Mablag` omili. Keyns fikriga ko`ra iqtisodiyotning yana bir an`anaviy
muvozanat modelini buzuvchi omil mablag`dir. Mumtoz va nekolassik maktab
namoyandalari, doimo mablag` neytralligi haqidagi fikrdan kelib chiqib, ularni
tovar almashinuviga tashlanadigan parda sifatida ko`rib chiqishgan. Dj. M. Keyns,
stokgol`m maktabi namoyandalari kabi, mablag` iqtisodiyot faol elementi
ekanligiga e`tibor qaratgan. Birinchidan, mablag` bozori holati, naqd
ko`rsatkichlariga ta`sir etadi, bu esa bozor signallarini buzilishiga va iqtisodiy
agentlar dezorientatsiyasiga olib keladi (nominal va real kattaliklar mutanosibligi
masalasi). Ikkinchidan pul mablag`ning zahira ko`rinishida iqtisodiyotdan bir
qismining oqib ketishiga zamin yaratadi, bu esa ishlab chiqarish quvvatlarining
to`laligicha ishlamasligi, demakki inqirozga olib keladi.
Ma`lumki nemumtoz nazariya, resurslar cheklanganligi, hamda iqtisodiyot
vazifasi ularning samarali taqsimlanishidan iborat deb hisoblaydi. Dj. M. Keyns,
mazkur tezisni qayta ko`rib chiqib, o`z nazariyasini resurslar to`liq
egallanmaganligi holati tahliliga asoslaydi. Xususan, uning tomonidan ishsizlik
sabablarining Yangi talqini berilgan. Uning ta`kidlashicha, ishsizlik faqatgina
friktsion yoki tuzilmaviy tavsifga ega emas, zero nemumtoz maktab e`tirofidan
farqli o`laroq, u majburiy tavsifga ham ega bo`lishi mumkin.
Mehnat bozoridagi to`liq nomukammal bandlik, iqtisodiyotda boshqa ishlab
chiqarish resurslarining nomukammal bandligi bilan kuzatiladi. Buning natijasida,
resurslar kam uchrashi sharoitida, haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Mavjud
vositalarning to`liq ishlatilmaganligi haqidagi masala kelib chiqadi. Buning
barchasi iqtisodiy tahlil vazifasini o`zgartiradi. Asosiysi, resurslarning to`liq
bandligini ta`minlash bo`ladi. yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha omillar, ya`ni
harakatning noaniqligi, mablag` omili ta`siri va nomukammal bandlik holati,
iqtisodiyotdagi kuchlar mutanosibligini buzadi. Buning natijasida iqtisodiyotning
160
muvozanat holatidan chetlashishi va bozor muammolarni mustaqil ravishda echa
olmasligi holati kuzatiladi.