183
ХXII-BOB. NEOMUMTOZ SINTEZ
22.1. Xiks - Xansen modeli
Neomumtoz va keynschilik nazariyalari sintezi amalga oshirilgan modellarni
taxlil etishdan oldin, mazkur ikki maktab asosiy uslubiy farqlarini tavsiflaymiz.
Birinchidan, neomumtoz nazariya har
- bir sotuvchi, o`z navbatida xaridorga
aylanishiga asoslangan iqtisodiy tizim muvozanatidan kelib chiqadi, zero zahira
mablag`lari faqatgina kechiktirilgan talabdir. Keynschilik nazariyasiga ko`ra
bunday muvozanat faqatgina barter iqtisodiyoti sharoitlarida mavjud bo`lishi
mumkin. Oldi - sotdi kelishuvlari pul vositasida amalga oshirilishi sababli, talab va
taklif disbalansi yuzaga keladi, zero daromadning bir qismi mablag` vositalari
ko`rinishida saqlanib talabga aylanmaydi. Talab etarli emasligi esa, inqirozni
keltirib chiqaradi.
Ikkinchi farq, har ikkala maktabning mablag` kontseptsiyasi bilan bog`liq.
Neomumtozlar, mablag` omili
neytralligidan kelib chiqib, ularning fikricha,
mablag` asosiy iqtisodiy munosabatlarga ta`sir etmaydi. Keynschilarning fikricha
esa, mablag` iqtisodiyotga to`g`ridan - to`g`ri ta`sir o`tkazadi. Oldin ko`rsatilgan
nazariyadan tashqari mablag` omili mavjudligi, real va nominal kattaliklar
mutanosibligi bilan bog`liq muammoni ham keltirib chiqaradi. Keynschilarning
fikricha, individlar, aynan nominal ko`rsatkichlar o`zgarishlariga
qarab ish
tutishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur o`zgarishlar, inflyatsion jarayonlar bilan
bog`liq bo`ladi. Demak kon`yunktura holati haqidagi yolg`on ta`sirni ham
belgilashlari mumkin. Umuman olganda, e`tirof etish lozimki, keynschilar
murakkab motivatsion modelni qo`llab, bunda neomumtozada qabul qilingan
iqtisodiy – ratsional harakat modelidan farq qilishadi.
Uchinchi farq, neomumtoz
nazariya talab va taklif tengligi qonuniyati sababli barcha resurslarning to`liq
bajarilishi mavjud deb hisoblaydi. Keynschilarning ta`kidlashicha esa, talab
kechikishi sababli, barcha resurslarning qo`llanilishi real hayotda deyarli imkonsiz;
demakki, ular o`z tahlilini to`liqsiz bandlik asosida amalga oshirishadi. Demak,
tadqiqot nazariy vazifasi ham o`zgacha tarzda qo`yiladi. Agar neomumtozlar,
cheklangan resurslar samarasi maksimal taqsimlanishi masalasini qo`yishadigan
bo`lsa, keynschilar, resurslarning to`liq bandligi yoki Shu holatga yaqinlashtirilish
imkoniyatini beruvchi vositalarni qidirish bilan Shug`ullanishadi.
Neomumtoz nazariya doimo liberalizm printsiplaridan kelib chiqgan. 1930-
yillar oxiridan boshlab, neomumtozlarning katta qismi neoliberalizm g`oyalari
tarafdorlariga aylanishgan. Nima bo`lganida ham, ular doimo davlatning
iqtisodiyotga aralashishi asossiz deb hisoblashgan. Keynschilik nazariyasiga
184
muvofiq, bunday aralashuv nihoyatda zarur, boz ustiga iqtisodiyot inqiroz holatiga
tushib qolmasligi uchun, doimiy bo`lishi kerak.
Neomumtozlar va keynschilar orasidagi ko`rsatilgan farqlar,
ularni bir
nazariyaga birlashtirish uchun printsipial darajada etarli va mukammaldir. Nima
bo`lganida ham, har ikkala maktabni sintezlashtirish harakatlari Dj. M. Keyns
kitobi nashr etilishidan so`ng tez - tez uchrab turar edi.
Mazkur jarayonda faol ishtirokni Dj.Xiks amalga oshirgann. Dj.M.
Keynsning «Umumiy nazariya» kitobi 1937 yilda nashr etilganidan so`ng, u
«Ekonometrika» jurnalida «Janob Keyns va mumtozlar, Interpretatsiya harakati»
nomli maqolasini nashr etdi. Mazkur maqolada, u Dj.M. Keyns nazariyasi
matematik modelini taklif etib, mazkur model` keyinchalik «Xiks – Xansen
modeli» yoki «I.S. - LM» diagrammasi deb nomlandi mazkur model` ikki bozorni
birlashtiradi: tovarlar bozori va mablag` bozori. Shu bilan birgalikda, mazkur ikki
bozordagi ishsizlik sharoitlaridagi muvozanat holatini aks ettiradi.
Shu bilan
birgalikda, u noaniqlik omilini e`tiborga olmagan, garchi Keyns mablag`
iqtisodiyoti uchun bu holat printsipial jihatdan muhim ekanligini tasdiqlagan bo`lsa
ham. Xususan, nominal va real ko`rsatkichlar mutanosibligi masalasi tilga
olinmagan. To`liqsiz bandlik sharoitlarida muvozanat belgilanishiga olib
kelinadigan sabablar (Keyns postulati), Xiks nazariyasida itqtisodiyotni
mustahkam narxlar va mustahkam ish haqi mavjudligiga asoslangan.
Mazkur modelni ko`rib chiqamiz. Tovar bozorlarida muvozanat sharoiti
sarmoya va mablag`lar tengligi bilan belgilanadi:
I=S
Sarmoyalar (I) kapitalga nisbatan talab sifatida belgilanib, kapital va foiz
normasi maksimal samarali mutanosibligiga bog`liq bo`ladi.
Kapitalni maksimal
samarasi belgilangan holatida, sarmoyalar foiz normasi funktsiyasi sifatida ko`rib
chiqiladi:
I=I(r)
Zahira mablag`lar (S) kapital taklifi sifatida tasvirlangan. Ular, Y umumiy
daromadi bir qismidir, Shu sababli, mazkur daromad kattaligi, hamda Yning qaysi
ulushi zahira mablag`lariga aylanishini belgilovchi iste`molchilikka nisbatan
maksimal moyillikka bog`liq. Iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillik,
daromad o`zgarishiga muvofiq o`zgarishi sababli, (Dj.M. Keyns asosiy psixologik
qonuniyati) zahira mablag`larini daromadning funktsiyasi sifatida belgilash
mumkin.
S=S(Y)
Mablag` bozoridagi muvozanat sharti, mablag`ga nisbatan talab va mablag`
taklifi tengligi bilan belgilanadi. Mablag` taklifi (M)
doimiy kattalik sifatida
ko`riladi. Mablag`ga nisbatan talab, keynschilik ruhida interpretatsiya qilinib,
185
likvidlik (L) nisbatan talab sifatida qabul qilinib, uning hajmi ikki ko`rsatkichga
bog`liq, ya`ni daromad (to`g`ridan- to`g`ri bog`liqlik) va foiz stavkasi (teskari
bog`liqlik). Mazkur bozordagi muvozanat sharoiti, quyidagi ko`rinishga ega
bo`ladi:
I(r) = S(Y)
yuqoridagi formula yordamida, bozorlarning har birida foizning Shunday
normasini
topish mumkinki, u daromadning ushbu darajasida muvozanat
sharoitlarini qondira oladi. Ko`rsatkichlarning mazkur juftligi, har - bir bozor
muvozanat chiziqlari nuqtasi geometrik joylaShuvini belgilaydi (22.1.1-rasm)
M=L(Y,r)
r
I
M
L
S
0
Y
Dostları ilə paylaş: