi lozim. D. Nort va Dj.
Uolis tomonidan AQSH iqtisodiyotida transaktsion xarajatlar dinamikasi hisoblab
chiqilgan edi.25 ularning hisob-kitobi bo`yicha, 1870-1970 yilgacha bo`lgan
muddat davomida transaktsion xarajatlar umumiy ulushi hajmi ikki barobar oshib,
yalpi ichki mahsulot 26,6 dan 54,9 % ga oshgan. Transaktsion sektorning
kengayishini D. Nort va Dj. Uollislar birlamchi ahamiyatga ega tuzilmaviy
o`zgarish deb baholashgan va uni rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan
qoloq mamlakatlar orasidagi kontrast bilan belgilash mumkin.
Dostları ilə paylaş: