-hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini
egallaganligi;
-maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
-o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi;
-o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini
bilishi;
-ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.
3. O‘z kasbiga xos xislatlari: -milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;
-zamonaviy maktabda olib boriladigan o‘quv tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarning taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda boshqara olishi;
-pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;
-bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini
rejalashtirishni bilishi;
-o‘z maqsadlarini rejalashtira olishi;
-o‘zining ta’lim tarbiyaviy ishlariga tayyorlanish tizimini
rejalashtira olishi.
5. Tashkilotchilik malakalari:
turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
-bolalarni nimalardir bilan qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
-amaliy masalalarni hal etishda o‘zini bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olishi.
6. Komunikativ malakalari: -bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;
-bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;
- bolalarni jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;
-bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilishi.
7. Gnostik malakalari:
bolalarning asab psixik taraqqiyot darajasini aniqlay bilishi;
o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyat natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
-boshqa o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;