208
XХV-BOB. ZAMONAVIY MARJINALIZMNI RIVOJLANISHI
25.1. Monetarizm iqtisodiy nazariyalari
Mazkur oqimning bosh namoyandasi amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen
(1912 yilda tug`ilgan) bo`lib, u Chikago universitetida (1948 yildan) iqtisodiyot
professori lavozimida ishlab, 1976 yilda Nobel` mukofotiga sazovor bo`lgan.
Uslub. M.Fridmen, tadqiqot metodologiya masalalariga asosiy e`tiborini
qaratgan zamonaviy iqtisodchilardan biridir. U, fanda bosqichma - bosqich
empirizm g`oyalarini ilgari surib, pozitiv faktlar bilan tasdiqlangan fikrlar asosida
ishlovchi pozitiv iqtisodiy nazariyani yaratilishi ustidan ish olib borgan. Bu holat
uning tadqiqotlarida “isbot” uslubidan foydalanilganligidan dalolat beradi. M.
Fridmenning ta`kidlashicha, nazariya faqatgina faktlar bilan tasdiqlangan holatda
to`g`ri bo`lib, bunda faktlarning bashoratlari aniq bo`lishi lozim. Mazkur nazariya
asoslari voqelik realistik ekanligi muhim emas. O`z qarashlarida Fridmen “qora
quti” printsipini ilgari suradi. Agarda ikki iqtisodiy ko`rsatkich dinamikasida,
birining
boshqasiga
nisbatan
bog`liqligini
ko`rsatsa,
ushbu
faktning
konstatatsiyasining o`zi, keyingi ta`sir mexanizmini isbotlarsiz tasdiqlanadi.
Mazkur mexanizm ya`ni “qora quti”, tushuntirilishi shart emas, yoki hatto,
zamonaviy fan nuqtai - nazaridan safsata bo`lishi mumkin, ammo o`zaro ta`sir
fakti empirik nuqtai - nazaridan ko`rsatilgan bo`lsa, bu mexanizmning
mavjudligini isbotlash mumkin.
Shunday qilib, nazariyaning inkor etilishi yuz beradi. Agarda, mo„ayyan
kontseptsiya realistik asoslardan kelib chiqib, o`z tuzilishiga ko`ra mantiqiy bo`lsa,
uning xulosalari amaliyotga mos tushmasa, u erda ushbu faktik holat yolg`on deb
tan olinishi mumkin. Bunday holatda kontseptsiya postulatlarining inkor etilishi
shart emas.
Aynan ana Shunday asosiy qoidalar M. Fridmen va monetaristlar tomonidan
keynschilik nazariyasi doirasida tadqiq etilgan. 1970-yillar inqirozi, stagflyatsiya,
inflyatsiya va yuqoridarajadagi ishsizlikni o`ziga olib, e`tirof etilayotgan bilan
keskin qarama - qarshilikka kirishdi, oqibatida monetaristlar tomonidan
keynschilik oqimining noto`g`riligini ta`kidlash imkoniyatiga ega bo`lishdi.
Dostları ilə paylaş: