Mavzu:Kavshovchi hayvonlarda kavsh qaytarishning ahamiyatini o’rganish
Kavsh qaytaruvchilar, kavshovchilar (Ruminantia) — juft tuyoqli sut emizuvchilar kenja turkumi. Koʻpchiligining oshqozoni toʻrt boʻlim: katta qorin, tur qorin, qatqorin va shirdondan iborat; baʼzi bir K.q.da qatqorin yoʻq. Yaxshi chaynalmagan oziq katta qoringa, bu yerda maydalanib, toʻr qoringa va soʻngra qayta chaynash uchun ogʻizga qaytariladi. K.k.da oziq tishlar jagʻda chuqur oʻrnashgan, yuqori jagʻida kurak tishlar yoʻq. Oyoqlarining 3- va 4- barmoqlari ancha kuchli rivojlangan. K. q. 5 oila 76 urugʻga mansub 180 turni oʻz ichiga oladi. K.q. ning yovvoyi turlari. Avstraliya, Madagaskar va Antil orollaridan tashqari, hamma yerda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda muflon, alqor, saygʻoq, jayran, morxoʻr va b. uchraydi. Xoʻjalikda katta ahamiyatga ega; asosiy chorva mollari sifatida goʻshti va suti uchun boqiladi; yovvoyi turlari goʻshti va terisi uchun ovlanadi.[1]
Qadim zamonlardan buyon kishilar xonaki hayvonlarni tana tuzilishiga qarab baholanganlar, asosan shu ko‘rsatkich bo‘yicha hayvonlarni urchitishga qoldirganlar. Tana va uning qismlari yaxshi rivojlangan, kelishgan hayvonlarni urchitishga qoldirish, ularning mahsuldorligini oshirishga sabab bo‘lgan, ya’ni yelini mutanosib rivojlangan, hajmdor bo‘lsa sersutlikka sabab bo‘lgan yoki juni o’sgan va mayin bo‘lsa serjunlikni ta‘minlagan va hokazo. Lekin bu jarayon ongli kechmagan. Bejiz mashxur turkman shoiri “bir bedovni saylab olar bo’lsangiz siynasi, sag‘rini kelishin ko’ring“ demagan.
Keyinchalik hayvonlarni tana tuzilishi maqsadli tanlash orqali amalga oshirilib o‘zi uchun kerakli tana tuzilishiga mos mahsulot yo‘nalishidagi hayvonlarni shakllantirishga erishadilar, sut va go’sht yo‘nalishidagi qoramollar; salt miniluvchi va og‘ir yuk tortuvchi otlar; jun, barra teri, po‘stinbop teri, go‘sht-yog‘ beruvchi qo‘ylar; go‘sht va yog‘ yo‘nalishidagi cho‘chqalar; tuxum va go‘sht yo’nalishidagi parrandalar va hokazo.
Eksterer –tashqi tuzilishi(tashqi shakl) bo‘lib, hayvonlarda ma‘lum sharoitda irsiyat ta‘sirida shakllanib, yoshi ulg‘ayishi bilan o‘zgaradi. Hayvonning tashqi tuzilishi, uning tanasining ayrim qismlarini rivojlanishiga qarab qaysi mahsuldorlik yo‘nalishiga mansubligini aniqlash imkonini beradi.
Masalan :
A) sut yo’nalishidagi qoramollarda go’shtdor qoramollarga nisbatan muskul va yog’ to’qimalari yaxshi rivojlangan. Tanasi uchbuchak, ba’zi suyaklari bo’rtib turadi, teri yupqa burmali, egiluvchan, oson tortiladi. Ularda sut hosil qilish a’zolari va qorni juda yaxshi rivojlangan. Boshi uzun va tor. Kuragi unchalik yaxshi rivojlanmagan(eni torroq). Oyoqlari mustahkam, to’g’ri qo’yilgan, go’shtdor qoramollarga nisbatan biroz uzunroq bo’ladi.
B) go’shtdor qoramollar tanasi chuqur va keng, kuchli rivojlangan muskul va teri osti qatlamiga ega. Terisi yumshoq, nozik. Boshi yengil, kalta, keng. Buyni kalta, yo’g’on. Ko’kragi keng va chuqur. Yag’rini, beli, biqini uzun, keng va go’shtdor. Orqa qismi uzun, keng, tekis bo’lib muskullar bilan to’lishgan. Oyoqlari kaltaroq bo’lib, keng qo’yilgan, ko’pincha biroz egilgan bo’ladi.
Hayvonlar ekstereri ularning yoshi, jinsi asosida alohida tana qismlarining rivojlanishiga qarab quyidagi usullar yordamida aniqlanadi: ko’z bilan chamalab, o’lchash, tana indekslarini hisoblash, grafik va rasmga tushirish bilan o’rganiladi.
Ko’z bilan chamalab baholashda tananing mutanosibligi va alohida tana qismlarining rivojlanishi, umumiy ko’rinishi aniqlanadi. Bu yo’l bilan hayvonning o’z mahsulot yo’nalishiga mosligi va foydalanish imkoniyatlari belgilanadi. Ushbu usulning kamchiligi uning sub’yektivligida, ya’ni hayvonning barcha ijobiy va salbiy belgilarini aniq baholash imkoniyati yo’q. Ko’z bilan chamalab baholashda punktir yoki ball tizimi ancha aniq hisoblanadi. Sut va sut-go’sht yo’nalishidagi buqalarning 5 yoshgacha har yili, 1 va 3 laktatsiya yoshidagi sigirlarni laktatsiyasining 2-3 oylarida baholanadi. Agar hayvon hayoti davomida ekstereri bo’yicha baholanmagan bo’lsa navbatdagi bonitirovka davomida baholanishi mumkin. Buqalarni ekstereri bo’yicha 30 ballik, sigirlar 10 ballik shkala asosida baholanadi. Yosh qoramollar ham 10 ballik shkala bo’yicha baholanadi. Tanani alohida qismlarga bo’lib o’rganish ko’z bilan chamalab baholash samaradorligini oshiradi. Qoramol tanasi quyidagi tana qismlariga bo’linadi: boshi va buyni, ko’kragi, yag’rin va beli, tananing o’rta qismi, orqasi, yelin va so’rg’ichlar, oyoqlar. Shu qismlarning ijobiy ko’rsatkichlari va nuqsonlarini jamlash natijasida ekstererga bus-butun baho berish mumkin.
Qoramollarning ekstererini o’rganishda ularning tana qismlarini o’lchash bilan aniq ma’lumotlar olish mumkin. Asosiy o’lchamlar: yag’rin balandligi, bel balandligi, dumg’oza balandligi, o’tirg’ich do’ngliklari balandligi, ko’krak kengligi, ko’krak chuqurligi, tananing to’g’ri uzunligi, tananing qiya uzunligi, yonbosh suyaklari kengligi, ko’krak va kaft aylanasi. Ushbu o’lchamlar Lidtin tayog’i, Vilkens sirkuli va o’lchov lentasi yordamida olinadi. O’lchamlarni to’g’ri olish ularning o’lchash nuqtalarini aniq bilish va asbobdan oqilona foydalanishga bog’liq. Hayvon to’g’ri, xolis, erkin tekis joyga qo’yilib o’lchanadi, uning asosida u yoki bu tana qismining rivojlanishi haqida fikr yuritiladi.
Tana indekslarini hisoblash asosida uning xususiyatlarining yaqqol foizlarda ifodalanadi. Tana indeksi deb bir yoki bir necha o’lchamning boshqa o’lchamga nisbatini foizlarda ifodalanishiga aytiladi. Indeks ko’rsatkichiga qarab har bir tana qismining rivojlanishiga xolis baho berishi mumkin. Qoramollarda 10 tana indekslari hisoblab chiqarildi.
Grafik usulda hayvonlarning tana o’lchamlari ko’rsatkichlari bir-biriga solishtirib chizgida ifodalanadi. Ushbu usul ayrim hayvonlar, guruh, poda, yo’nalish, qator, oila, zot hayvonlarning eksterer xususiyatlarini solishtirib ko’rib xulosa chiqarish imkonini beradi.
Rasmga tushurish asosida hayvonning tana tuzilishi xususiyatlarini xohlagan mahalda o’rganish mumkin. Ayniqsa buqalarni avlodlarining mahsuldorligi boyicha baholashda yosh buqachalar kata miqdorda urug’ olib muzlatilib o’zlari go’shtga topshirilib yuboriladi. Qizlarning mahsuldorligi hisoblangandan keyin buqa yaxshilovchi deb tan olinsa, sigirlarga juftlashda rasm asqotadi.
Ekstererning o’zgarishi hayvonning yoshiga, jinsiga, oziqlantirish va saqlash sharoitiga bog’liq. Chirvinskiy-Maligonov qonuniyati-ma’lum davrda yetarli oziqlantirmaslik shu davrda jadal o’sadigan a’zo va qismlarning rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.