Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI
Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim: a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirish;
b) xayrixohlik, odamlarga xurmat, mehr-shafqat;
v) kattalarni xurmat qilish, e'zozlash;
g) muloyimlik;
d) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur;
e) kichik yoshdan mehnatsevarlik;
j) jismoniy baquvvatlik;
z) ahlok-odoblilik;
i) oilaparvarlik;
k) ayollarga xurmat;
l) o’zaro hamkorlikka intiluvchanlik.
Ma'lumki, yoshlarning ma'naviy-aHloqiy tarbiyasi bilan oila, maxalla, ta'lim muassasalari, omaviy axborot vositalari, xuquqni muxofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shug’ullanadilar.
Tarbiya jarayoni barcha ishtiroqchilarining bahamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina o’zining ijobiy natijalarini berishi mumkin. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish vazifalari ana shuni taqozo qiladi.
Tarbiya shaxsni shakillantirish maqsadiga qaratilgan va unda hayotiy e’tiqod va xis-tuyg’ular, ma’naviy xulq-atvor hosil qilish jarayonidir. «Ta’lim-tarbiyani yangi zamon talablari darajasiga ko’tarish o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizning porloq kelajagini garmonik o’stirish imkoniyatini yaratish» (I.Karimov Uzb.R Prezidenti, Oliy Majlisning IX ses.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi) xozirgi kunning asosiy masalasidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi shuni nazarda tutadiki, boshqa muqim masalalar katorida Milliy kayta tiklanish mafkurasi va jamiyat boyliklari asosida o’quvchilarni ma’naviy va axloqiy xislatlarini ustirish, o’quvchilarning xulq madaniyatini shaklantirish, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish orqali xaqiqiy inson qilib tarbiyalash lozim.
Hozirgi zamon tarbiyasining maqsad va vazifalari avvalo, yoshlarni chinakam ma’rifatli kishi qilib, inson qadrini, milliy qadriyatlarini o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egalaydigan fidoyi insonni tarbiyalashdir.