Banklarni tashkiliy tuzilishi bilan tanishish va ular haqida kunikmaga ega bulish.
2012 yilda respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi, jumladan:
- bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tatbiq etish bilan bog‘lik tadbirlarni davom ettirish;
- mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andoza va ko‘rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish;
- tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish orqali yanada oshirish;
- tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini oshirish;
- tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash, ular bazasida tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish ishlarini yanada faollashtirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
- xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.