Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə148/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

A.N.Leontevning «Faoliyat, ong, shaxs» A.G.Aslomovning «Shaxs psixologiyasi» (M. 1990) monografiyalari bilan tanishib chiqing.
R.S.Nemovning Psixologiya darsligidagi xotira fikrlash yoki nutq haqidagi boblarini diqqat bilan o’qib chiqing va savollarga javob bering.
a) Ko’pchilik tadqiqotchilar xotira qonuniyatlarini o’rgan-ganlar va ular asosan yaxshi ma’lumotdir, lekin nima uchun yod olish o’qitish uchun etarli emas deb hisoblanadi. Agarda yod olish zararli bo’lsa, unda nima uchun xotira qonuniyatlarini o’rganish kerak;
b) «Nutqsiz fikrlash» jarayoni bo’lishi mumkinmi? Nima uchun? Mumkin bo’lsa unda misol keltiring;
v) Fikrlash va nutq, nutq bu fikrni tashqi ifodasi yoki «baland ovoz» (yozma bayon etilgan fikr – bu ham nutqdir). Insonning hayotda bir fikr bo’lib, u boshqa narsa haqida gapirishini siz qanday tushunasiz? Shunday holatlarda nutqning fikrlash bilan bog’liqligi namoyon bo’lishini va nutqda hali fikrda bo’lmagan narsa bo’lmasligini yoki nimani o’ylasa o’sha haqida fikr yuritishni isbotlab bering. Darslikni o’qish – mustaqil bilim olishning muhim qismidir. Agarda ba’zi talabalar bu ishni yagona kerak bo’lgan ish deb hisoblashlari uchun o’quv yurtlari amaliyotida uchraydigan talabalar bilimlariga rasmiyatchilik munosabati oqibatida yuzaga kelgan yanglishish hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda darslikning o’rni muhim lekin, barchasi ham emas, u fanni o’rganishda darslikning keraqli vazifalari bilan cheklanganligidir.
Darslikning asosiy vazifasi o’quv fani dasturiga binoan o’zlashtirish kerak bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar tizimiga o’quvchini (talabani) yo’naltirishdir. Darslikda ushbu fanning mazmunini tashkil etuvchi ilmiy qoidalarni chuqurligi va amaliyligi bilan yo’naltirmaydi, balki fanning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini ko’rsatadi. Ularning paydo bo’lishi va ilmiy fanda foydalanishi tarixi haqida hamda atrof-dunyoni tushuntirish uchun ularni ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar beradi.
Ayniqsa ushbu ilmiy sohada mutaxassis bo’luvchi talaba, misol uchun bo’lajak mutaxassislik mazmunini tushunish juda zarur, lekin bu diradagi bilimlar etarli emasligi bilan belgilanadi. U darslikdan eng qisqa va eng keraqli ma’lumotlarni olgandan so’ng uning ilmiy qoidalarini yanada chuqurroq o’rganishi va o’zlashtirishi talab etiladi. Bu ilmiy qoidalarni chuqur o’rganish esa birinchi manbalarni psixologiya muamolarini o’rgatuvchi, psixikaning faolligini qonun va qonuniyatlarini aniqlovchi olim-psixologlarning asarlaridan o’rganish mumkindir. Darslik talabani ma’lum ilmiy yo’nalishlarda asosiy maktablarning nomlari va ularning mualliflarini ko’rsatuvchi yo’lboshlovchi sifatida xizmat qiladi.
Darslikning ikkinchi vazifasi ushbu fan bo’yicha majburiy bilimlar doirasining belgilab berilishi hisoblanadi. Ularning kelib chiqishini chuqur ochib berish va to’la isbotlashga harakat qilmaydi. Talabaning vazifasi tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlardan o’zi tushunib olishi va darslikda yo’q narsani bilib olishi uchun ularni ma’lumot sifatida qabul qilishdir. Boshqacha qilib aytganda darslik agarda shartli ravishda gapiradigan bo’lsak, uning chuqurligi bo’yicha emas «kengligi» bo’yicha o’quv fani muamosida aniq yo’lni ko’rsatadi.
Darslik yodlab olish uchun mo’ljallangan emas, lekin masalalarni qisqacha bayon etilishi sababli u yoki bu bo’lim va paragraf, tushuncha yoki kategoriyalarni oxirigacha tushunmay esda olib qolinadi. Mantiqsiz yodlab olmaslik uchun matn bo’yicha konspekt tuzish davomida daftari chetida qaysi tushuncha oxirigacha tushunarli bo’lmay qolganining belgilab borishi kerak. Bunday yozuvlarni amalga oshirib borish rasmiyatchilik emas, chunki bilimlarni o’zlashtirish, psixologik qonuniyatlar nuqtai nazaridan u fikrlash amallaridan iborat bo’ladi, bu erda fikrlash amallarining hatto uchtasi mavjud: o’ylash, xulosa chiqarish, fikrlash o’qiganlarini tushunib olish uchun mavjud bilimlari etarli emas, degan xulosa va nihoyat tushunmagan savolga albata javob topishlik fikri bilan yozib borish asosida o’zlashtirishga yo’l esa ma’lumki fikrlash orqali boradi. Shunday qilib darslik talabaning ma’ruzada olingan bilimlarini chuqurlashtirib, ravshanlashtirib boradi va bir vaqtning o’zida o’rganilayotgan masalalarda tavsiya etilgan adabiyotlardan o’rganishga undaydi. Shu bilan birga asosiy qoidani esdan chiqarish kerak emas, yangi ilmiy tushunchalar bilan tanishayotgan hollarda ular hayotda nimani anglashini tushunib olish uchun ularga mos faktlarni atrofdagi odamlar psixikasidan izlash va topish kerak.
Talaba tomonidan darslikni to’g’ri o’qib borish yanada to’laroq ilmiy asosda axborotlarni tavsiya etilgan adabiyotlardan izlashga yo’naltirish kerak. Darslikning bunday yo’naltiruvchi ta’sir ko’rsatishi faqatgina adabiyotlarning keyingi o’rganishlariga sabab bo’lib qolmay balki, bunday o’rganishning yo’naltiruvchi asosi bo’lib xizmat qiladi.
Tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlarni o’qish bu fanni haqiqiy o’zlashtirishni ta’minlovchi talabaning mustaqil o’qish tizimining asosiy tashkiliy qismidir, bo’lajak kasbiy ishlariga mustahkam ilmiy asos yaratadi.
Albata, o’qish deganda uni oddiy tushunilmaydi. Ilmiy adabiyotlarni o’qish har doim ham badiiy adabiyotlarni o’qishdan qiyinroqdir. U turmush ko’rinishlari obrazlari ko’pincha to’la asoslarsiz, chunki fan sifatidagi mutaxassislarga barchasi tushunarli aniq qilib ilmiy xulosalar beriladi. Misol uchun psixologiyaning dastlabki kategoriyasi predmeti faoliyat hisoblanadi. Ma’lumki bu qoidani umumiy tanlanishi bilan birga uning mazmuni ko’pincha turlicha ko’rinishda bo’ladi. Bu kategoriyani tushunish qandayligi ko’rsatilgan. Keltirilgan fikrdan birinchi kurs talabasiga albata gap nima haqida borayotganini tushunib olish qiyindir. «Ma’lum» deganda biz birinchi kurs talabalarini emas olim psixologlarni nazarda tutib aytamiz, lekin turlicha tushuniladi deganimiz ular to’g’risidadir lekin, bu erda gap psixologik fanning boshlang’ich kategoriyasi sifatida predmet faoliyati haqida bormoqda bu to’g’risida talaba bilishi lozim. Amo bu parchadan ko’rinib turibdiki, ilmiy kitobni o’qishning o’zi aytilgan gapning mazmunini tushunish uchun etarli emas.
Bunday hollarda o’qituvchi yordam berishi kerak, u talabaning ongida asosiy ilmiy tushunchalarni shakllantiradi va bularni ma’ruzalarda amaliy mashg’ulotlar va konsultasiyalarda amalga oshiradi.
Talaba kitobni o’rganayotganda u albata bir alohida muhim keraqli fikrda o’qishni to’xtatib aytilgan iboraning mazmunini tushuntirmay betlar va bo’limlardan izlab topishga harakat qilmay o’qishda davom etaveradi, lekin ilmiy qoidani tushunib olish uchun u baribir ko’p urinishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari adabiyotni jiddiy o’qiganda kursning navbatdagi mavzularini tushunishga uning intellektual tayyorgarligi bo’lishi ilmiy asar muallif fikrlarini nazariy tushunchalarini bilishi lozim.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin