197
yuzaga keladi, boz ustiga texnotuzilma va jamiyat maqsadlari bir - biriga o`xshash.
«Texnotuzilma asosan, tovarlar ishlab chiqarilishi va
mazkur tovarlarga nisbatan
talab boshqarilishi va rivojlanishi masalalari bilan bog`liq. Demak, mazkur faoliyat
jamiyatning birlamchi vazifasi sifatida ko`rib chiqilishi muhimdir» deb ta`kidlaydi.
Keyingi davrlarda Gelbreyt quyidagi masalani ham ilgari surgan:
korporatsiya hukmronligi tepasiga texnotuzilma kelgan taqdirda korporatsiya
bozor iqtisodiyotida qanday Yangi harakatlarni amalga oshira boshlaydi?
«Korporatsiya tadbirkorlik maqsadlari tadbirkor mablag` daromad manfaatlari
bilan aniqlashtirilgan», ya`ni daromad maksimizatsiyasi maqsadi ilgari suriladi.
Shu bilan birgalikda daromad maksimizatsiyasiga nisbatan harakat, tavakkalchilik
oshishi bilan ham bog`liqdir. Texnotuzilma o`z ishi bilan o`xshatishga
asoslanganligi sababli, uning maqsadi korporatsiya faoliyati, bozordagi mo``tadil
holati va ishlab chiqarishni o`sishi bo`ladi. Shu sababli, daromadning
kafolatlangan darajasi va maksimal o`sishi mablag` ta`minoti masalasi bilan mos
bo`lib, uning mosligi kapital investitsiyalari uchun zarur,
demak texnotuzilma
birlamchi maqsadlari ham Shudir».
Rivojlanishning mazkur masalalariga erishish uchun, korporatsiya Gelbreyt
fikricha rejalashtirish bilan Shug`ullanadi. «firma rejalashtirish deb hisoblagan
narsa, ko`pchilik jihatdan bozor ta`sirini minimum darajasiga tushirish yoki undan
voz kechishga qaratilgan».
Korporatsiya hayotiy faoliyati uchta bozorda kechadi: tovar bozori, mazkur
bozor xom ashyo, uskunalar bozoriga bo`linadi, kapital bozori va mehnat bozori.
Mazkur bozorlarning barchasida rivojlangan korporatsiya o`zini tavakkal va
noaniqlikdan himoya qilishi shart. Tovar bozorida «Firma sotayotgan mahsuloti
ustidan, hamda sotib olayotgan mahsulotlari ustidan nazoratni amalga oshirishi
kerak. Buning uchun u birinchi o`ringa bozorni rejalashtirilishini amalga oshirishi
zarur». Bunda Gelbreyt korporatsiyaning rejalashtirilishi bozor monopolizatsiyasi
bilan barobarligi haqidagi ayblovni inkor etadi. «Bozorlar ustidan bunday nazorat,
korxonaning yirik hajmlari bilan bog`liq, aniqrog`i
mazkur bozor yirik hajmlari
ustidan». «Iqtisodchilar bozorchi tushunchasini rejalashtirish bilan emas,
monopoliya bilan bog`lashadi. Bozor kontsentratsiyasi yoki monopoliya
umumqabul qilingan nuqtai - nazardan bozor mexanizmi vositasida resurslar
qo`llanilishi samaradorliligiga salbiy ta`sir etuvchi omil sifatida qabul qilinib,
ko`pchilik jihatdan noqonuniy hodisa sifatida qabul qilinadi». «Bunday fikrlar,
ko`pchilik insonlarni sarosimaga tushirib qo`yadi. Korxona hajmlari texnik
progressning sodda yo`ldoshi bo`lib, u hech qachon daromad ob`ekti bilan
aloqador emas».
Kapatal bozorida qo`shimcha mablag`larni olish an`anaviy ravishda
aktsiyalar chiqarish vositasida amalga oshiradi. Bunda
istalgan bozordagi kabi
198
tavakkalchilik va noaniqlik mavjud, Shu sababli «Yirik hajmlarda kapitaldan
foydalanuvchilar kapital bozoridan bo`lgan bog`liqliklarni pasaytirishga harakat
qilishadi». Bundan tashqari qo`shimcha aktsiyalarning mulkdorchilik belgilari
sifatida chiqarilishi, mulkdorlar, ya`ni aktsionerlarning ish faoliyatiga aralashuvi
xavfini oshiradi. «O`z mustaqilligini mustahkam ravishda ta`minlash uchun,
texnotuzilma Yangi kapital manbaiga ega bo`lib, mazkur manbadan, o`z qarorlari
ustidan mo„ayyan hukmronlik bilan kelishgan holda mablag`larini kompensatsiya
etish majburiyatisiz ega bo`lishi kerak».
Gelbreytning fikricha, mazkur manba
sifatida, texnotuzilma tomonidan dividiendlar bo`yicha ozod etilgan daromad
qismining yashirilishi va bu mablag`larning korporatsiyaning o`z - o`zini
moliyalashtirishi uchun qo`llanishga yo`naltirilishidir.
Rivojlangan korporatsiya mehnat bozorida ilgarigidek, tadbirkorlik
korporatsiyasi bilan to`qnashishga to`g`ri keladi, bunda korporatsiyalar Yangi
raqib, kasaba uyushmalari bilan to`qnashib, kasaba uyushmalari alohida ishchiga
ega bo`lmagan tadbirkor tomonidan xarajatlarni oshirish (masalan ish haqi), hamda
ish tashlash natijasida daromadini pasaytirishga ega. Ammo Gelbreyt fikricha, bir
tomondan texnotuzilma psixorlogik jihatdan mulkdorlarga ko`ra kamroq bosim
ostida kasaba uyushmalari bilan kelisha oladi.
Boshqa tomondan esa texnik
taraqqiyotni rivojlanishi va ishchilar malakasi oshgani sayin, ular o`rta texnik
personal darajasiga ko`tarilib, ularga nisbatan korporatsiya bilan o`xshatish motivi
oshadi, demak daromad olish motivi pasayib boradi. Ular kasaba uyushmalaridan
uzoqlashib, ish tashlashga kamroq darajada moyil bo`lishadi.
Nihoyat, tashqi muhit bilan rivojlangan korporatsiyaga qarama - qarshi soha
ham mavjud. Mazkur jamiyat bilan qarama - qarshiliklar nazdida, shaxs nomidan
davlat chiqadi. Bir tomondan jamiyat korporatsiyaga nisbatan, atrof muhit
ifloslanishi, reklamaning taxtalari ko`rinishni buzishi borasidagi qarshiliklarga ega
bo`lsa, boshqa tomondan korporatsiyalar ham soliq to`lash, o`z ishlab chiqarish
jarayonini qimmatlashtirish, tozalash infshootlarini
qurishni yoqtirmaydi, ammo
mazkur qarama - qarshiliklar, Gelbreyt fikricha echilishi mumkin bo`lgan, boz
ustiga davlat texnotuzilmaga mulkdorlarga nisbatan yaqinroq bo`ladi: hukumat
ham, texnotuzilma ham rejalashtirish rivojlanishi tarafdorlari bo`lishib, hukumat
xizmatchilari, va texnotuzilma xodimlari orasida o`xshash ma`lumot va
dunyoqarash mavjud bo`lib, umuman olganda jamiyat va rivojlangan korporatsiya
manfaatlari orasida qarama - qarshilikka nisbatan o`xshashliklar ko`proqdir.
Umuman olganda 1960-yillar so`ngida, Gelbreyt kapitalizmdan Yangi
industrial jamiyatga o`tish borasida optimistik fikrlarni bildirgan. Ammo tezda
jahon iqtisodiyotidagi holat salbiy tomonga o`zgarib, Shu bilan birgalikda Gelbreyt
va boshqa institutsionalistlar qarashlari ham o`zgardi.
Dostları ilə paylaş: