Fanining maqsadi va vazifalari
“Musiqa nazariyasi (garmoniya, musiqia asarlar tahlili)” kursining maqsadi – talabalarda musiqiy ifodalilikka nisbatan ongli tafakkurni tarbiyalash va ularni idrok etish qobilyatini hosil qilish; talabalarning musiqiy dunyoqarashini, idrokini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-estetik didini to‘g‘ri yo‘naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish; talabalarni musiqa o‘qituvchisi sifatida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilar:
talabalarga musiqiy ifodalilikning asosiy vositalarini tushunib yetishishlarida chuqur bilimlar berish hamda musiqiy-texnik ko‘nikmalarnio‘rgatish
amaliy ishlardagi nota matnini o‘qish jarayonini mukammallashtirish va ovoz intonatsiyasining sofligiga erishish
musiqiy asar shaklining tuzilishidagi asosiy qonuniyatlari, muhim musiqa elementlari, musiqiy rivojlanish printsiplari, shakldagi qismlar funktsiyasi bilan talabalarni tanishtirish va turli xil musiqiy shakllarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish
kompozitorlik ijodining ahamiyatli masalalari va asosiy muammolari bilan yaqindan tanishtirish hamda musiqa tizimi va unda muhim o‘rin egallagan garmoniya haqida aniq tushunchalar berish;
talabalarning musiqiy fikrlash, musiqiy eshitish, sof intonatsiyani xis eta olish qobiliyatlarini va musiqiy xotirasini shakllantirish, ularda lad, ritm, sur’at va uslub tuyg‘usini tarbiyalash hamda o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
Talaba:
- musiqiy tizim, tovush, lad, tonallik, interval, akkord, alteratsiya, xromatizm, modulyatsiya, kuy;
- xalq ladlari, turli xil major va minor gammalar, kvarta – kvinta doirasi, intervallar, akkordlar, transpozitsiya, tonalliklar pog‘onadoshligi, xromatizm, xromatik gamma, modulyatsiya va og‘ishma, musiqa bezaklari, mavzular bo‘yicha quyidagi ayrim elementlar; garmoniyaning asosiy qonun qoidalarini, akkordlar imkoniyatlarini, stilitsik hususiyatlarini bilishlari, musiqa asarlarini garmonik tahlil usullari: musiqa shaklining eng muhim asoslari;
musiqiy shaklning muhim elementlari; musiqaning asosiy rivojlantirish printsiplari; shaklning qismlari funktsiyasi; bayon etish turlari va har bir shaklning tuzilish qonun-qoidalarihaqidagi bilimlarga ega bo‘lishi.
major va minorlarning tabiiy, garmonik, melodik gammalarini, tovushdan va tonallikda Intervallarni, akkordlarni yechimlarini, har xil tovushlardan xalq musiqa ladlari tovushqatorlarini, berilgan tonallikda intervallar va akkordlar ketma-ketligini, diatonik sekvensiyalarni, major va minor xromatik gammalarini yozma ravishda tuzish va fortepianoda chalish;
O‘tilgan akkordlarni to‘rt ovozli tuzilmada turli xil tonalliklarda tuzish va yechib berish, akkordlarni qo‘shishda qonun-qoidaga binoan amal qilish, berilgan akordlar bellgilanishlariga qarab akkordlar ketma-ketligini tuzish va fortepianoda ijro etib berish, musiqiy asar shaklining qismlarni aniqlash; uning kuy, garmoniya, ritmlarni o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatish; musiqa shaklida rivojlantirish printsiplarini bilib, tahlil qilinayotgan asarda ularning ahamiyatini ko‘rsatib, har xil tipdagi shakllarning o‘ziga xos xususiyatlar usullarini ajratish;
intervallar, akkordlar, gammalar tuzish; uncha katta bo‘lmagan musiqa asarlarining ladi, tonalligi, obrazlar xarakterini aniqlab tahlil qilish: berilgan kuy yoki basni garmoniyalash, garmonik ketma-ketliklarni davriya shaklida chalib berish, oddiy shakldagi asarni yoki asar parchasini garmonik tahlil qilish; - berilgan musiqiy asarda shaklning turi, bayon turi, shakldagi yirik belgilarning raqamli sxemasi; har-bir asosiy qismning tahlili va ularning bir-biriga umumiy bog‘lanishini tahlil qilishi; musiqiy mavzular tarkibi, ularning bir xilligi yoki qarama-qarshiligi, xarakteri va mazkur xarakterga erishish vositalaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak solьfedjioning nazariy va amaliy ahamiyati;
turli xil major va minor gammalar, kvarta-kvinta doirasi, intervallar, akkordlar, xalq ladlari, transpozitsiya, tonnalliklar pog‘onadoshligi, xromatizm, xromatik gamma, modulyattsiya va og‘ishma, kuyni ayrim elementlar o‘zaro musobatlari, ko‘pincha xalq musiqa ijodidan keng o‘rin olgan lad-garmonik vositalarining qonuniyatlari, asarning ibora, jumla va boshqa qismlarga bo‘linishi haqida bilishi turli hildagi major va minor gammalar, intervallar, akkordlar, xalq ladlarini tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |