Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng ro‘yxati, kreditning xilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xalq banki o‘z mijozlariga xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali usullarini taklif etadi.
Yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif qilinmoqda. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va horijiy valyutada kreditlar ajratiladi. Bugungi kunga kelib 265 215 ta yuridik mijozlar hisob raqami mavjud bo‘lib, shundan 120 388 tasi (45 %) harakatdagi mijozlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „MoneyGram“, „Contact“, „UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va xorijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan.
Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Jumladan:
1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;
2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;
3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;
4. Rossiyaning „Roseksimbanki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng);
5. „Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari;
6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“dan 30 mln. AQSh dollar;
7. Qozog‘istonning „First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi;
8. „ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi;
9. „Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi.
Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — „Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.) Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. — PJSC „Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi. (40 mln AQSh doll. ekv.) Jalb qilingan mablag‘ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda.