226
XХVIII-BOB. NEOINSTITUTSIONALIZM
28. 1. Neoinstitutsionalizm oqimi
Zamonaviy neoinstitutsional yo`nalishi o`z tarkibiga, birinchi navbatda
umumiy iqtisodiy tadqiqot predmetini birlashtirgan qator nazariyalarni oladi.
Mazkur predmetlar jumlasiga, jamiyat institutlari, ularning yuzaga kelish
printsiplari, faoliyati va evolyutsiyasi kabilar kiradi.
Neoinstitutsionalizm
oqimi
nomi
XX
asr
boshida
shakllangan
institutsionalizm ta`limotining davomi degan fikrni keltirib chiqarishi mumkin.
Mazkur ikki yo`nalishni birlashtiruvchi yagona holat, bu iqtisodiy tahlil
predmetining umumiyligidir, ya`ni iqtisodiy institutlarni tahlil etishga qiziqish,
hamda marjinalistik tahlil uslublariga nisbatan tanqiddir. Institutsionalistlarning,
ham neoinstituttsionalistlarning xam fikriga ko`ra, iqtisodiyotni institutsional
tuzilishini adekvat ravishda tasvirlab bera olmaydi. Neoinstitutsionalistlar nuqtai -
nazariga ko`ra neomumtoz yo`nalish institutlar faoliyatiga ta`sir ko`rsatuvchi
muhim omillarni ya`ni: noaniqlik omimli, axborotlar cheklovi, iqtisodiy agentlarga
nisbatan axborot emirilishi; insonlar va firmalar harakatlari motivlari xilma -
zilligi, individ va firma manfaatlarining o`zaro mos tushmasligi kabi omillarni
inobatga olmayli. Bu jihatdan neoinstitutsional yo`nalishi, evolyutsion iqtisodiy
nazariya va neoavtsriya maktabi pozitsiyalariga yaqin turadi.
Dostları ilə paylaş: