89
X-BOB. MARJINALIZM TA‟LIMOTI
10.1. Iqtisodiyot fanida marjinalistik inqilob
Davr tavsifi. Marjinalistik inqilob atamasi iqtisodiy ta`limotlar tarixida
noaniq tarzda talqin etiladi. Ko`pchilik bu atamani XIX asr etmishinchi yillari
boshida marjinalistik asar nomi ostida mashhurlikka ega bo`lgan Avstriyalik olim
K.Menger, ingliz olimi U.S. Jevenson va frantsuz L. Val`ras tomonidan nashr
etilgan maqolalar bilan bog`lashadi. Biz esa marjinalistik inqilob tushunchasi
ostida XIX asr etmishinchi yillari boshidan 1902 yilda Kembridj (Angliya)
universitetida ilk marotaba Yangi iqtisodiyot nazariyasi o`quv kursi o`qitilgan
davrgacha bo`lgan Yangi marjinalistik nazariya shakllanishining
butun davrini
olamiz.
Mumtoz siyosiy iqtisodni marjinalizm nazariyasiga almashinuvi XIX asrning
etmishinchi yillarida yuz berib, nafaqat mumtoz siyosiy iqtisod salohiyatni tugashi,
balki alohida tashqi sabablarga ham bog`liq. Mazkur sabablardan biri, o`sha davrda
yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar o`zgarishiga borib taqaladi. Erkin
raqobatchilikni rivojlanishi, XIX asr 60- yillariga kelib iqtisodiy o`sish o`zining
so`nggi nuqtasiga etdi, ammo 70-80-yillar
davomida, iqtisodiy siklda pasayish
davri boshlanib, oqibatda jahon iqtisodiyotini uzoq muddat davomida depressiyaga
tushib qolishi bilan tarixda qoldi. 1890-yillarda depressiyadan chiqish, ilk
monopoliyalar yuzaga kelishi bilan bog`liq bo`lsada, ammo monopolistik
raqobatchilik Yangi tizimini nazariy tushunish davri kechroq yuz berib XIX
asrning oxirlarida raqobatchilikning kuchayishi kuzatilar edi.
Istalgan krizis, ilgari e`tiborga olinmagan qadriyatlar va Yangi g`oyalarga
nisbatan alohida e`tiborni taqozo etadi. Aynan mana Shunday g`oyalar
qatoriga
qiymatning shakllanishi marjinalistik tahlili o`rin oldi. Yangi nazariya, tadbirkorlik
talablariga javob berar edi, Chunki endi mumtoz siyosiy iqtisodning iqtisodiy
hodisalar nima? – kabi savollarga marjinalistlar bu hodisalar qanday o`zaro
aloqaga kirisha oladi, va buning natijasida qanday qilib ular yanada samarali tarzda
aloqaga kira olishadi degan savollar yuzaga keldi.
O`zaro ta`sir
haqidagi tezis, iqtisodiy o`zaro mutanosibligini ham mikro-, ham
makro darajalarda ko`tardi (firma va xalq xo`jaligi).
Ayniqsa mutanosib tizim tushunchasi formal jixatdan umumiy bo`lib, ko`plab
o`zaro bog`liq elementlar mo„ayyan jamlanmasini ko`zda tutar edi. Tizimli
yondashuv, tabiiy fanlarning mo„ayyan darajasidan olindi, Shu vaqtning o`zida,
fizikada N`yuton mumtoz mexanik tushunchalari ham Yangi nazariyalarga o`rin
almashib berayotgan edi. Masalan 1874 yilda Dj. Maksvell elektromagnit maydoni
nazariyasi ustidan ishni boshladi. XIX asrning 70-yillariga kelib, molekulyar fizika
90
ham rivojlana boshladi, va uning tadqiqot markazida jismoniy tanalarni yuzaga
keltiruvchi zarralar orasidagi o`zaro ta`siri yotadi va
u fizikadan tadqiqotlarning
asosiy mavzusiga aylandi. Natijada, energiya aylanish tahlili orqali, tanalar o`zaro
ta`siri tizimini o`rganish termodinamik uslubi rivojlanishi boshlandi. Buning
natijasida yuzaga kelgan energiyani saqlanib qolish nazariyasi, energiya
boshlang`ich sababi sifatida Flagiston nazariyasi o`rnini egalladi. Kimyoda ham,
tizimli yondashuv D.Mendeleev tomonidan 1869-1871 yillar davomida elementlar
davriy tizimi yaratilishi bilan farqlandi.
Biologiyada, alohida organizmlar
o`rganilishi tizimi, ularni turlar va ko`rinishlarga klassifikatsiya etish nazariyasi
bilan almashib, endilikda biosfera o`zaro bog`liq o`simlik va hayvonlar
organizmlarining o`zaro ta`siri yagona tizimi sifatida o`rganila boshlandi.
Falsafada tizimli yondashuv va hodisalar orasida
funktsional aloqalar
tadqiqoti bundan ham oldinroq pozitivizm nazariyasi asosida qo`llanila boshlanib,
bunday holat XIX asrning birinchi yarmida O. Kont, G. Spenser va D.S. Mill`
tomonidan amalga oshirilgan. Kont fikricha, hodisalar va ular orasidagi sabab
natijaviy bog`liqliklar mohiyati haqidagi masalalar orasida metafizik masala
mavjud bo`lgan. Bizning fikrimizcha, sabablarni
qidirish mumkin emas va
ma`nosizdir, deb yozgan edi u. uning fikricha, fanning vazifasi, hodisalar orasidagi
bog`liqliklarni aniqlash bo`lib, ular haqidagi bilimlar aniq va o`lchovli bo`lishi
shart.
Iqtisodiyotda ham, xuddi Shunday yondashuv yopiq mutanosib tizim asosida
amalga oshirilib, uning barcha qismlari o`zaro bog`liq bo`lishi va sabab va
oqibatlarga ega bo`lmasligi, birlamchi va ikkilamchi bilimlarning mavjud emasligi,
haqida fikr yuritilgan. Buning natijasida esa iqtisodiyot fanida marjinalistik
inqilobi shakllana boshladi.
Dostları ilə paylaş: