Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


-modda. Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash



Yüklə 494,32 Kb.
səhifə11/20
tarix30.07.2023
ölçüsü494,32 Kb.
#138037
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Abdukarimov Mo\'hsinning amalyot hisoboti

10-modda. Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash
Banklar Markaziy bankda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladilar.
Ro‘yxatga olish tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda banklarga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya topshiriladi.
Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish haq evaziga amalga oshiriladi.
Banklarning filiallari Markaziy bankda ro‘yxatga olinadi va o‘z faoliyatlarini ularni tashkil etgan bankka berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning XIV bobi (ro‘yxat raqami 2014, 08.10.2009-y.).
11-modda. Bank ochish uchun oldindan Markaziy bankning ruxsatnomasini olish asoslari va muddatlari
Litsenziya berishdan oldin Markaziy bank arizachilarga bank tashkil etish sohasidagi faoliyatlarini davom ettirish imkonini beradigan dastlabki ruxsatnomani beradi.
Dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi qaror ariza va u bilan birga barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ko‘pi bilan uch oy ichida qabul qilinadi va muassislarning moliyaviy imkoniyatlarini hamda obro‘sini, bank rahbarligiga taklif etilayotganlarning kasb malakalarini, biznes-rejani, moliyaviy rejani, kapitalning tuzilishini, tegishli bank binolari va uskunalar bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholashga asoslanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning XI bobi.
12-modda. Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish muddati
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish uchun muassislar dastlabki ruxsatnoma olingan kundan boshlab uzog‘i bilan olti oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan talablarni bajarishlari kerak.
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish haqidagi qaror Markaziy bank talablari bajarilgan kundan ko‘pi bilan bir oylik muddatda chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 74, 76-bandlari.

Yüklə 494,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin