Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə146/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

- birinchisi – ma’ruzalarda nimalar haqida gapirilganligini esga olish;
- ikkinchisi, talabaning ishlarini ma’ruzalarda eshitganliklarini tushunishini mustahkamlovchi va guruhlashtiruvchi hayotiy misollar va fikrlar bilan to’ldirish;
- uchinchisi, qisqacha ma’ruzani to’la ochib berishi mumkin bo’lmagan, lekin qandaydir xujjatlar va adabiyotlarni o’qish paytida talabalar alohida e’tibor berishlari kerak bo’lgan ma’lumotlarni darslikdan o’qib olish.
Bu holatda ma’ruzalar konspektlari keyingi ishlari uchun o’ziga xos yo’l ko’rsatuvchi, yo’naltiruvchi bo’lib xizmat qiladi. Ma’ruzalarda faqatgina ko’rsatib o’tilgan, lekin ochib berilmagan masalalarni yaxshiroq va to’laroq tushunib olishga yordam beradi. Bu erda u yoki bu psixologik hodisalarni tushuntirish uchun hayotiy metodlarni tanlab olish muhimdir, chunki talabaning hayotiy kuzatishlariga mos keladigan misolni tanlab olishda o’ylash jarayonining o’zi ushbu mavjud muamo yoki mavzuni hayotga mos ravishda o’zlashtirish bo’yicha fikrlash faoliyati nazariyani amaliyotda qo’llashga birinchi urinish hisoblanadi.
2.Darslik bilan ishlash va psixologiya bo’yicha ilmiy adabiyotlarni o’rganish.
Darslik o’quv adabiyotining asosiy va muhim turi hisoblanadi. Unda material ushbu fanning yutuqlari zamon rejasida va talaba tushunadigan tilda tizimli bayon etiladi.
O’quv adabiyotining asosiy turi sifatida darslikning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat.
Birinchidan, darslik ilmiy o’quv fani bo’yicha qisqartirilgan ko’rinishda butun asosiy materiallardan iborat. Bunga ushbu fanning barcha asosiy tushuncha va kategoriyalari keraqli ifodalar (differensiyalari) bilan kiritiladi, zarur bo’lganda fanda tushunchaning shakllanishi qisqa tarixi bilan beriladi. Bu ko’pincha fanning o’zini rivojlanish mantiqi va holatini tushunish uning mazmuniga bog’liq bo’lgan umumiy asosini tashkil etuvchi kategoriyalari bo’yicha bo’ladi.
Ikkinchidan, darslik asosiy ilmiy kategoriyalarning mazmunini ularning muhim o’zaro bog’liqliklarida va o’zaro aloqadorliklarida bir-biriga bo’ysunilishini bayon etadi. Bu erda yanada kengroq tushuncha va kategoriyalar va tor doiralardagilarni (tor xususiy, alohida) o’z ichiga oladi va ular ifoda etiladigan predmet va hodisalarni o’rganish uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin