Samarqand davlat universiteti



Yüklə 38,85 Kb.
səhifə7/11
tarix10.06.2022
ölçüsü38,85 Kb.
#61140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mus.Naz. FAN DASTUR

Gomofonik shakllar

Eng oddiy tuzulishdagi davriya. Davriyaning tarkibiy qismlari. Davriyaning turlicha murakkablanishi. Davriya mustaqil shakl sifatida.




Oddiy ikki qismli shakl

Reprizali oddiy ikki qismli shakl. Repriza bilan kelgan ikki qismli shakl. Ikkinchi qism.Shakl o’rtasi (o’rta qism). Reprizasiz ikki qismli shakl. Ikki qismli shakilda muqaddima va xotima


Oddiy va murakkab uch qismli shakllar

Oddiy uch qismli shaklning barcha qismlari. Soxta, static va dinamik reprizalar. O’rta qismi kontrastlangan oddiy uch qismli shakl, uch qismli yaxlit shakl, qismlarning takrorlanishi, muqaddima va xotima. Qismlararo, chekka va o’rta qismlar orasidagi kontrastlar xarakteri, trioli uch qismli shakl. Murakkab uch-besh qismli shakl, oddiy va murakkab uch qismli shakllar orasidagi shakl.


Mavzu va variatsiyalar (variatsion shakl)

Basso ostinato ga variatsiyalar. Qat’iy variatsiyalar. Variatsiyalash metodlari va joylashish tartibi. Qat’iy (ornamental) variatsiyalar namunasi, erkin variatsiyalar. Shuman va Glinka ijodida variatsiyalar. Qo’shaloq variatsiyalar.




Rondo
Rondoning kelib chiqishi, eskicha rondo. Bosh partiya. Lavhalar. Yetuk klassitsizm rondosi. XIX asrda rondoning rivojlanishi. Qo’shaloq shakllar.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish
bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Ushbu fanni asosiy mazmunlarini talabalar ma’ruzalar kursida o‘zlashtiradi. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida muammoli, noan’anaviy mashgulotlar turlari tarqatma materiallarini tayyorlash, amaliy mashgulotlar ma’ruzalarining mantiqiy davomi bo‘lib, ularda talabalar ma’ruzalar kursida o‘zlashtirilgan bilimlarini mustaxkamlaydilar; tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘rganadilar.


O‘qituvchi nazariy materialni musiqa asarlaridan olingan misollarni namoyish qilish orqali bayon etadi.
Laboratoriya mashg`ulotlar asosan uch ko‘rinishda bo‘ladi: yozma ishlar, og`zaki-so‘rov, fortepianoda mashqlar.
Mavzular kursini o‘rganish davomida asosiy diqqatini fortepianoda ijro etilishi zarur bo‘lgan mashqlarga qaratish lozim. Ushbu kursni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun, shuningdek, notali asarni tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish zarur, chunki u asar mazmunini yanada chuqurroq ochishga imkon beradi.
Kursni olib borishda musiqani ijro etish bilan bevosita bog`lanishi lozim. Kursning ayrim qoidalarini misollar asosida ko‘rsatish maqsadida ishlatiladigan mumtoz musiqanining eng yaxshi namunalaridan iborat bo‘lishi kerak.
O‘zbek xalq qo‘shiqlari va o‘zbekiston kompozitorlari asarlaridan keng foydalanish kerak.



Yüklə 38,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin