Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI
Muamoli talim jihatdan bir qancha afzalliklaga ega bo’ladi: 1) u o’quvchilarni mantiqiy, ilmiy, dialektik, ijodiy fikrlashga o’rgatadi;
2) u o’quv materialini ancha ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarningn etiqotga aylanishga ko’maqlashadi;
3) u, odatda, ancha tasirchan bo’lib, chuqur intellektual his-tug’ular, shu jumladan, shodiyona konikish tuyg’usini, o’z imkoniyatlari va kuchiga ishonish tuygusini vujudga keltiradi, shuning uchun u o’quvchilarni qiziqtiradi, o’quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiridi;
4) haqiqatning, qonuniyatning mustaqil «kashf etilishi» osonlikcha unutilmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham, ularni teziroq qayta tiklash mumkin.
Talim vazifasi ma'lum sharoitda aqliy faollikni vujudga keltirishga sabab bo’lishi mumkin. Psixologlar o’quvchilar faolligining manbai, xususan ularda mavjud bo’lgan tajriba (bilimlar, ko’nikmalar, malakalar) bilan bilishga oid o’quv vazifalarini hal qilish vaqtida ular oldida paydo bo’ladigan muamolar o’rtasidagi qarama-qarshiliklardadir deb biladilar. Bu qarama-qarshilik faol fikrlash faoliyatini vujudga keltiradi.
Masalan, o’quvchi bilishga oid biror masalani hal qilish kerak, biroq:
a) bu masalaning shartlari uni hal qilish yo’llarni aytib bermaydi va
b) o’quvchilarning avvalgi tajribasi masalani echishning hech qanday tayyor sxemasiga, mazkur holda tadbiq etsa bo’ladigan sxemaga ega emas. O’quvchi o’z tajribasida mavjud bo’lmagan yangi hal qilish sxemasini, harakat usullarining yangi tizimsini yaratish zarur bo’lib qoladi.
O’quvchilarning turmish tajribasi ilmiy bilmlarga tuknash kelishi yo’li bilan muammoli vaziyatlar paydo bo’lishi mumkin. Muamolik darajasi har xil bo’lgan topshiriqlarni turlicha ifodalash mumkin. Muamoli-evristik talim turli sifat darajalarida amalga oshirilishi mumkinligi matematika materiallari asosida (V.A.Krutetskiy) ko’rsatib berilgan. Muamoli evristik ta'limning taxminan uchta ketma-ket darajasini (yoki bosqichini) belgilab chiqish mumkin.