Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. Malaka



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə163/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko’nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo’lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko’ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko’nikmalar faqat oson payqash mumkin bo’lgan harakatchan bo’lmaydi, balki fikrlovchi, sosial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo’ladi. Avtomatizmdan iborat bo’lgani holda ko’nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o’z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko’nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo’la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozisiyalar va b. ni chalkashtirib qo’yishdan qo’rqadi).
Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy yechim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o’z salohiyatini o’stirish, shaxsiy o’sishi, sosial yetuklikning shakllanishi tomon harakatlanishi yo’nalishini ko’rsatadi.
Munosabatning o’zgarishi (deformasiya) – bu munosabatlardagi shunday o’zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog’lig’iga, ularning obro’siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. O’zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning do’st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni masxara qilishayotganligi va ko’plab boshqa narsalarni anglay boshladim.
Mazmun – bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir obyekt o’rtasidagi munosabatni xira bo’lsada anglash va subyekt hohishlariga ko’ra paydo bo’ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yo’q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo’lib tuyulgan yumush (o’ra qazish) yollangan yer qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni yechish, tasodifiy yo’lovchi uchun esa piyodalar yo’lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg’unchilik mazmuniga ega bo’lib tuyuladi.
Me’yor – obyektning sifat va miqdoriy jixatlari o’zaro bog’liqligini anglatadigan, mazmukn va shakl imkoniyat va voqyeilik o’rtasidagi zaruriy uyg’unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o’zaro bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin