Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə120/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

A.A.Abdurazzoqov va E.P.Nazirovlarning o’tkazgan tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha birinchi va ikkinchi kurslarda auditoriyada beriladigan vazifalarga qiziqish kuchli bo’ladi. Yuqori kurslarda esa auditoriyadan tashqari vazifalarga va mutaxassislikka bog’liq fanlarni chuqur o’rganishga qiziqish kuchayadi. Shuning uchun talabalarning o’quv faoliyatini rivojlantirishda ularning bu xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Talabalarning o’quv faoliyatini o’rgangan E.G’oziev rahbarligida uning shogirdlari tomonidan zo’r qiziqish bilan o’rganildi. Jumladan, A.X.Ruxieva «Talabalar o’quv faoliyatida o’z-o’zini boshqarishning psixologik xususiyatlari» mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasida umumlashgan o’quv faoliyatining usullari tizimsi orqali o’quv faoliyatini boshqarish deganda maqsadga yo’naltirilgan, rejalashtirilgan, nazorat qilinadigan tizimlashtiriladigan, tashkil qilinadigan mustaqil bilim olishga qodir bo’lgan faoliyatni tushuniladi. Tadqiqotda o’z-o’zini boshqarishning barcha komponentlarining tarkibiy qismlari xususiyatlarga egaligi professional qiziqishini takomillashtirish va faoliyatni amalga oshirishda uchraydigan to’siqlarni engish orqali talaba o’quv faoliyati subektiga aylanishi isbotlangan.
R.I.Sunnatova ilmiy izlanishlarida shaxsda o’z-o’zini boshqarish va tafakkur operasiyalari tadqiq qilinib, bu borada tadqiqot ishlari olib borildi. Olim tomonidan ta’lim muassasalarida o’qitish ishlarini tashkil qilish va uni shaxs rivojlanishiga ta’sir masalalari etarlicha yoritib berildi. Shuningdek olti yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorligi, moslashish xususiyatlari, psixik rivojlanish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
Z.T.Nishonova tadqiqotlarida aynan o’smirlik davri o’quv faoliyatlarini egallash masalalari yoritilib, muallif bu borada tafakkur sifatlarini rivojlanishi, bilimlar egallashning asosi ekanligini tadqiqot natijalari asosida ko’rsatib o’tadi.
F.I.Haydarov tomonidan o’rganilgan muamo o’quv faoliyati motivlari masalasiga bag’ishlangan bo’lib bu borada qishloq va shahar maktablari o’quvchilarining o’qish motivlarini rivojlanishi bo’yicha tadqiqot ishini olib bordi. Tadqiqot natijalaridan shuni ko’rish mumkin-ki, o’smirlik davrida o’qish motivlarini namoyon bo’lish xususiyatlari ya’ni bilish, ijtimoiy, tashqi, ichki motivlari yoritiladi. Shuningdek, ularning o’zaro farqlar bo’yicha dinamikasi ko’rsatiladi. Ma’lumki, shaxsda o’qishga nisbatan ijobiy xususiyat bilimga qiziqish, intiluvchanlikni yuzaga chiqishi ichki turtki sabablar ya’ni motivlarga bog’liqligi asoslab berilgan.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin