Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Balog’at yoshida tarbiyaning psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə54/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Balog’at yoshida tarbiyaning psixologik xususiyatlari
11 yoshdan to 14-15 yoshgacha bo’lgan davr balog’at yoshi hisoblanadi. Bu yoshda o’g’il va qiz bolalar tez o’sish, ulg’ayish pallasini boshdan kechiradi.Jismoniy o’sish, jinsiy yetilishruhiy dunyosida keskin o’zgarish ayni shu davrdan boshlanadi. Katta yoshdagi odamlar so’ziga bajonidil quloq solib kelgan o’g’il va qiz bu davrga kelib mustaqillikka intiladigan, kattalar talabiga binoan emas, o’z hohishi bilan ish qiladigan, ularning o’git-maslahatlariga tanqidiy munosabat bildiradigan bo’lib qoladi.
Lekin balog’at yoshiga yetayotgan bolalarning hammasini ham shunday deb bo’lmaydi. Ba’zi bir bolaning asab tizimi kuchli, muvozanatli, epchil bo’ladi. Hissiyot, kayfiyat, qiziqishlari va intilishlari jud o’zgaruvchan. Bunday bolalar begona odamlarga tez ko’nikib va kirishib ketadi, oldiga qoyilgan talab va sharoitlarga osonlikcha ko’nikadi. Turmush va o’qish malakalarini kam vaqt sarf qilib o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Ikkinchi bir turdagi bolaningsh asb tizimi kuchsiz, muvozanatsiz, sust bo’ladi. Bu turga mansub bola sezgir, lekin o’zini ushlay olmaydigan, tinimsiz, harakatchandir. So’z berdimi albata uni bajaradi, amo diqqatini bir faoliyat turidan ikkinchisiga ko’chirishdan ko’pgina qiyinchiliklarga uchraydi. Noxush holatlarni tez unitadi. Ruhiy dunyosida paydo bo’ladigan holat va jarayonlar sur’ati tez, ya’ni ularning almashinuvi qisqa fursatda amalga oshadi.
Uchinchi bir xususiyatga ega bo’lgan bolaning kayfiyati yorqin namoyon bo’lmaydi, shu sababdan uni kuldirish, jahlini chiqarish yoki umuman kayfiyatini buzish uni kuldirish, jahlini chiqarish yoki umuman kayfiyatini buzishi qiyin. Oila quchog’ida yoki maktabda hamma biror narsa yuzasidan qg’atiq kulgan mahalda ham vazminligicha qola beradi. Ko’ngilsiz hodisalar yuz berganda ham o’z tinchligini buzmaydi. Qilgan harakatlari kuchsiz, ifodasiz bo’ladi. Biroq g’ayrati, ishchanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bunday bolaning asabi kuchli, muvozanatli, lekin sust xususiyatga ega. Chidamliligi, turli sharoida o’zini tuta bilishi bilan hech mahal boshqa bolalarga o’xshammaydi. Harakatlarining sur’ati, nutqning darajasi past, ruhiy holatlari ichki kechinmalariga aylanib ketgan. «Ichimdan top» degan xalq iborasi shunday o’g’il va qizlarga mos keladi.
To’rtinchidan guruhga xos bolada sezgirlik xislati mavjud bo’ladi-yu, biroq asabi kuchsiz, faollikdan yiroqdir. Shuning uchun arzimagan narsadan ko’ziga yosh keladi. Bunday o’smir o’g’il va qiz juda arazchan bo’lib, biror ishni bajarishga botinib kirisha olmaydi. O’z kuchiga ishonchsiz, maktab, jamoat joylaridagina emas, balki oilada ham tortinchoqlik qiladi. Ozgina qiyinchilikka duch kelsa barcha narsadan voz kechib qoya qoladi. Sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga ishonchsiz hamda shubhali qaraydi.
O’smirlik yoshi davrida qarama-qarshi jinsga moyillik hislari paydo bo’ladi. Jismoniy kitobdar o’qitish, ichki dunyoga berilash, yolg’izlikka tortish, ishqiy kitoblar o’qish, kino tomosha qilish, katta yoshdagi odamlar so’ziga quloq solish tabiiy hol hisoblanadi. Shuningdek, bu yoshda o’g’il-qizlar o’zlarining tashqi qiyofalariga ko’proq e’tibor bera boshlaydilar. O’g’il bolalarda durustroq kiyinish, oynaga qarash ishtiyoqi tug’iladi. Qizlar ham oynaga ko’proq qaraydi, o’zlariga pardoz berishni, go’zal bo’lishni istaydi. Bu ham tabiiy holdir.
Chunki o’z tashqi qiyofasini tarbiya qilish insonga xos muhim hislatdir, shu boisdan uni inkor etish mumkin emas.
Balog’at davrida kattalik hissi vujudga keladi. Kattalarga, ularning nima qilayotganliklariga, o’zlarini qanday tutayotganligiga ko’proq razm sola boshlaydilar. Katta yoshdagilarning ularga nisbatan avvalgi yosh bolaga qilingan munosabatda bo’lishlari noxush his-tuyg’u uyg’otadi. Ota-onalar, o’qituvchilar bilan o’smirlar munosabatidagi nizoning bosh sababi ularning istak va hohishlari bilan kattalarning hisoblashmasligida sodir bo’ladi. Afsuski, ayrim-ayrim katta yoshdagilar o’smirning voyaga yetib qolganligiga e’tibor qilmaydilar, goho uning ulg’aydiganligini sezmaydilar. Kattalar tomonidan o’rinsiz tanbeh, kesatish, har bir narsani buyruq berish orqali bajarish hollari o’smirda yomon kechinmalarni keltirib chiqaradi.
Vohalanki, bu davrga kelib o’g’ilmi yoki qizmi uning voyaga yetganligini tan olib kattalarday muomila qilish lozim bo’ladi. Ularda tug’ilgan kattalarday ko’ngil ochish, sayr qilish, xushmuomilalik bilan foyda va zarar tomonlarini anglatib borish maqsadga muvofiqdir. Shunday payt ota-onalar, o’qituvchilar o’smir yoshdagi o’g’il va qizlarni mohirlik bilan qaryirib olmasalar, ular noto’g’ri yo’lga kirib ketishi, tarbiyasi safiga qo’shilishi mumkin. Keyinchalik bu yo’ldan, noxush xati-harakatlardan ularni qaytarib olish ancha mushkul bo’ladi.
Bolag’at davrida o’smirlarning ovqatlanishiga ham alohida e’tibor berish keark, chunki organizmidagi tinimsiz harakatlar modda almashinuvi kuchaytiradi. Organizmi ko’proq yuqori kuch-quvvatga ega vitaminlarga boy ovqat talab qiladi. Lekin achchiq, sho’r taomlar iste’mol qilish zararlidir. Tungi ovqat yengil va oz miqdorda iste’mol qilinishi zarur.
Balog’at davri murakkab va nozik davr hisoblanadi. Shuning uchun o’smirlarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda qat’iy ohang bilan farmoyish va buyruq berishdan voz kechib ishonch, maslahat yoki iltimos ohangida fikr almashib ish tutmoq tarbiyaviy jarayonda samarali natija beradi. Aksincha, buyruq mensimaslik salbiy qo’zg’alishlarni yuzaga keltiradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, mustaqil bo’lishga intilayotgan o’smirlar bu davrga kelib kattalarga hamisha tobe’ bo’lib yashashni istamay qoladilar. Shu sababdan ular ustida doimo nazorat qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki hamma narsa o’z meyorida bo’lgani ma’qul.
1997 yilda qabul qilingan Ta'lim-to’g’sidagi qonun va kadrlar tayyorlash Milliy dasturida shaxs kafoloti asosiy masala asosida e'tarof etilgan. Marhum Prezidentimiz I.A.Karimov «Iqtisodiy va siyosiy» sohalardagi barcha islohatlarimzning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir.
Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukamal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifii yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ruyobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan bo’lib qoladi, degan edilar.
Maktab jamiyatning ijtimoiy institutlardan biri. Maktab jamiyatning buguni emas, balki kelajakka yunaltirilgan rivojini belgilaydi. Maktabning maqsadi ta'lim va tarbiyadir.
O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O’quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon buluvchi uzluksiz jarayondir. Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o’quv faoliyatida usishini ta'kidlaydi.
D.B.Elkonin esa o’quv faoliyatining xususiyatlarini kuzatib, mohiyatiga, mazmuniga va o’zini namoyon bulish shakliga ko’ra ijtimoiyligini ta'kidlaydi.
O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o’quvchida o’zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan bo’lishi darkor. Bu motivlar bevosita o’quvchi shaxsining usishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. O’quv faoliyati ta'lim, o’qish va o’rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog’liqdir. Ta'lim o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi o’quv faoliyati, o’qituvchining bilim, ko’nikma va malakalarini o’quvchilarga o’rgatish jarayonidir.
Ta'lim jarayoni bevosita muayyai axborotni, harakatlarni, xulq-atvorning shakllarini o’zlashtirishga qaratilgandir. O’qish va urgatish tushunchalari o’quv faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga, o’rgatishga xizmat qiladi.
O’quv faoliyatining besh elementi mavjud:
1. O’quv motivlari,
2. O’quv topshiriqlari.
3. O’quv harakatlari.
4. O’qituvchining nazorati.
5. O’qituvchining baholashi.
D.B.Elkoninning ta'kidlashicha, o’quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asga-syokinlik bilan o’quvchining o’ziga o’qituvchining ishtiroqisiz mustaqil bajarish uchun o’tkazilishidir.
Ta'lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo’lib, u o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta'lim jarayoni besh elementdan iborat:
1. Ta'limnshg maqsadi - nima uchun o’qitish kerak?
2. Ta'limning mazmuni - nimaga o’qitish kerak?
3. Ta'limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo’llari.
4. Ta'lim beruvchi.
5. O’quvchi.
Ta'lim jarayonini tashkil etish ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo’lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o’zlashtirilishi:
- faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining o’zlashtirilishiga;
- maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to’g’ri tanlash va foydalanishga bog’liq.
Ta'lim va ta'lim jarayonida bolani rivojlanish muamosi psixologik markaziy masalalardan biridir. Ta'lim va rivojlanish muamosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan biri.
1.Aqliy xatti-Harakatlar, bilimlar, malaka va ko’nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Gal'perin).
P.Ya.Galperin nazariyasi bo’yicha bilimlarni o’zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga:
1. Motivatsiya.
2. Tushuntirish.
3. Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish.
4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.
5. Bajariladigan xatti-harakatlarnya ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.
6. Faoliyatni fikran bajarish qiradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin