Samarqand davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik va Biatexnalogiyalar Universiteti
,,Hayvonlar fizialogiyasi’’
Fiziologiya (yun. physis — tabiat va...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga. javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (qarang Filogenez) va xususiy rivojlanish (qarang Ontogenez) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi.
F,— eksperimental fan. Fiziologik tadqiqotlar oʻtkir (viviseksiya, ajratilgan organlar, perfuziya metodlari) yoki surunkali eksperimentlar (shartli reflekslar metodi, fistula qoʻyish, transplantatsiya, elektrodlar kiritish va boshqa metodlar) yordamida oʻtkaziladi.
Yaxlit organizm funksiyasini oʻrganishda elektroensefalografiya, elektrokardiografiya, miografiya, biotelemetriya metodlaridan foydalaniladi.
F. sohasidagi dastlabki maʼlumotlar tibbiyot bilan bogʻlangan boʻlib, qadimdan maʼlum. Gippokrat ishlaridayoq organizmdagi suyuklik, suyuq va quyuq moddalar nisbati toʻgʻrisida xabar beriladi. Aristotel "Hayvonlar qismlari toʻgʻrisida"gi asarida bir qancha ichki organlar funksiyasi toʻgʻrisida yozadi. Galen ishlarida F.ga katta ahamiyat berilgan. U. nerv sistemasi, yurak va boshqa organlarning umumiy funksiyasi toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Uygʻonish davrida dastlab organizmlar har xil sistemalarining anatomik tuzilishi, keyinchalik fiziologik funksiyasi jadal oʻrganila boshlandi (A.Vizaliy, M.Malpigi va boshqa ishlari). Hayvonlar ustida keng miqyosda tadqiqotlar olib borilishi natijasida U. Garvey kon aylanish sistemasini ochdi (1628); R.Boyl hayvonlar hayotida havoning ahamiyatini koʻrsatib berdi (1660); A.Lavuazye bu jarayonda kislorodning ahamiyatini aniqladi va hosil boʻladigan issiqlik miqdorini oʻlchadi (1775). R.Dekart miya funksiyasining qaytarish (reflektorlik) xususiyati toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirdi (1649); uning bu fikrini 2 asrdan soʻng fransiya olimlari J.Legallua, P.Fluransa, F.Majandi, ingliz olimi M.Xoll va Ch.Bella tajribalar orqali tasdiklashdi. F.ning rivojlanishida L.Galvanining organizmlardagi bioelektrik jarayonlarni kashf etishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu kashfiyot tufayli zamonaviy elektrofiziologiyaga asos solindi.
19-asrdan boshlab fizika, kimyo va umumiy biol. sohasidagi kashfiyotlar (toʻqimalarning hujayraviy tuzilishi va evolyutsion taʼlimotning yaratilishi) tufayli organizmlar funksiyasini batafsil oʻrganish boshlandi. 19-asrda miyaning reflektorlik faoliyati mexanizmini oʻrganishga asos solindi; bu borada I.M.Sechenovnchng markaziy tormozlanish tabiatini oʻrganish sohasidagi ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi; bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining sensorlik va oʻtkazuvchanlik funksiyalari toʻgʻrisida dalillar olindi (nemis olimlari G.Fricha, E.Gitsiga ishlari); eshitish va koʻrish taʼlimotlari yaratildi (nemis olimlari G.Gelmgolts, E.Gering); nafas olish va yuraktomir faoliyatining nerv regulyatsiyasi aniqlandi (ingliz olimi K.Bernar, nemis olimi K.Lyudvich, ukrain olimi V.Ya.Danilevskiy, A.A.Mislavskiy ishlari); ovqat xazm qilish faoliyatining fermentativ mexanizmlari, ularning nerv va gumoral boshqarilishi yoʻllari ochib beridsi (nemis olimi R.Geydengayn, rus olimi I.P.Pavlov); ichki sekretsiya bezlari kashf qilindi va fiziologik funksiyalarning boshqarilishida gormonlar ahamiyati ochib berildi (fransuz olimi Sh.BrounSekar); qonning transport va himoya funksiyasi koʻrsatildi; organizm ichki muhitining doimiyligi (gomeostaz) va uning mexanizmlari toʻgʻrisidagi tushunchalar shakllandi (K.Bernar, I.I.Mechnikov).