191
tavsifli tomoni Shundaki, tovarlar bozor uchun ishlab chiqarilib, iste`molchi ishlab
chiqarish vositalari va ishlab chiqaruvchi harakatlari ustidan nazoratni yo`qotadi.
Iqtisodiyotning uchinchi turi, xususiy kapitalizm bo`lib, bu holat XIX asr Evropasi
uchun xos edi. Bu davrning tavsifli tomoni Shundaki,
ishlab chiqarish ustidan
nazoratni nafaqat iste`molchi, balki ishchi ham yo`qotadi. Iqtisodiy tizimning
mazkur turi, Karl Marks nazariyasi uchun model sifatida qo`llanilib, bunga G.
Minz o`zi uchun zamonaviy mumtoz nazariyaning iqtisodiy taqqoslash
metodologiyasi sifatida katta e`tibor ajratgan.
Iqtisodiy tizimning to`rtinchi turi XX asrda shakllanib, ayniqsa AQSHda
keng rivojlangan “kollektiv” kapitalizm bo`lib, uning asosida korporativ
tadbirkorlik yotadi. Aynan korporativ tadbirkorlik uchun esa, nafaqat iste`molchi
yoki ishchi tomonidan ishlab chiqarish ustidan nazorat yo`qotilishi,
balki bunday
nazorat mulkdor tomonidan ham yo`qotilishi bilan farqlanadi. Buning asosiy
sababi, mulkchilik aktsionerlik shakli keng tarqalishi bo`lib, bu holatni boshqa
amerikalik institutsionalist, Adol`f O. Berel` (1895-1971) passiv mulkdorlik deb
atagan. Gap Shundaki aktsiya egalari, korxona boshqaruvida umuman ishtirok
etmay, mazkur vazifalarni menedjerlarga berib qo`yishadi.
Menedjerlar esa, o`z
navbatida, aktsiyalarning katta qismiga ega bo`lmaganliklari sababli, mulkdorlar
toifasiga kirmaydi. Iqtisodiyotning mazkur to`rtinchi turi, marjinalistlar ham,
marksistlar tomonidan ham qo`llanilgan modellarga mutlaqo muvofiq emas. U
jihatning ham, bu jihatning ham etarli emasligi sababli, har ikkala tomon yuz
bergan transformatsiyani sezishmaydi, va demak tadqiqot predmeti o`zgarganligi
haqidagi masalani ko`tarishmaydi.
Amerikalik iqtisodchi va sotsiolog Uolt Rostou (1916-2003) iqtisodiy
rivojlanishning o`z
nazariyasini ilgari surib, buni XX asrning 60-yillarida amalga
oshirdi. Insoniyat jamiyati evolyutsiyasi masalasini tadqiq etar ekan, u turli o`sish
darajalari va texnika rivojlanishi darajasi bilan tavsiflanuvchi beshta bosqichni
ajratib ularga baho bergan.
U.Rostouning fikricha, insoniyat taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuch,
insonga xos bo`lgan mo„ayyan psixologik odatlardir. O`zining «Iqtisodiy o`sish
jarayoni» (1952) kitobida u o`sish yoki taraqqiyotga yordam beruvchi oltita
omillarni sanab o`tgan: bularga iste`molchilik, farzand ko`rish, fanga nisbatan
moyillik, iqtisodiyotda fanni qo`llashga moyillik, Yangiliklarga moyillik, hamda
moddiy taraqqiyotga nisbatan moyillikdir.
O`zining «Iqtisodiy o`sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» (1960)
asarida U. Rostou insoniyat rivojlanish jarayonida o`tadigan besh bosqichni
ajratadi. Birinchi bosqich an`anaviy jamiyat bo`lib, unda qishloq xo`jaligi
rivojlanadi. Texnika darajasi esa N`yuton davridan oldingi fanga asoslanadi.
Ikkinchi bosqich, sakrashga tayyorgarlik yoki o`tuvchan jamiyat deb ataladi. U
192
banklar va qayta ishlash sanoati rivojlanishi bilan, hamda Yangi turdagi
tadbirkorlikni namoyon etish bilan bog`liq bo`ladi. Uchinchi bosqich sakrash
bosqichida
bo`lib,
mazkur
bosqichda
jamiyat
iqtisodiyot
va
texnika
rivojlanishining Shunday darajasiga o`tadiki, oqibatda
doimiy taraqqiyotni
ta`minlash imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi doimiy
ravishda ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratiladi. U. Rostou, sarmoyalar
doimiy oqimi paydo bo`lishi sharoitida bu holatninng milliy daromadni
shakllanishida taxminan 5 % u tashkil etishini yozgan. Sanoatning Yangi turlari
yuzaga kelib, o`sish darajalari tezlashadi, qishloq - xo`jaligi maxsuldorligi oshadi.
To`rtinchi bosqich «industrial jamiyat» yoki «etuklik» bosqichidir. Sarmoyalar
oqimi ikki to`rt marotaba o`sib, milliy daromadning 10-20 % tashkil etadi.
Iqtisodiy o`sish dinamikasi aholi o`sishi dinamikasidan oshadi, ya`ni T. Mal`tus
tomonidan qo`yilgan aholi keskin o`sishi
muammosi echiladi, zero bu muammo
XIX asr davomida barcha iqtisodchilarni qiziqtirgan. U. Rostouning fikricha,
rivojlanishning mazkur bosqichini mamlakatlar XIX asrning ikkinchi yarmi – XX
asrning birinchi yarmida etishgan: masalan Angliya taxminan 1850 yillarda,
AQSH 1900 yillarda, Germaniya va Frantsiya 1910 - yillardan so`ng, Rossiya va
Kanada esa 1950-yillarga kelib.
Dostları ilə paylaş: