1-Topshiriq: “Ikki sahifali kundalik”ni shakllantirish. Talabalar uchun quyidagi ish qog‘ozi tavsiya etiladi:
Aqliy hujum uchun savollar: 1. Elektron tijorat nima?
2. Elektron tijorat qanday amalga oshiriladi?
3. Elektron tijorat bilan an’anaviy tijoratning asosiy farvi nimada?
4. Elektron tijorat samaradorligi nimaga bog’liq?
5. Elektron tijorat va elektron do’kon tushunchalarini izohlab bering.
6. B2B bozorni elektron tijorat qanday amalga oshadi?
7. Birjalardagi elektron savdolarni tushuntirib bering.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Agentlar– sotuv funksiyalarini bajarib, tovarga jismoniy egalik qilishga kirishmaydi va tovarga egalik huquqini o‘z zimmasiga olmaydi. B2B – biznes uchun biznes, biznes sub’ektlari bilan biznes sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar B2B bozori – korxonalar o‘rtasidagi, biznes sub’ektlari o‘rtasidagi bozor. Taklif etuvchi ham haridor ham korxona, ya’ni biznes sub’ekti hisoblanadi. B2Bmarketing – biznes sub’ektlari bilan biznes sub’ektlari o‘rtasidagi marketing faoliyati. Biznes-tahlil– talab qilinadigan investitsiyalar, kutilayotgan savdo hajmi, narx, harajatlar, foyda hajmi va rejalashtirilayotgan investitsiyalar qaytimi nuqtai nazaridan yangi mahsulot g‘oyasini batafsil baholash. Bozorni segmentlash– kompaniyaga mijozlar doirasini belgilash va ularni marketing faoliyatiga javobi bo‘yicha differensiatsiyalash imkonini beradigan strategiya.