Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə25/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1. Mavzuni umumlashtiradi, xulosalar qiladi. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy mohiyatiga qaratadi.
3.2. O‘quv mashg‘ulotining natijalarini qayd qiladi. Talabalar mustaqil faoliyatining maqsadga erishganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
3.4. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: seminar mashg‘ulotiga mustaqil tayyorlanishlari uchun savollar

Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.



4-MAVZU: O’RGANISH VA O’QUV FAOLIYATI NAZARIYASI
Reja:

  1. Biogenetik nazariya va uning yo’nalishlari.

  2. Sosiogenetik nazariya: ijtimoiylashuv nazariyasi.

  3. Psixoanaliz nazariyasi.

  4. Psixodinamistik, kognitivistik va personologik nazariyalar.

Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog’liqligini dalillar asosida izohlab beradi. Ulardan birinchisi inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim-tarbiyaning ta’siri va uchinchisi odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta’siridir.


Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muhitda. Konkret ijtimoiy munosabatda, ya’ni ma’lum oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab o’sadi, shakllanadi.
Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyondasi sifatida va nihoyat, tashkil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi.
Shaxsning mohiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdan barcha psixik xususiyatlarini, ijodiy faolligining rivojlanish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Manna shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.
Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya, azaldan berilgan, genetik jihatdan qat’iy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Bu borada, birinchidan, shuni ta’kidlash kerakki, odam muhit ta’siri ostidagi passiv obyekt bo’lmay, balki faol mvjudotdir. Shuning uchun tashqi hayot sharoiti, tashqi ta’sir inson psixikasini belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo’lgan o’zaro ta’siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilaydi. Shu sababli muhitning ta’siri haqida emas, balki odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan faol o’zaro ta’siri haqida gapirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin