94
Birinchisi, maksimal foydalilik tushunchasini beradi (maksimal foydalilik
mazkur predmet mavjudligi oshishi sayin kamayib boradi), ikkinchi qonuniyat
iste`mol optimal tuzilishiga bag`ishlangan (talab): talablar qondirilishi maksimal
darajasi iste`mol qilinayotgan predmetlar maksimal foydalilik
darajasidan kelib
chiqadi. Ammo Gossen nazariyasi birmuncha tushunarsiz edi. Masalan,
I.Vernadskiy qalamiga mansub «Iqtisodiy ta`lim» tarixi tadqiqotlarida Gossen tilga
olingan, ammo u Rikardo maktabi namoyandasi sifatida talqin etilgan. Gossendan
10 yil keyin, maksimal foydalilik nazariyasini Jyul` Dyupyui (1804-1866) ham
ilgari surgan. U mashhur muhandis bo`lib, Parij muhandislik xizmati bosh direktori
vazifasida faoliyat yuritgan. 1844 yilda, Dyupyui «Yo`l tashkiloti arxivlari»
jurnalida «Fuqarolik binolari foydalalik darajasi haqida» maqolasini nashr etib, o`z
davrida mazkur maqola e`tiborsiz qoldi. Marjinalizmning yana bir erta
namoyandalaridan biri mashhur frantsuz matematiki Ogyusten Kurnodir (1801-
1876). U 1831 yilda «Boylik nazariyasi matematik printsiplari tadqiqoti» kitobini
nashr etib, bu kitob etarli darajada baholanmagan, chunki matematiklar uchun
unda hech qanaqa yangilik bo`lmay, iqtisodchilar uchun bu mutlaqo noodatiy asar
edi. Ma`lumki marjinalistik inqilob asoschilari
Kurno kitobi bilan tanish
bo`lishgan, ammo uni Yangi iqtisodiy nazariya bilan bog`lashmagan, chunki
boshlang`ich davrlarda eng katta e`tibor, tannarxning sub`ektiv talqini sifatida
foydalilik g`oyasi tortar edi. Barcha iqtisodiy munosabatlarga nisbatan universal
yondashuv sifatidagi maksimal tahlil, marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida
birinchi o`ringa ko`tarildi. Kurno asarida esa, narx, talab,
va taklif monopoliya,
duopoliya, oligopoliya va mutlaq raqobatchilik holatlari uchun funktsional
aloqalarini ko`rib chiqgan. Shu bilan birgalikda, u ilk marotaba iqtisodiy tenglik
tushunchasini ham keltirgan: «Xo`jalik tizimi haqiqatda barcha qismlari o`zaro
bog`liq va bir - biriga ta`sir etuvchi butunlikdir… demakki, xo`jalik tizimining u
yoki bu alohida sohasiga tegishli masalalarining kompleks
ravishda hal etilishi
uchun, umumiy tarzda tizimning o`zini e`tibordan qochirmaslik lozim. Shunday
qilib, Kurno marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi asoschisidir.
Kechroq davrlarda ilmiy aylanmaga, marjinalizm g`oyasining erta
namoyandalaridan biri I.G.Tyunenning «Izolyatsiya holatidagi davlat» (1826)
kitobi kiritilgan, Chunki uning maksimal tahlili, ishlab
chiqarish sohasi bilan
bog`liq bo`lib, bu holatga marjinalistik inqilobning faqatgina ikkinchi bosqichida
e`tibor qaratishgan edi. Nemis pomeshchigi Iogann Genrix Tyunen (1783-1850)
bir vaqtning o`zida ajoyib amaliyotchi va nazariyotchi edi. 10 yillar davomida
amalga oshirilgan kuzatuvlar va o`z pomest`esidagi xarajatlarni tadqiq etish
asosida u maksimal tahlil qonuniyatlarini aniqladi. Uning kitobi mashhur bo`lgan
bo`lsada, faqatgina qishloq – xo`jaligini yuritish bo`yicha qo`llanma sifatida
qo`llanilgan. Gossendan farqli o`laroq, Tyunen
mazkur muammoni chuqur
95
falsafiylik bilan qabul qilib, tadqiqotlarini davom ettirdi va 1850 yilda, o`z
kitobining ikkinchi qismini ham nashr etdi. To`la holatda esa kitob uning o`limidan
so`ng qolgan qo`lyozmalar asosida to`liq nashr etildi. Shu bilan birgalikda, Tyunen
ishlab - chiqarish optimal joylashtirilishi nazariyasi asoschisi ham bo`lib, bu
nazariya XX asrning boshiga kelibgina tadqiq etila boshlandi.
Dostları ilə paylaş: