Predmet va uslub. Murojaat sohasidagi e`tibori uchun merkantilizmni
tanqid qilgan holda Buagil`ber “dehqonchilik va chorvachilik Peruda joylashgan
oltin konlari o`rnini bemalol bosa oladi” deb aytgan moliya vaziri Genrix Sulli
iborasiga tayangan, uni ishlab chiqarish sohasiga qarama - qarshi qo`ygan.
O`z metodologiyasida Buagil`ber tabiiy tartib kontseptsiyasini qo`llab,
buning ostida kapitalizmni tushungan. Feodal tartiblarni, u notabiiy deb
hisoblagan, Chunki mo„ayyan davlat ehtiyojlarini qondirish uchun, xalqga
farovonlikni qaytarish uchun hech – qanday sehr - jodu kerak emas, buning uchun
bor - yo`g`i tabiat ustidan tazyiqni bas etish kerak xolos deb hisoblar edi u.
Bundan tashqari, aynan Buagil`ber o`zining keyingi fikrlarida Adam Smit
asarlarida topgan «ko`rinmas qo`l» atamasi g`oyasi ham ilgari surilgan. Uning
fikricha, tabiatdagi boylikni qo`llaydigan barcha hodisalar faqatgina shaxsiy
manfaatlar yo`lida amalga oshirilib, bunda insonlar xalq farovonligi uchun kamdan
- kam hollarda jon kuydirishadi deb aytgan.
Boylik. Buagil`ber fikricha boylik deb faqatgina hayot uchun zarur bo`lgan
predmetlar, ya`ni ozuqa, kiyim tushunilgan. Boylik bundan o`zga narsalar emas.
Narx va tannarx. Bozor feodal reglamentatsiyalari bekor qilinishi, Buagil`ber
fikricha, tovarlarning bir - xil mutanosiblikda joylashgan holatda narxlarning
tovarlar orasidagi mutanosibligidan kelib chiqgan holda ularga nisbatan amalga
oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlariga tengligini tushunish lozim. Shunday qilib,
Buagil`ber, ingliz iqtisodchilaridan mustaqil ravishda, va ularning asarlari bilan
tanishmagan holda mehnat qiymati tushunchasini rivojlantirib, iqtisodiy
mutanosiblik tushunchasiga yaqinlashgan.
Kapital. Merkantilistlar farqli o`laroq, Buagil`ber kapital boylik emas,
muomila vositasi deb hisoblagan. Uning yozishicha, “kapital o`z - o`zidan boylik
emas, va uning miqdori davlat farovonligiga daxlsiz. Ularning miqdori bor - yo`g`i
me`yorida ushlab turish, hamda hayot vositasi sifatida qo`llashdan iborat”.
Frantsiya mumtoz siyosiy iqtisodi namoyandalaridan yana biri, Lo raqobatchisi,
kelib chiqishi irlandiyalik bo`lgan moliyachi Richard Kantil`ondir (1680-1734).
1720-30-yillari davomida u «Savdo tabiati haqida tadqiqotlar» asarini yozgan.
Mazkur asar 1755- yilda uning o`limidan so`ng nashr etilgan.