Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   169
18.1.3-Rasm. 
Shuni ham aytib o`tish kerakki, jamiyat ravnaqi kontseptsiyasi ancha ilgariroq 
Stokgol`m maktabi namoyandasi Erik Lindal` tomonidan ham (1891-1960) 
«Adolatli soliq - pozitiv nazariya» (1919) ocherkida tilga olingan. O`z ustozi Knut 
Viksel` g`oyalariga tayangan holda (1851-1926) u mazkur tovar turining qator 
xususiyatlarini ko`rsatib, bu xususiyatlar bozorga to`laqonli daromad va jamiyat 
ravnaqi ishlab chiqarilish xarajatlarini baholash imkoniyatini bermayotganligini 
aytib o`tgan. Aynan mana Shu kontseptsiya A. Pigu tomonidan o`z nazariyasini 
ishlab chiqarishda qo`llanilgan edi. 
Jamiyat ravnaqining birinchi istisno xususiyati bo`linmasligidir. Bu holat 
jamiyat tovarlari bozorning barcha ishtirokchilariga bir vaqtning taklif etilishida 
namoyon bo`ladi. Uning iste`mol qilinishi esa individual tartibga ega emas. 
Masalan, agar bir tadbirkor o`z kemalari uchun mayoq o`rnatadigan bo`lsa, bu 
mayoq nuridan suzib o`tib ketayotgan barcha kemalar foydalanishi mumkin. 
Ikkinchi xususiyat e`tiyoj cheklanmaganligidir. Agar bozor ishtirokchilaridan biri, 
mo„ayyan tovarni iste`mol qilgan bo`lsa, bu holat bozordagi tovar miqdoriga ta`sir 
o`tkazmaydi. 
Demakki 
bozorning 
boshqa 
ishtirokchilari 
imkoniyatlarini 
kamaytirmaydi. Jamiyat tovarining E. Lindal` tomonidan ajratilgan jamiyat 
tovarining uchinchi xususiyati, uning iste`mol doirasidan chiqarib bo`lmasligidir. 
Agar, jamiyat tovari ishlab chiqarilib, bozorda mavjud bo`lsa, mazkur tovardan 
uning ishlab chiqarilishiga xarajat qilgan boshqa shaxslar bu tovardan foydalanish 
imkoniyatidan maxrum bo`lmaydi. Masalan, agar bir uyning bir oila a`zolari, 
ularning uylariga tegishli bo`lgan ko`chani yoritish maqsadida fonar` o`rnatadigan 


155 
bo`lishsa, ular tasodifiy yo`lovchilarga fonar yorug`idan foydalanishni ta`qiqlay 
olishmaydi. 
Jamiyat tovarining yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlari bilan bog`liq 
muammo Shundaki, iste`molchilardan bir qismi mazkur tovar ishlab chiqarilishida 
o`z manfaatlarini bu tovar ishlab chiqarilishi uchun to`lov to`lamaslik maqsadida 
yashirishga harakat qilishadi. Kelajakda tovardan foydalanishni ta`qiqlay olmaslik, 
va ravnaq natijalari bilan barcha istovchilar foydalana olishligi, uning mavjudligiga 
iste`molchilar manfaatlarini oshirish imkoniyatini pasaytiradi. Demakki, bozor, 
zarur hajmda jamiyat tovarlarini ishlab chiqarish uchun etarli vositalarni 
akkumulyatsiya eta olmaydi.
Shved maktabi namoyandalari fikricha, mazkur muammoning yagona, ammo 
nomukammal echimi, hukumatning jamiyat tovarlari ishlab chiqarilishiga 
aralashuvi bo`lib, bu holat muvofiq soliqlarni kiritish, hamda to`g`ri taqsimlanishi 
orqali mazkur ishlab chiqarish jarayonining moliyalashtirilishiga imkon berar edi.
A.Pigu jamiyat ravnaqlari muammosining o`zgacha interpretatsiyasini ilgari 
suradi. U istalgan ravnaq ishlab chiqarish xarajatlari va jamiyat daromadlari 
mavjudligi haqidagi tezisni ilgari surib, unga muvofiq, bu holatlar ishlab 
chiqaruvchi 
tomonidan 
inobatga 
olinmaydi, 
ammo 
bozorning 
boshqa 
ishtirokchilari holatiga ijobiy ta`sir o`tkazadi. Ular, Lindal` nazariyasidagi jamiyat 
ravnaqlarining etarli darajada ishlab chiqarilmasligi sabablariga ko`ra yuzaga 
keladi. A. Pigu ularni tashqi effektlar (eksternaliyalar) deb atagan, zero jamiyat 
ravnaqlari ijobiy tashqi effektlarni shakllantirib, bunga misol sifatida fermerlar 
o`zlarining qo`shni asalarichi yordamida daromad olishlarini keltirish mumkin, 
Chunki asalarilar, ularning ham o`simliklarini changlantiradi. Jamiyat 
xarajatlarini, A. Pigu salbiy tashqi effektlar deb ataydi. Salbiy eksternaliyalarning 
dolzarb misoli tariqasida, muallif tashqi muhitni ifloslantiruvchi zavod faoliyatini 
keltiradi. Buning natijasida qo`shni xo`jaliklar daromad darajasi pasayib ketadi, 
zero ularning faoliyati, mazkur hududdagi tabiiy sharoitlar bilan bog`liq bo`ladi 
(daryodagi baliqlar miqdori, tuproq unumdorligi darajasi). 
Tashqi effektlar mavjudligi, salbiy tashqi effektga ega bo`lgan tovar ishlab 
chiqarish hajmi zaruridan ortiq darajada, ijobiy tashqi effektga ega bo`lgan tovarlar 
ishlab chiqarilishi esa, jamiyat uchun zarur bo`lgan darajadan past darajada ishlab 
chiqarilishiga olib keladi. Ijobiy eksternaliyalar sharoitida, talab va taklif 
o`rtasidagi nomutanosiblik, xususiy ishlab chiqaruvchi bozor narxiga tayanib, bu 
narx mazkur tovar uchun xaq to`lovchi bozor ishtirokchilari uchun ishlab 
chiqarilgan tovar foydalilik darajasi bilan belgilanadi. Bozor, mazkur ishlab 
chiqarish foydalilik darajasini mazkur daromadni bepul oladiganlar uchun aks 
ettirmaydi. Masalan, fermerlar, asalarichiga uning asalarilari maydonlari bo`ylab 
uchayotganligi qo`shimcha haq to`lashmaydi. Buning natijasida asalarichi tovariga 


156 
nisbatan bozorr talab darajasi yoki uning ishlab chiqarilishi, real mavjud bo`lgan 
jamiyat daromadidan past bo`ladi. Demakki, narx ham bundan past darajada 
belgilanadi. Bozor, taklifning nisbatan past darajadagi hajmini belgilaydi. 
Shunga o`xshash holat, salbiy tashqi effektga ega bo`lgan tovarlar ishlab 
chiqarilishi bilan ham bog`liq bo`ladi. Ishlab chiqaruvchi, bozor mexanizmiga 
tayanib, bu mexanizm tovar xususiy foydaligini, xususiy xarajatlari bilan 
bog`laydi, va bunday holatda ishlab chiqaruvchi xarajatlaridan kelib chiqib narx 
belgilaydi. Demakki, bozor ishtirokchilari mavjud salbiy tashqi effekt oqibatida 
ko`rayotgan zararlari hisobga olinmaydi. Buning natijasida talab va taklif orasidagi 
muvozanat, mazkur tovarga nisbatan jamiyat real talabiga qaraganda, ishlab 
chiqarish yuqori mavjud hajmlari doirasida belgilanadi. 
Shu tarzda, xususiy va jamoatchilik daromadlari va xususiy va jamoatchilik 
xarajatlari orasidagi farq shakllanadi. A. Pigu, bu hodisalarni bozordan tashqari 
bog`liqliklar deb atagan, zero bozor, tovar jamoatchilik tomonini hisobga olgan 
holda, tovar jamoatchilik uchun foydaliligiga muvofiq ravishda uning ishlab 
chiqarish hajmlarini nazorat eta olmaydi. 
O`zining tashqi effektlar nazariyasi asosida A.Pigu, qator makroiqtisodiy 
xulosalarni chiqargan. Birinchidan, u resurslar optimal taqsimlanishi baholanishi 
borasida o`z usulini taklif etdi. Uning nazariyasiga muvofiq, har - bir tovar uchun 
ijtimoiy optimum, mazkur tovar ishlab chiqarilishidan jamoatchilik maksimal 
daromadlari, jamoatchilik maksimal xarajatlariga teng bo`lgandagina yuz berishi 
mumkin. Ikkinchidan bozor bunday mutanosiblikka erisha olmasligi sababli, 
tashqaridan ta`sir zarur. Buning uchun A. Pigu, bozor harakatlarini nazorat etish 
bo`yicha hukumat choralari tizimini kiritishni taklif etgan. Agarda mo„ayyan 
tovarga nisbatan jamoatchilik foydasi xususiy foydadan ustun keladigan bo`lsa, 
hukumat ishlab chiqaruvchiga subsidiyalar taqdim etishi zarur, zero ishlab 
chiqaruvchi mazkur tovar taklifini oshirishi kerak. Shu bilan birgalikda, 
subsidiyalar, mazkur tovarni sotib olish uchun, iste`molchiga ham taqdim etishi 
shart. Tashqi salbiy effektlar mavjudligi holatida esa, tovarning o`ziga, yoki 
mazkur tovar ishlab chiqarilishi borasida iqtisodiy faoliyatga nisbatan soliqlar 
belgilanishi zarur. 
Ravnaq nazariyasi keyingi rivojlanishi. Keyingi ravnaq nazariyalari nisbatan 
liberal tavsifga ega bo`ldi. Ular, bozor mexanizmi mustaqil ravishda Pareto 
optimumi yoki Pigu optimumiga erishish imkoniyatiga ega ekanligini isbotlashga 
qaratildi. 1930 yillarda, amerikalik iqtisodchi Abba R. Lerner (1903-1983) 
nazariyasi paydo bo`ldi. Shu bilan birgalikda polyak iqtisodchisi Oskar lange 
(1904-1965) nazariyasi ham Shu davrlarda paydo bo`ldi. Ular tomonidan ravnaq 
fundamental teoremasi shakllantirildi. Mazkur teoremaga muvofiq barcha tovarlar 


157 
bozor narxiga ega bo`lishsa, raqobatchilik bozoridagi muvozanat Pareto 
optimumiga teng bo`ladi. 
Mazkur iqtisodchilar tomonidan ilgari surilgan optimallik printsipi Pigu 
optimumi modifikatsiyasi bo`lib, bozorda aks etgan va narx ko`rinishiga ega 
bo`lgan tashqi effektlar holatiga mosdir. 
Pareto optimumi va bozor muvozanati holatlari teng kelishi g`oyasini keyingi 
davrlarda amerikalik iqtisodchi Kennet Dj. Errou (1921 yilda tug`ilgan) isbotlab, 
bu holatni «Ravnaq mumtoz iqtisodiyoti bazaviy nazariyasini kengaytirish» asarida 
yoritgan (1951). 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin