II Bo‘lim. Fanning xususiy metodikasi Musiqa nazariyasi fanining o‘qitish metodikasi quyidagi muhim tamoyillarga asoslanishi lozim:
- fanni o‘qitish jarayonida musiqani bevosita idrok etish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Maqsadga yo‘nalgan didaktik mashqlar musiqiy-texnik ravishda bajarilishi, xar bir mavzu o‘rganilayotgan musiqiy hodisani (interval, lad, akkord, modulyatsiya, garmoniyalashtirish, shakl va x.k.) namoyon etishdan boshlanishi, ularning musiqiy mohiyatini musiqiy eshituv qobiliyat orqali anglanishi zarur.
Fanga oid qoidalar va qonuniyatlar, tushuncha va atamalar ta’rifi va talablari - musiqiy namunalar chet el mamlakatlari va O‘zbekiston xalqlari musiqiy merosi va kompozitorlik ijodidan keltirilishi maqsadga muvofiq;
- fanning tarkibiy kurslari (Musiqa nazariyasi, Garmoniya, Muasiqa asarlari tahlili, Solfedjio), xar birining o‘ziga xos vazifalari va mazmuni saqlangan holda, o‘zaro metodologik va uslubiy aloqada o‘qitilishi lozim;
- mazkur fan cholg‘u va vokal ijrochiligi kabi fanlar bilan uzviy birlikda va uyg‘unlikda olib borilishi kerak.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakliva mazmuni O‘rganilayotgan fan bo‘yicha talabalarga mustaqil ishni tashkil etish uchun quyidagi ish shakllari tavsiya qilinadi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalardagi tegishli bo‘lim va mavzular konspektini tuzish;
berilgan asarninggarmonik shakliy tahlilini qilish;
berilgan tovushdan yoki tonalikda tuzilgan diatonik va xromatik gamma, sekvensiya, interval, akkordlarni aylanmalari va yechilishlari bilan intonatsiyalash hamda akkordlar ketma-kenliklarini kuylash;