Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI
S.X.Jalilovaning «Pedagogika instituti talabalarida shaxsiy sifatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari» mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasida talabalarda shaxsiy sifatlar shakllanishining dinamikasini aniqlashga uringan. Pedagogika institutlaridagi ta’lim jarayonida talabalarni tizimli o’rganish shuni ko’rsatadiki, «retrospektiv», «real», «ideal» va «refleksiv» - «men»ni bir-biri bilan taqqoslash talabalarning shaxsiy-ehtiyoj sohasiga hamda ularning shaxsiy professionallashuv jarayoniga ta’sir qiladi. Tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar asosida pedagogika institutlarini talabalarini psixologik-pedagogik tayyorlashni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, bu tavsiyalar milliy psixologiya va pedagogikaning eng yaxshi an’analarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Muallifning ta’kidlashicha, pedagogika oliy o’quv yurtida bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik-psixologik jihatdan tayyorlash, takomillashtirish talabalardagi o’z kasbiga bo’lgan psixologik qarashni qayta qurish hamda «ideal o’qituvchi» bo’lajak o’qituvchi shaxsini rivojlantirishning asosiy vositasi ekanligi sababli talabalarning uzluksiz amaliyotda qatnashish jarayonini sifat va miqdor jihatdan kuchaytirish lozim. S.X.Jalilovaning fikricha, talabalarni psixologik-pedagogik tomondan tayyorlashda mashg’ulotlarning usul va turlari avvalambor, talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga, ularning o’zlariga, atrofdagilarga, jamiyatga bo’lgan subektiv munosabatlarini psixologik jihatdan qayta qurishlariga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, o’qish,o’qitish maslasiga e’tiborning ortishi bu boradagi keng doiradagi tadqiqot ishlari olib borilishiga turtki bo’ladi. O’quv faoliyati masalasining mohiyat mazmuni o’rganilgan bo’lsada, yosh olimlarimiz tomonidan uning o’rganilmagan jabhalari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.