Psixologik jurnal. Unda auditoriyadan tashqari turli xil ishlar haqida ma’lumotlar, biror-bir muamoni muhokama qilish, o’quvchilar savollariga javoblar, turli pedagogik va psixologik masalalar, hamda yangi qiziqarli psixologik faktlar bo’lishi mumkin. Boshqa gazeta, jurnallar, kitoblar maqolalardan foydalanish mumkin. O’quvchilar qiziqishini jalb etish uchun jurnalning bir sonida tushuntirish bermasdan va o’quvchilarga ular haqida o’ylab ko’rishni, ularni o’zlari tushuntirib berishlarini taqlif qilingan faktni keltirish lozim. Jurnaldagi faktlarni tushuntirish uchun foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlarni keltirish kerak. Keyingi sonida talabalarning o’zlari topgan javoblarini keltirish lozim.
Auditoriyadan tashqari ishlar psixologiya o’qituvchisidan ko’p vaqt talab etib, talabalarning psixologik bilimlarini o’zlashtirish ishlarida juda samaralidir.
1.Ta’lim jarayoni haqida qisqacha tushuncha.
2.Ta’lim jarayonida kuzatuvchanlik va tafakkur tarkib toptirish.
3.Ta’lim jarayonida xotira.
4.Ta’limda diqqat va qiziqishlar.
5.Ta’limda irodaning roli.