Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə95/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Savol va javob kechalari. Ana shunday kechalar auditoriyadan tashqari ishlarni boshlashda foydali, chunki talabalar savollariga javob berib, psixologiya o’qituvchisi shu bilan psixologiya sohasida chuqur ishlash keraqligini ko’rsatadi va shu maqsadda to’garak tashkil etishni taqlif etadi. Talabalarni yozma holda bergan savollarini oldindan guruhlariga ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Bu savollarning ba’zilariga o’qituvchining topshirig’i va yordami bilan talabalar o’zlarini tayyorlashlari mumkin.
Psixologik to’garak. To’garakda ishtiroq etib talabalar ma’ruzalar va referativ axborotlar berishlari mumkin. Hisobot va axborotlar mavzulari psixologiya kursi dasturi mavzularini takrorlamasligi kerak. Ularda dasturga kiritilmagan, lekin talabalarning turli hayotiy faktlar bilan duch kelganlarida ilmiy tushunchaga ega bo’lmagan va shuning uchun ko’pincha noto’g’ri talqin etiladigan savollarni yoritish kerak. Bularga misol qilib, shularni ko’rsatish mumkin: «Tush va tush ko’rish», «Ta’sir ko’rsatish, o’zini ishontirish va gipnoz», «Psixikaning sirli hodisasi», «Shaxs va aql», «Hayvonlar aqllari». To’garaqlarda misol uchun, ana shu savollarni qo’yish va muhokama qilish mumkin:

  • Psixikaga doir materialistik va idealistik qarashlar.

  • Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi bo’yicha yangi ma’lumotlar.

  • Ijodiy faoliyat psixologiyasi (bu savol yoshlarni har doim qiziqtirib kelgan).

  • Tibiyot psixologiyasi masalalari (bu erda inson psixikasi psixologik o’zgarishining ba’zi ko’rinishlarini ko’rib chiqish mumkin).

  • Shaxs irodasi va xarakteri shakllanishi bilan bog’liq savollar.

To’garakda ishlashga qiziqish odatda xotirjam erkin vaziyatda psixologiyaga doir savollari, talabalarni qiziqtirgan muamolar, ularga yangi bilimlar beradigan masalalarni o’rganib chiqish bilan yuzaga keladi. Talabalarning hisobotlarini muhokama qilish jarayonida yangi savollar paydo bo’ladi, ular to’garakning keyingi mashg’ulotlarida muhokama qilinadi. Shu bilan birga bahslashishdan qochish kerak emas. Ba’zi savollarni bilib turib muhokamaga qo’yish kerak. Bunday tortishuvlar talabalar himoya qilayotgan qoidalarni mustaqil ravishda chuqur o’rganib chiqishni talab etadi. Tortishuvlar aqlning tanqidiyligi va o’tkirligini rivojlanishiga yordam beradi, shuningdek, kitoblarga murojat etish, qo’yilgan savolga javob izlash, muamoni isbot qilish, taqqoslash va muhokama etishga chorlaydi. Lekin bahslashuvga yaxshi tayyorlangan bo’lishi, bahs ishtiroqchilari esa o’z chiqishlarini oldindan tayyorlashi kerak.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin