Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə75/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:

  • shaxsning jamoatchiligi va kasbiy yo‘nalishi;

  • pedagogik mahorat va qobiliyati;

  • xarakterning psixologik xususiyatlari;

  • bilish faoliyati;

-o‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti;
Professiograma yoshlarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Pedagoglik kasbi ma’lumki har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdagi yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faollik bilan shug‘ullanishga moyil oqibat natijasida esa pedagogik qobiliyatga ega bo‘lgan kishilargina erisha oladi.
Qobiliyat - bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Pedagogik qobiliyat - bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko‘rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyat tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Didaktik qobiliyatlar - bu bolalarga o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin o‘quv materialini osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq tushunishi qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib o‘quvchilarga moslashtirib bera oladi.
Akademik qobiliyatlar - matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir. Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini faqat kurs xajmidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzatib borib, o‘quv materialini mutlaqo erkin egallab unga katta qiziqish bilan qaraydi, hamda ozgina bo‘lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota olishi uchun yuksak madaniyatli, har tomonlama keng bilimdon bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin